Xusanova Dilnoza Abduxamid qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda o‘tkir rinosinusit diagnostikasi, davolash va profilaktikasini optimallashtirish”, 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5390.
Ilmiy raxbar: Samieva Gulnoza Utkurovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot
universiteti, DSc.06/2025.27.12/Tib.17.02.
Rasmiy opponentlar: Vladimirova Tat`yana Yul`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karaboev Xurram Esankulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Ozarbayjon davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nutritiv-metabolik buzilishlarni korreksiyalashga, hamda burun bo‘shlig‘i shilliq qavati mahalliy immunitetini tiklashga asoslangan optimallashtirilgan tashxislash va davolash algoritmlarini joriy etish orqali 12–17 yoshli o‘smirlarda o‘tkir rinosinusitlarni davolash va oldini olish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir rinosinusitning o‘smirlarda cho‘zilgan va qaytalanuvchi kechishini shakllanishida alimentar omillar, xususan uglevodlarni ortiqcha iste’mol qilishning ehtimoliy patogenetik ahamiyati burun sekretida glyukoza mikdorining ortishi xamda shartli-patogen hamda patogen mikroorganizmlar kolonizatsiyasi uchun qulay sharoit yaratishi mumkinligi ilmiy jixatdan assoslangan;
burun sekretida glyukoza konsentratsiyasining oshishi mahalliy mukozal immunitetning susayishi (sIgA va laktoperoksidaza faolligining pasayishi) hamda oksidativ stressning kuchayishi va natijada mukotsiliar klirens faoliyati izdan chikib, yallig‘lanish jarayonining uzoq saqlanishi asoslangan;
ilk bor rinosinusit bilan og‘rigan o‘smirlarda yashirin temir tanqisligi va ferritin zaxiralarining kamayishi mukotsiliar disfunksiyaga,  kiprikli epiteliyning metabolik va regenerativ faolligi susayishi natijasida burun bo‘shlig‘ida sekret stazi va mikroorganizmlarning persistensiyasi uchun sharoit yuzaga kelishi ilmiy isbotlangan;
ilk bor rinosinusit bilan og‘rigan o‘smirlarda eliminatsion parhez, maqsadli nutritiv korreksiya va nazal probiotiklarga asoslangan kompleks metabolik reabilitatsiya algoritmi taklif kilingan va uning samaradorligi burun-halqum mikrobiotsenozini tiklanishi va antibiotik yuklamasini kamayishi bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 13 avgustdagi X35-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir rinosinusitning o‘smirlarda cho‘zilgan va qaytalanuvchi kechishini shakllanishida alimentar omillar, xususan uglevodlarni ortiqcha iste’mol qilishning ehtimoliy patogenetik ahamiyati burun sekretida glyukoza mikdorining ortishi xamda shartli-patogen hamda patogen mikroorganizmlar kolonizatsiyasi uchun qulay sharoit yaratishi mumkinligi ilmiy jixatdan assoslangan. Ilmiy ahamiyati: Ilk bor og‘iz suyuqligi biomarkerlarining ($sIgA$, transferrin, seruloplazmin) isbotlangan informativligi passiv kuzatuv taktikasini kasallik bosqichlarining ob’ektiv tashxisotini molekulyar darajada ta’minlaydigan jarayonni faol patogenetik boshqarishga o‘zgartirish imkonini beradi.Amaliyotga joriy etilishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi Markaziy shifoxonasi (2025 yil 25 yanvardagi 107-7-107-TB/2025-sonli buyruq) va Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2024 yil 12 dekabrdagi 355-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan.Ijtimoiy samaradorligi: Eshitish bo‘yicha bolalar nogironligining kamayishi va ijtimoiy dezadaptatsiyani oldini olish bilan bog‘liq. Jarrohlik yuklamasini kamaytirish va eshitish qobiliyatini erta tiklash ota-onalardagi psixologik stressni kamaytirgan holda bolaning to‘liq nutqiy va kognitiv rivojlanishini ta’minlaydi.Iqtisodiy samaradorligi: Yuqori texnologiyali operatsiyalar (shuntlash) va keyinchalik qimmat surdologik reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirish orqali erishiladi. Sog‘ayish muddatlarining tezlashishi va qaytalanishlar sonining kamayishi davlat va aholining statsionar davolanish hamda mehnatga layoqatsizlik varaqalari bo‘yicha to‘lovlar xarajatlarini minimallashtiradi. Xulosa: Og‘iz suyuqligidagi $sIgA$, transferrin va seruloplazmin darajalari dinamikasi ekssudatning patomorfologik o‘zgarishining ishonchli ko‘rsatkichi hisoblanadi. Belgilangan biokimyoviy mezonlar erta bosqichlarda (klinik jihatdan ifodalangan asoratlar rivojlanishidan oldin) jarayonning surunkali tus olishi va o‘rta quloqda adgeziv o‘zgarishlar shakllanishi xavfini ob’ektiv bashorat qilish imkonini beradi. Ushbu holat davolash taktikasini o‘z vaqtida individuallashtirishga imkon beradi, empirik kuzatuvdan kasallik kechishini prediktiv boshqarishga o‘tishni ta’minlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: burun sekretida glyukoza konsentratsiyasining oshishi mahalliy mukozal immunitetning susayishi (sIgA va laktoperoksidaza faolligining pasayishi) hamda oksidativ stressning kuchayishi va natijada mukotsiliar klirens faoliyati izdan chikib, yallig‘lanish jarayonining uzoq saqlanishi asoslangan. Ilmiy ahamiyati: Og‘iz suyuqligi neytrofillarining faolligi va o‘rta quloq shilliq qavatining