Tursunov Arman Altaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qora o‘ralar atrofidagi astrofizik jarayonlar va yuqori energiyali kosmik nurlar», 01.03.01–Astronomiya (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/FM133.
Ilmiy maslahatchi: Axmedov Bobomurat Jo‘raevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Astronomiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, Astronomiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.33.01.
Rasmiy opponentlar: Abishev Medeu Erjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Mirtadjieva Karomat Taxirovna, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Olimov Xusniddin Kosimovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Fanlar akademiyasining astronomiya instituti (Moskva sh., Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi astrofizik qora o‘ralar va ular atrofidagi moddalarning elektromagnit va energetik xarakteristikalarini o‘rganish hamda natijalarni yuqori energiyali kosmik nurlar fizikasiga, qora o‘ralardan relyativistik plazma ajralishi, qora o‘ralar soyalari va boshqa bir qator kuzatuv hodisalarini tadqiq qilishga qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor  Somon yo‘li markazidagi SgrA*  qora o‘raning  elektr zaryadiga  cheklov olingan, uning eng katta qiymati QSgrA* ≤1015Klga tengligi va magnitlangan qora o‘ralar yaqinidagi stabil orbitalarning kengayishi aniqlangan;
ilk bor SgrA* qora o‘raning atrofida aylanayotgan plazmaning relyativistikligi va magnitlanganligi zaryadlarning ajralishiga olib kelishi ko‘rsatilgan, ushbu plazmada zaryad konsentratsiyasi 10-5sm-3 va zarralar soni zichligi  107±1sm-3 tartibida ekanligi aniqlangan;
Galaktika markazida SgrA* dan 1500 Shvarsshil`d radiusi doirasida yorqin yulduz bo‘lish ehtimoli yo‘q bo‘lishi ko‘rsatilgan;
o‘ta massiv qora o‘ralardan energiya ajralishi natijasida o‘ta yuqori energiyali kosmik nurlar paydo bo‘lishining yangi mexanizmi yaratilgan;
magnetik Penrouz jarayonining ul`tra effektiv rejimi kashf etilgan va o‘ta massiv qora o‘ra yaqinida  protonning energiyasi 1020 eV dan ortib ketishi ko‘rsatilgan;
ilk bor Galaktika markazidagi SgrA* qora o‘radan energiya ajralishining o‘ta samarali rejimda uchib chiqayotgan protonning energiyasi 1015.5eV tartibida ekanligi ko‘rsatilgan, bu energiya kosmik nurlar energiyasi spektrining tizza sohasiga mos kelishi va bu sohada zarralar oqimi sezilarli kamayishi kuzatilgan;
Rayssnera-Nordstrem-de-Sitter qora o‘rasi soyasi o‘lchami uchun analitik ifoda olingan;
ilk bor plazma muhitidagi aylanuvchi qora o‘ralar uchun yorug‘likning gravitatsion og‘ishi va uning qutblanish vektorining Faradey burilishi o‘rganilgan va kuchli hamda bir jinsli bo‘lmagan plazma uchun yorug‘lik og‘ish burchagining analitik ifodasi topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qora o‘ralar atrofida astrofizik jarayonlar va yuqori energiyali kosmik nurlar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Somon yo‘li markazidagi SgrA*  qora o‘raning parametrlari va atrofidagi plazmaning dinamikasi bo‘yicha olingan natijalar SFB -956 raqamli Germaniya ilmiy fondi, Evropa Ittifoqining strukturaviy jamg‘armalari va Pol`sha Milliy ilmiy markazi grantlari doirasida gravitatsiya nazariyasining kuchli maydon rejimida tekshirish uchun foydalanilgan (Pol`sha fanlar akademiyasi Nazariy fizika markazining 2019 yil 8 iyuldagi ma’lumotnomasi).  Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi SgrA* qora o‘raning elektrik zaryadiga chegaraviy qiymatlarni olish imkonini bergan.
o‘ta massiv qora o‘ralardan energiya ajralishi natijasida o‘ta yuqori energiyali kosmik nurlar paydo bo‘lishining yaratilgan yangi mexanizmi xorijlik olimlar tomonidan (Physical Review D, 2018, 2019; International Journal of Modern Physics D, 2019; Journal of Cosmology and Astroparticle Physics, 2019) galaktikamiz markazidagi o‘tamassiv qora o‘raning elektromagnit xususiyatlarini, qora o‘ra va yulduzlararo fazoning o‘zaro ta’sirlarini o‘rganishda foydalanilgan. Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi Xorndeskiyning zaryadlangan qora o‘ra atrofida gravitatsiya (tortishish) nazariyasi tekshirish imkonini bergan;
qora o‘ralarning energetik xususiyatlarini o‘rganish, aylanish energiyasini elektromagnit ekstraksiyalashning aniq usullari, shuningdek, yuqori energiyali jarayonlar bo‘yicha olingan natijalar Xindistonning Universitetlararo grant qo‘mitasi dasturlari doirasida (Xindistonning Universitetlararo grant qo‘mitasining 2019 yil 15 iyundagi ma’lumotnomasi)  va xorijlik olimlar tomonidan (Physics of the Dark Universe, 2019; The European Physical Journal C, 2019; Physical Review D, 2019; Monthly Notices of the Royal Astronomical Society, 2019) astrofizik qompakt nomzodlarning parametrlarining chegara qiymatlarini olish uchun ishlatilgan. Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi ergosferadagi zarrachalar zarrachalari bilan kesishgan qora o‘ralar energiyasini chiqarib tashlash uchun umumlashtirish imkonini bergan;
Rayssnera-Nordstrem-de-Sitter qora o‘rasi soyasi o‘lchami uchun olingan analitik ifodasi xorijlik olimlar tomonidan (Physical Review D, 2019; International Journal of Modern Physics D, 2019; The European Physical Journal C, 2019; Physics of the Dark Universe, 2019; The Astrophysical Journal, 2018) qo‘llanilgan.  Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi zaryadli zarralarning magnitlangan qora o‘ra atrofidagi harakatlari va tegishli kvaziv-davriy ossilyasiyalar, ba’zi bir yulduzlar massasi tartibidagi mikrokvazarlar va qora o‘ralarining massa, aylanish parametri va magnit maydonlarini aniqlash imkonini bergan;
plazma muhitidagi aylanuvchi qora o‘ralar uchun yorug‘likning gravitatsion og‘ishi va uning qutblanish vektorining Faradey burilishi, kuchli hamda bir jinsli bo‘lmagan plazma uchun yorug‘lik og‘ish burchagining topilgan analitik ifodasi SGS/12/2019 raqamli Sileziya universiteti granti va 14-37086 raqamli Gravitatsiya va astrofizika Al`bert Enshteyn markazi granti doirasida va xorijlik olimlar tomonidan (Physical Review D, 2018, 2019; Astrophysics and Space, 2016;  The European Physical Journal C, 2018, 2019; International Journal of Modern Physics D, 2018; Modern Physics Letters A, 2018; Monthly Notices of the Royal Astronomical Society, 2016) plazmadagi qora o‘ralarning optik xususiyatlarini o‘rganishda foydalanilgan. Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi plazma gravitatsion linzalanish ta’siri, plazma qora o‘ralarning soyalari, Eynshteynning tortishish nazariyasi va tortishishning muqobil nazariyalarini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish