Axmedov Amed Suyunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuxumdonning yomon sifatli o‘smasida angiogenezning morfologik va immunogistokimyoviy xususiyatlari” 14.00.02 – Morfologiya va 03.00.01 – Biokimyo (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib5793.
Ilmiy rahbarlar: Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Xalikov Kaxxor Mirzaevich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.17.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy oponentlar: Qurbonov Said Safarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ishigov Ibragim Agaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Patomorfologik tashxislash mezonlarini takomillashtirish va o‘smaning rivojlanish jarayonini prognostik baholash uchun tajribada tuxumdon xavfli o‘smalarida angiogenezning morfologik va immunogistokimyoviy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
ilk bor xavflilik darajasi past bo‘lgan seroz karsinomada tomirlarning notekis taqsimlanishi, yuqori differensiallashgan endometrioid adenokarsinomada venulyar komponentning keskin reaktiv o‘zgarishi, disgerminomada esa tomirlarning kuchli tarmoqlanishi va yiriklashishi aniqlangan;
Ki-67 markeri yordamida proliferatsiya indeksi ko‘rsatkichining xavflilik darajasi past bo‘lgan seroz karsinomadan differensiallanish daragasi yuqoribo‘lgan endometrioid adenokarsinoma va disgerminomaga tomon ortib borishi, va bunda eng yuqori ko‘rsatkich disgerminomaga xos ekanligi aniqlangan;
ilk bor disgerminomada laktatdegidrogenaza (LDH) faolligi va β-HCG miqdorining, seroz va endometrioid karsinomalarda esa HE4 hamda CA-125 miqdorining oshishi, HE4, CA-125 va laboratoriya ko‘rsatkichlarini talqin qilishda o‘smaning gistologik turini hisobga olish zarurati ROMA indeksining eng yuqori qiymatlari seroz karsinomada qayd etilgani bilan asoslangan;
disgerminomada yuqori proliferativ faollik va qon tomirlaridagi kushli o‘zgarishlar, LDH faolligi hamda β-HCG miqdorining oshishi bilan birga kuzatilishi aniqlangan, epitelial o‘smalarda esa HE4 va CA-125 ko‘rsatkichlarining oshishi morfologik belgilar, CD31, Ki-67 proliferatsiya indeksi va zardob onkomarkerlarini kompleks baholash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi:
Tuxumdon yomon sifatli o‘smalarida kuzatilgan morfologik o‘zgarishlar bo‘yicha olingan tadqiqot natijalariga asosan:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor xavflilik darajasi past bo‘lgan seroz karsinomada tomirlarning notekis taqsimlanishi, yuqori differensiallashgan endometrioid adenokarsinomada venulyar komponentning keskin reaktiv o‘zgarishi, disgerminomada esa tomirlarning kuchli tarmoqlanishi va yiriklashishi aniqlanganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025-yil 25-maydagi №10 qarori bilan tasdiqlangan «Tuxumdonning turli genezli yomon sifatli o‘smalarini tashxislash usullarini takomillashtirish» metodik tavsiyalariga kiritilgan. Ushbu tavsiyalar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filiali (Buyruq №12-U, 25.12.2025) va Qashqadaryo viloyati filiali (Buyruq №9-U, 27.12.2025) amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2026-yil 12-yanvar sanasidagi №1 xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: o‘smalar angioarxitektonikasining o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish natijasida aniq o‘z vaqtida differensial tashxislash davolash taktikasini optimallashtirish hamda bemorlarning mehnat qobiliyatini tezroq tiklashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorlik: markerlar asosida yomon sifatli o‘smalar gistotiplarini erta va aniq verifikatsiya qilish diagnostik xatoliklar xavfini minimallashtiradi, vaskulyar asoratlar rivojlanishining oldini oladi, terapiyaning umumiy samaradorligini oshiradi va bemorning shifoxonada qolish o‘rtacha davomiyligini qisqartiradi, bu esa ajratiladigan byudjet mablag‘larining to‘g‘ridan-to‘g‘ri tejalishini ta’minlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: Ki-67 markeri yordamida proliferatsiya indeksi ko‘rsatkichining xavflilik darajasi past bo‘lgan seroz karsinomadan differensiallanish daragasi yuqoribo‘lgan endometrioid adenokarsinoma va disgerminomaga tomon ortib borishi, va bunda eng yuqori ko‘rsatkich disgerminomaga xos ekanligi aniqlanganligi «Tuxumdonning turli genezli yomon sifatli o‘smalarini tashxislash usullarini takomillashtirish» metodik tavsiyalar mazmuniga kiritilgan va Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025-yil 25-maydagi №10 qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu tavsiyalar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filiali (Buyruq №12-U, 25.12.2025) va Qashqadaryo viloyati filiali (Buyruq №9-U, 27.12.2025) amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2026-yil 12-yanvar sanasidagi №1 xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: O‘smalarning proliferativ faolligi va uning gistologik turlari bo‘yicha o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash natijasida kasallikning agressivlik darajasini aniq prognoz qilish, shuningdek, bemorlar hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilash va davolash natijalarini yaxshilash uchun o‘z vaqtida individuallashtirilgan patogenetik terapiyani tanlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorlik: proliferatsiya indeksi va o‘smalarning gistologik xususiyatlarini erta baholash asosida onkologik jarayonning dastlabki bosqichlarida davolash strategiyasini optimallashtirishga erishiladi, bu esa kasallikning o‘tkazib yuborilgan shakllarini davolashga sarflanadigan samarasiz xarajatlarning oldini oladi va bemorlarni statsionarda davolanishi uchun ajratiladigan byudjet mablag‘larining tejalishiga olib keladi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor disgerminomada laktatdegidrogenaza (LDH) faolligi va β-HCG miqdorining, seroz va endometrioid karsinomalarda esa HE4 hamda CA-125 miqdorining oshishi, HE4, CA-125 va laboratoriya ko‘rsatkichlarini talqin qilishda o‘smaning gistologik turini hisobga olish zarurati ROMA indeksining eng yuqori qiymatlari seroz karsinomada qayd etilgani bilan asoslanganligi  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025-yil 25-maydagi 10-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Tuxumdonning turli genezli yomon sifatli o‘smalarini tashxislash usullarini takomillashtirish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyat filiali (2025-yil 25-dekabrdagi 12-U-sonli buyruq) hamda Qashqadaryo viloyat filiali (2025-yil 27-dekabrdagi 9-U-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026-yil 12-yanvardagi 1-sonli Xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: o‘smalarning gistologik turiga qarab spesifik biokimyoviy va serologik onkomarkerlar monitoringini kompleks qo‘llash differensial tashxislash aniqligini oshiradi, patologik jarayonning o‘ziga xosligini barvaqt aniqlash hamda har bir bemor uchun individuallashtirilgan davolash taktikasi va reabilitatsiyasini belgilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: kasallikning gistologik xususiyatlari va laborator biomarkerlar holatini aniq baholash asosida terapiyani strategik rejalashtirish samaradorligini oshirishga erishiladi, bu esa samarasiz davolash standartlari buyurilishining oldini oladi, diagnostik xatoliklar hamda asoratlarni bartaraf etish xarajatlarini qisqartiradi va bemorlarga sarflanadigan byudjet mablag‘larini muayyan miqdorda tejaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: disgerminomada yuqori proliferativ faollik va qon tomirlaridagi kushli o‘zgarishlar, LDH faolligi hamda β-HCG miqdorining oshishi bilan birga kuzatilishi aniqlanganligi, epitelial o‘smalarda esa HE4 va CA-125 ko‘rsatkichlarining oshishi bo‘yicha morfologik belgilar, CD31, Ki-67 proliferatsiya indeksi va zardob onkomarkerlarini kompleks baholash asoslanganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025-yil 25-maydagi 10-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Tuxumdonning turli genezli yomon sifatli o‘smalarini tashxislash usullarini takomillashtirish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyat filiali (2025-yil 25-dekabrdagi 12-U-sonli buyruq) hamda Qashqadaryo viloyat filiali (2025-yil 27-dekabrdagi 9-U-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026-yil 12-yanvardagi 1-sonli Xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: ishlab chiqilgan differensial diagnostik yondashuv (angiomarkerlarning zardob va to‘qimaviy monitoringi kombinatsiyasini) qo‘llash tuxumdon xavfli o‘smalarini dastlabki bosqichlarda samarali tashxislash, ularning invaziv salohiyatini obektiv baholash va o‘z vaqtida individuallashtirilgan terapiyani tayinlash imkonini beradi, bu esa kasallikning qaytalanish (residiv) chastotasini kamaytiradi va bemorlarning mehnat qobiliyatini tiklashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorlik: Yomon sifatli o‘smalarni erta tashxis qilish va ehtimoliy asoratlarni oldini olish, davolash samaradorligini oshirib, byudjetdan sarflanadigan mablag‘larni tejashga yordam beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «Tuxumdon xavfli o‘smalarida angiogenezning morfologik va immunohistokimyoviy xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengash raisiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2026-yil 7-yanvardagi 73-son xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish