Oserbaeva Al`fiya Kurbanbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuzli va vodorod sul`fidli eritmalarda uglerodli po‘latlarni korroziyalanishini aminlar bilan ingibirlashning fizik-kimyoviy qonuniyatlari», 02.00.04 – Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/K190.
Ilmiy rahbar: Nurullaev Shavkat Payzievich, kimyo fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Miraxmad Po‘latovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xalilov Qadritdin Faxritdinovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy xomashyo va kimyo sanoati chiqindilari asosida tarkibida aminlar bilan tuzli va vodorod sul`fidli muhitlarda metall qotishmalarining korroziyalanishini ingibirlash hamda mineral tuzlar cho‘kindilari to‘planishiga qarshi yangi kompozision ingibitorlar tarkibini yaratish va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarkibida azot (aminli, amidli) va fosfor saqlovchi mahalliy xomashyo hamda kimyo sanoati chiqindilari asosida po‘lat namunalarining korroziyalanishi va mineral tuzlar cho‘kindilari to‘planishining oldini oluvchi ko‘p komponentli kompozision ingibitorlarning yangi tarkibi yaratilgan;
ko‘p komponentli ingibitorlar korroziya muhitiga kiritilganda metall yuzasida temir ioni bilan kompleks hosil qilish va adsorbsiyalanish jarayonining termodinamik kattaliklari ( N,  S,  G) aniqlangan;
ingibitor bilan temir ionining mustahkam kompleksi N+ ioniga erkin joylar hosil qilmasligi va kuchli kislotali, vodorod sul`fidli va suvli muhitlarda ham erimasligi isbotlangan;
amin, amid va fosfor saqlovchi moddalar asosida yaratilgan ko‘p komponentli kompozision ingibitorlarning kinetik xossalari va adsorbsiyalanish izotermalari baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tuzli va vodorod sul`fidli eritmalarda uglerodli po‘latlarning korroziyalanishini aminlar bilan ingibirlashning fizik-kimyoviy qonuniyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan kompozision ingibitorlar “Bektemir-spirt eksperimental zavodi” AJda amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining 2020 yil 17 fevraldagi 01-09/450-son ma’lumotnomasi). Natijada, po‘lat materiallarining korroziyasini 97,3% gacha kamaytirish imkonini bergan;
yaratilgan kompozision ingibitorlar SP OOO “ART GLOSS GALLERY” O‘zbekiston-Birlashgan Arab Amirligi qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan (SP OOO “ART GLOSS GALLERY”ning 2020 yil 5fevraldagi 1-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilma va o‘tkazgich quvurlarning korroziyasini 97,3%gacha va mineral tuzlar cho‘kindilarining hosil bo‘lishini kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish