Maxmudov A’zamjon Talatovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Erkaklarda seksual buzilishlarni kompleks tashhislash va davolash», 14.00.31–urologiya (tibbiyot fanlari)
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim-izlanuvchi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Tib87
Ilmiy maslahatchi: Akilov Farxod Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi 16.07.2013.Tib.17.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Se Vung Kim, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamalov Armais Al`bertovich, RF xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, RF FA muxbir a’zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gaybullaev Asilbek Asadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Gessen va Marburg Universiteti klinikasining, urologiya, bolalar urologiyasi va andrologiya departamenti (Germaniya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Erkaklardagi seksual buzilishlarni tashxislash va davolash usullarini yanada takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yoshi 20-29 gacha bo‘lgan bemorlar guruhida vaqtidan ilgari ro‘y beradigan eyakulyasiyadan aziyat chekayotgan bemorlarda kombinatsiyalashgan medikamentoz terapiyani qo‘llash maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
barvaqt eyakulyasiyani davolashda serotoninni qayta so‘rilishini selektiv tartibda to‘suvchi ingibitorlar (SSSTTI) (fluoksetin) va 5-turdagi fosfodiesteraza ingibitori (tadalafil)dan tarkib topgan dori vositalaridan iborat kombinatsiyalangan medikamentoz terapiya usuli ishlab chiqilgan;
erkaklarda jinsiy zaiflikni erta aniqlash va davolash natijalarini baholashga imkon beruvchi samarali diagnostik vosita – Uzbek index of premature ejaculation (UIPE) so‘rovnomasi ishlab chiqilib, «UIPE elektron anketasi»ning oflayn va onlayn versiyalari ishlab chiqildi.
vaqtidan ilgari ro‘y beradigan eyakulyasiya va erektil disfunksiya kasalligi bilan xastalangan bemorlarga tashxis qo‘yish va davolash sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
erkaklar seksual buzilishni erta tashxislash va davolash natijalarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natija asosida Uzbek index of premature ejaculation (UIPE) so‘rovnomasiga O‘zbekiston Respublikasining ixtiroga patent olingan (IAP 2014 0261);
erkaklar seksual buzilishni erta tashxislash va davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Sog‘liqni saqlash vazirliigning tegishli buyrug‘i asosida sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Uchtepa va Olmazor tumanlari tibbiyot birlashmalari faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2014 yil 31 dekabrdagi 8N-g/41 va 2015 yil 23 dekabrdagi № 8N-3/23 xulosalari). Olingan ilmiy natijalarning joriy qilinishi barvaqt eyakulyasiyadan aziyat chekayotgan bemorlarni davolash va profilaktika muassasalar amaliyotida ilgari qo‘llanib kelinayotgan an’anaviy usuldan 70,1% ga aniqlik berayotgani uchun tashhis qo‘yish samaradorligini oshishiga imkon berdi.