Karimova Nargiza Mamatkadirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Talabalarda  millatlararo muloqot madaniyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3370.  
Ilmiy rahbar: Maxmudova Muyassar Maxmudovna pedagogika fanlari doktori, professor.  Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Isroilova Dildora Muxtorovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda millatlararo muloqot madaniuatini rivojlantirishning redagogik shart-sharoitlari yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda millatlararo muloqot madaniyatining mazmun mohiyati, falsafiy va pedagogik-psixologik xususiyatlari insonparvarlik, dialogiklik, madaniy plyuralizm, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi, etnomadaniy kompetentlik, tolerantlik, kommunikativ moslashuvchanlik, ijtimoiy-perseptivlik va refleksivlik kategoriyalarining integratsiyasi asosida shaxslararo va madaniyatlararo muloqot jarayonida o‘zga madaniy subektni anglash, qabul qilish, qadrlash va konstruktiv hamkorlikka kirishishni ta’minlovchi integrativ shaxsiy-kommunikativ sifat tarzida aniqlashtirilgan.  
talabalarning millatlararo muloqot madaniyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari milliy-madaniy identifikatsiya – etnomadaniy anglash – tolerant munosabat – empatik muloqot – konstruktiv hamkorlik – refleksiv o‘zini rivojlantirish ketma-ketligida etnomadaniy ta’lim mazmuni, aksiologik yo‘nalganlik, dialogik-subekt-subektli ta’lim muhiti, madaniyatlararo kommunikativ faoliyat, interaktiv-refleksiv metodlar va raqamli kommunikativ resurslarning integrativ-dinamik uyg‘unligi asosida takomillashtirilgan; 
talabalarda millatlararo muloqot madaniyatini rivojlantirish modeli rivojlanishning “motivatsiya → anglash → kommunikativ faoliyat → hamkorlik → refleksiya → o‘z-o‘zini rivojlantirish” bosqichli-dinamik mexanizmi asosida motivatsion-aksiologik, kognitiv, kommunikativ-faoliyatli va refleksiv komponentlarning o‘zaro funksional aloqadorligi, pedagogik shart-sharoitlar, interaktiv-didaktik mexanizmlar hamda diagnostik mezonlar birligida takomillashtirilgan;
talabalarda millatlararo muloqot madaniyatini rivojlantirish samaradorligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarga aksiologik yo‘nalganligi, etnomadaniy bilim va anglash darajasi, o‘zga madaniyat vakillariga nisbatan empatik-tolerant munosabati, turli kommunikativ vaziyatlarda moslashuvchan va konstruktiv muloqot strategiyalaridan foydalanishi va mezonlar, ularning indikatorlari hamda past–o‘rta–yuqori darajalarining kriterial-deskriptorlari asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy o‘quv yurti talabalarida millatlararo muloqotni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy amaliy takliflar asosida:
talabalarda millatlararo muloqot madaniyatining mazmun mohiyati, falsafiy va pedagogik-psixologik xususiyatlari insonparvarlik, dialogiklik, madaniy plyuralizm, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi, etnomadaniy kompetentlik, tolerantlik, kommunikativ moslashuvchanlik, ijtimoiy-perseptivlik va refleksivlik kategoriyalarining integratsiyasi asosida shaxslararo va madaniyatlararo muloqot jarayonida o‘zga madaniy subektni anglash, qabul qilish, qadrlash va konstruktiv hamkorlikka kirishishni ta’minlovchi integrativ shaxsiy-kommunikativ sifat tarzida aniqlashtirishga oid ilmiy xulosalaridan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2024–2025-yillarda bajarilgan IL-7823051524-sonli “Paratranslator: parallel korpusga asoslangan kontestologik elektron tarjima lug‘at platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2026-yil 29-iyundagi №04/11-15008-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda millatlararo muloqot madaniyatini rivojlantirish va parallel korpusga asoslangan elektron tarjima lug‘ati platformasining ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirishga erishilgan.
talabalarning millatlararo muloqot madaniyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari milliy-madaniy identifikatsiya – etnomadaniy anglash – tolerant munosabat – empatik muloqot – konstruktiv hamkorlik – refleksiv o‘zini rivojlantirish ketma-ketligida etnomadaniy ta’lim mazmuni, aksiologik yo‘nalganlik, dialogik-subekt-subektli ta’lim muhiti, madaniyatlararo kommunikativ faoliyat, interaktiv-refleksiv metodlar va raqamli kommunikativ resurslarning integrativ-dinamik uyg‘unligi asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 1-iyuldagi 184-son buyrugʻiga asosan berilgan ISBN 978-9910-5238-0-9 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarda millatlararo muloqot madaniyatini rivojlantirishning nazariy va amaliy imkoniyatlarini pedagogik yondashuvlar uygʻunligi asosida kengaytirishga erishilgan.
talabalarda millatlararo muloqot madaniyatini rivojlantirish modeli rivojlanishning “motivatsiya → anglash → kommunikativ faoliyat → hamkorlik → refleksiya → o‘z-o‘zini rivojlantirish” bosqichli-dinamik mexanizmi asosida motivatsion-aksiologik, kognitiv, kommunikativ-faoliyatli va refleksiv komponentlarning o‘zaro funksional aloqadorligi, pedagogik shart-sharoitlar, interaktiv-didaktik mexanizmlar hamda diagnostik mezonlar birligida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Samarqand viloyati teleradiokanali” DMning “Samarqand MTRK” telekanalida efirga uzatilgan “Assalom Samarqand!” tongi dasturining navbatdagi sonini tayyorlashda manba sifatida foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokanalining 2026-yil 21 avgustdagi №01-007/305-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda millatlararo muloqot madaniyatini rivojlantirish, turli millat va madaniyat shakllantirish hamda jamiyatda millatlararo totuvlik va fuqarolik birdamligini mustahkamlashga erishilgan.
talabalarda millatlararo muloqot madaniyatini rivojlantirish samaradorligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarga aksiologik yo‘nalganligi, etnomadaniy bilim va anglash darajasi, o‘zga madaniyat vakillariga nisbatan empatik-tolerant munosabati, turli kommunikativ vaziyatlarda moslashuvchan va konstruktiv muloqot strategiyalaridan foydalanishi va mezonlar, ularning indikatorlari hamda past–o‘rta–yuqori darajalarining kriterial-deskriptorlari asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalardan Mirzo Ulugʻbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2025-2026-yillarda amalga oshirilgan IL-8624042791-sonli “Arxaizmlarning o‘zbeksha-inglizcha izohli elektron platformasini yaratish (“OPA” – Online Platform of Archaisms)” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulugʻbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2026-yil 29-iyundagi №04/11-15009-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, loyihada qo‘llaniladigan elektron platformaning mazmuniy va metodik imkoniyatlari madaniy-muloqot kompetensiyalarni rivojlantirish hamda ta’lim jarayonida interaktiv yondashuvlardan samarali foydalanish asosida takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish