Kurbanova Madina Jamshedovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Meva va sabzavotlarni elektrofizikaviy qayta ishlash jarayonlarini jadallashtirishning ilmiy asoslari», 02.00.16 - Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.3.DSc/T1123 .
Ilmiy maslahatchi: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti,  DSc.03/2025.27.12.T.42.01.
Rasmiy opponentlar: Barakaev Nusratilla Rajabovich texnika fanlari doktori, professor; Narziev Mirzo Saidovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudoyberdiev Absalom Abdurasulovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: meva va sabzavotlarni elektrofizik ishlov berish jarayonlarini intensivlashtirishni ilmiy asoslash va ularni quritish uchun yuqori samarali qurilmalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mazmuniy tizimli tahlil asosida meva va sabzavotlarni atomar-molekulyar, globulyarusti va globulyar tuzilmalar, shuningdek quritish qurilmalari miqyosida fizik-kimyoviy, fazalararo energiya va massaalmashinuvi hodisalari effektlarining strukturaviy sxemalari ishlab chiqilgan;
mazmuniy tizimli tahlil  asosida asosiy va elektrofizik jarayonlarning tasnifi ishlab ciqilib, tadqiqot ob’ektlariga elektrofizik usullar bilan ta’sir etishning samaradorligi asoslab berilgan, bu esa meva va sabzavotlarni qayta ishlash jarayonlarini sezilarli (1.5-2.0 barobar) darajada intensivlashtirishi aniqlangan;
tizimli tahlilning nazariy-amaliy asosida, meva va sabzavotlarga  elektrofizik ishlov berishning asosiy jarayonlari hisoblangan issiqlik va massa almashinuvi, strukturaviy-mexanik xossalarining o‘zgarishi matematik modellari ishlab chiqilgan;
eksperimental yo‘li bilan: sorbsiya izotermalari, namlikning bog‘lanish shakllari, termogravimetrik ko‘rsatkichlari, mikroto‘lqinli quritishda kapillyar bosim gradienti, strukturaviy-mexanik (chegaraviy kuchlanish va adgezion bosim) xossalari, shuningdek meva va sabzavotlarning dielektrik hamda elektr xususiyatlari aniqlangan;
meva va sabzavotlar uchun O‘YuChli-konvektiv, IQ-konvektiv, kombinatsiyalangan elektrodli - O‘YuChli quritish qurilmalarining ratsional quritish rejimlari parametrlarini tanlash va asoslash metodikasi hamda muhandislik hisoblash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Meva (olma, olxo‘ri, o‘rik) va sabzavotlarni (kartoshka, sabzi, lavlagi) quritish jarayonini elektrofizikaviy energiyasini qo‘llash asosida intensivlashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
olma, olxo‘ri, o‘rik elektrofizikaviy quritish texnologiyasi «O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning “2026-2028 yillarda amaliyotga joriy etiladigan innovatsion ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2026 yilning 11 martidagi 11-22/03-26-son ma’lumotnomasi). Natijada, quritilgan mevalar ishlab chiqarish samaradorligini 12-16 % ga oshirish imkonini beradi;
sabzavotlarni konvektiv havo turbulizatsiyasi kuchaytirilgan usullar quritish texnologiyasi «O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning “2026-2028 yillarda amaliyotga joriy etiladigan innovatsion ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2026 yilning 11 martidagi 11-22/03-26-son ma’lumotnomasi). Natijada, quritilgan kartoshka, sabzi, lavlagi ishlab chiqarish samaradorligini 12-16 % ga oshirish imkonini beradi; 
meva-sabzavotlarni konvektiv havo turbulizatsiyasi kuchaytirilgan va elektrofizik quritish texnologiyasi «O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning “2026-2028 yillarda amaliyotga joriy etiladigan innovatsion ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2026 yilning 11 martidagi 11-22/03-26-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini 12-16 % ga oshirish, quritilgan mahsulotlarning eksport salohiyatini kengaytirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish