Zokirova Nigoraxon Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Texnogen chiqindilardan mikroelementli xlorsiz NK- va NPK- o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 ‒ Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 11.00.05 - Atrof muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5576.
Ilmiy rahbarlar: Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor; Reymov Axmed Mambetkarimovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.31/2025.27.12.T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Temirov O‘ktam Shavkatovich, texnika fanlari doktori, professor; Turdialieva Shahzoda Ismatullaevna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy xomashyo turlari va azot sanoati korxonalarining chiqindi katalizatorlaridan foydalangan holda, tarkibida mikroelementlar bo‘lgan konsentrlangan xlorsiz NK- va NPK-o‘g‘itlarini ishlab chiqarishning texnologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil metodlarini qo‘llagan holda, tarkibida azot bo‘lgan chiqindilarni qayta ishlash jarayonida hosil bo‘ladigan azot sanoati chiqindi katalizatorlaridagi mikro- va makroelementlarning tarkibi va miqdori aniqlangan hamda ulardan tarkibida mikroelementlar bo‘lgan suyuq va qattiq kompleks o‘g‘itlar olishda xomashyo bazasi sifatida samarali foydalanish imkoniyati asoslangan;
kaliy xlorid va magniy nitrat konversiyasining texnologik parametrlari aniqlangan, 5–20 ºS intervalida sezilarli harorat effekti mavjud emasligi ko‘rsatilgan, shuningdek, 2,0–7,1 ºS/min tezlikda sovutish jarayonida yuqori filtratsiya tezligi va maqsadli mahsulot unumining 43 % dan yuqori bo‘lishi aniqlangan;
nazariy jihatdan, 25 ºS haroratda izotermik metoddan foydalangan holda, K⁺,NH4⁺//NO3⁻-H2O va KNO3-CO(NH2)2-H2O ko‘p komponentli tizimlari tadqiq etilgan bo‘lib, ularning asosida xlorsiz, tarkibida mikroelementlar bo‘lgan NPK- va NK-o‘g‘itlarini olish uchun ratsional tarkiblar aniqlangan, shuningdek, ularning asosiy fizik-kimyoviy tavsiflari (eruvchanligi, qattiq fazalarning barqarorligi) aniqlangan;
kaliy nitrat va xlorsiz mikroelementlar asosida yangi kompleks NPK- va NK-o‘g‘itlarini sintez qilishning optimal tarkiblari, komponentlar nisbatlari va texnologik rejimlari aniqlangan, ularni olishning prinsipial texnologik sxemasi ishlab chiqilgan va taklif etilgan texnologiyaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnogen chiqindilardan mikroelementli xlorsiz NK va NPK- o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kaliy nitrat ishlab chiqarish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning “2025-2027-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2024-yil 22-avgustdagi 130-son ma’lumotnomasi). Natijada, Respublikada eksport uchun mo‘ljallangan NK- o‘g‘itlarini ishlab chiqarish imkoniyatini beradi;
mikroelementli xlorsiz qattiq va suyuq NPK- o‘g‘itlari ishlab chiqarish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning “2025-2027-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («AO «Elektrokimyozavod»QK-AJning 2024-yil 22-avgustdagi 130-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligida o‘simliklarning hosildorligini oshiradigan tannarxi arzon mikroelementli NPK-o‘g‘itlarni ishlab chiqarish imkonini beradi.