holati o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib berishdan iborat bo‘lib, so‘lakning biokimyoviy profilida aks etuvchi EO‘O patogenezini tushunishni kengaytiradi. Amaliyotga joriy etilishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi Markaziy shifoxonasi (2025 yil 25 yanvardagi 107-7-107-TV/2025-sonli buyruq) va Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2024 yil 12 dekabrdagi 355-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan.Ijtimoiy samaradorligi: Davolashning invazivlik darajasini pasaytirish va operatsion xavflarni bartaraf etishdan iborat. Eshitish qobiliyatining erta tiklanishi ota-onalar tomonidan bolalarni uzoq muddatli reabilitatsiya qilish zaruratidan xalos etib, bolaning o‘z vaqtida nutqiy rivojlanishi va jamoada psixologik qulayligini kafolatlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Invaziv bo‘lmagan monitoringdan foydalanish takroriy qimmat instrumental tekshiruvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, qaysikim diagnostika bosqichida 500-800 ming so‘mgacha mablag‘ni tejaydi. Xulosa: Og‘iz suyuqligi neytrofillarining fermentativ faolligi va o‘rta quloq shilliq qavatining tarkibiy-funksional holati o‘rtasida aniqlangan patogenetik bog‘liqlik og‘iz suyuqligi mahalliy yallig‘lanish jarayonining informativ ko‘zgusi ekanligini isbotlaydi. Aniqlangan bog‘liqlik shilliq qavatning qaytmas giperplaziyasini oldini olish uchun kompleks terapiyaga immunokorreksiya usullarini erta kiritish zarurligini ilmiy asoslagan holda neytrofil fermentlarning yuqori faolligini ekssudativ o‘rta otitning cho‘zilgan kechishi markeri sifatida ko‘rib chiqish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor rinosinusit bilan og‘rigan o‘smirlarda yashirin temir tanqisligi va ferritin zaxiralarining kamayishi mukotsiliar disfunksiyaga,  kiprikli epiteliyning metabolik va regenerativ faolligi susayishi natijasida burun bo‘shlig‘ida sekret stazi va mikroorganizmlarning persistensiyasi uchun sharoit yuzaga kelishi ilmiy isbotlangan. Ilmiy ahamiyati: So‘lak biomarkerlari asosida davolash samaradorligini atravmatik monitoring qilish tizimi asoslangan. U invaziv diagnostika usullariga ilmiy muqobil yaratib, qo‘shimcha jarrohlik jarohati va narkozsiz sog‘ayish dinamikasini ob’ektiv baholashga imkon beradi.Amaliyotga joriy etilishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi Markaziy shifoxonasi (2025 yil 25 yanvardagi 107-7-107-TV/2025-sonli buyruq) va Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2024 yil 12 dekabrdagi 355-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Erta yoshdagi bolalarda og‘riq va stressni bartaraf etish bolaning ijtimoiy reabilitatsiyasini tezlashtirgan holda ota-onalarning shifokorga bo‘lgan ishonchini oshiradi va monitoring xavfsizligini kafolatlaydi.Iqtisodiy samaradorligi: Nazoratni ambulator bosqichga o‘tkazish klinikada har bir bemor uchun 2,0 mln. so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi.Xulosa: Ishlab chiqilgan so‘lak biomarkerlarini atravmatik monitoring qilish tizimi bolalar amaliyotida invaziv muolajalarga samarali muqobil hisoblanadi. Noinvaziv mezonlardan foydalanish sog‘ayish dinamikasini ob’ektiv nazorat qilishni ta’minlaydi, terapiyani o‘z vaqtida tuzatish imkonini beradi, hamda erta va maktabgacha yoshdagi bolalarda davolash jarayonining yuqori xavfsizligini kafolatlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor rinosinusit bilan og‘rigan o‘smirlarda eliminatsion parhez, maqsadli nutritiv korreksiya va nazal probiotiklarga asoslangan kompleks metabolik reabilitatsiya algoritmi taklif kilingan va uning samaradorligi burun-halqum mikrobiotsenozini tiklanishi va antibiotik yuklamasini kamayishi bilan isbotlangan. Ilmiy ahamiyati: EO‘O patogenezining asosiy bo‘g‘inlariga uch komponentli ta’sirning sinergetik ta’sirini asoslashdan iborat. Ilk bor PILN, immunokorreksiya va avtoinsuflyasiyaning kombinatsiyasi bir vaqtning o‘zida sekresiya reologiyasini, mahalliy immunitetni va eshituv nayi drenajini me’yorlashtirishi, o‘rta quloq shilliq qavatining kompleks reabilitatsiyasini ta’minlashi isbotlangan.Amaliyotga joriy etilishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi Markaziy shifoxonasi (2025 yil 25 yanvardagi 107-7-107-TV/2025-sonli buyruq) va Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2024 yil 12 dekabrdagi 355-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Tizimli antibiotiklardan foydalanishni kamaytirish bolalarda disbiozlar va allergik reaksiyalar rivojlanishini oldini oladi. Iqtisodiy samaradorligi: Sog‘ayishni 5-7 kunga tezlashtirish kurs narxini 800-1200 ming so‘mga kamaytiradi. Xulosa: PILN, topik immunokorreksiya va o‘yinli avtoinsuflyasiyani birgalikda qo‘llash EO‘Oni davolashning yuqori samarali patogenetik usuli hisoblanadi. Ushbu majmua nogora bo‘shlig‘ining maksimal tez sanatsiyasini ta’minlaydi, o‘rta quloq aeratsiyasini tiklaydi va maktabgacha yoshdagi bolalarda jarrohlik korreksiyasiga bo‘lgan ehtiyojni ishonchli darajada kamaytiradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish