Akramova Dildora Ergashboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini maktab ta’limiga ijtimoiy moslashuvchanligini rivojlantirish texnologiyalari”, 13.00.08 - Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped1519.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Jumanova Fatima Uralovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.Ped.03.05.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Dildora Mashrabjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Tarmiza Latipovna Xurvalieva, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini maktab ta’limiga ijtimoiy moslashuvchanligini rivojlantirish tehnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining maktab ta’limiga ijtimoiy moslashuvchanligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari maktab muhitiga kognitiv tayyorgarlikni virtual tanishtirish vositalariga yo‘naltirish, bo‘lajak sinfdoshlar va o‘qituvchilar bilan kommunikativ tajribani ijtimoiy-emotsional barqarorlikka integratsiyalash va individual ehtiyojlarni ijtimoiy muhitdagi erkin xulq-atvorni faollashtirishga yo‘naltirish asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tayyorlov guruhlari faoliyat jarayonlarida tarbiyalanuvchilarning maktab ta’limiga ijtimoiy moslashuvchanligini rivojlantirish modeli oila-maktab uzviyligini bolaning individual rivojlanish traektoriyasiga integratsiyalash, pedagogik ta’sirlarni moslashuv bosqichlariga differensiallashtirish, tarbiyalanuvchining shaxsiy o‘sish dinamikasini diagnostik mezonlarga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
tarbiyalanuvchilarning maktab ta’limiga ijtimoiy moslashuvchanligini rivojlantirish tehnologiyalari mazmuni stress omillarini ijtimoiy-psixologi dasturlar vositasida neytrallashtirish, kognitiv-emotsional rivojlanish kommunikativ faoliyatga sinxronlashtirish, mustaqil fikrlash va ijtimoiy xulq-atvorni virtual maktab simulyatorlariga adaptivlashtirish asosida takomillashtirilgan;
maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarning maktab ta’limiga ijtimoiy moslashuvchanligini rivojlantirish metodikasi samaradorligi tayyorgarlik darajasini raqamli diagnostika mezonlariga differensiallashtirish, moslashuv traektoriyasini individual ehtiyojlarga kalibrlash va maktab muhitiga ruhiy-emotsional moslashuv dinamikasini monitoring natijalariga verifiikatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari maktabga tayyorlov guruhi faoliyat jarayonlarida tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy moslashuvchanliklarini rivojlantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini maktab ta’limiga ijtimoiy moslashuvchanligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari bo‘lajak sinfdoshlarini, maktab xonalari, o‘qituvchilari bilan virtual tanishish orqali stress darajasini kamaytirish, shaxsiy rivojlanish va ehtiyojlarini hisobga olish, hamda ijtimoiy muhitda erkin tutish va maktab muhitiga adaptatsiyalanishi bo‘yicha tavsiyalar “Muloqot psixologiyasi” o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent O‘zbekiston milliy pedagogika universetetining 2025 yil 12-iyundagi 11-05-3827/04-sonli dalolatnomasi.) Natijada tarbiyalanuvchilarni maktabga moslashish jarayonlari bilan tanishtirish imkoniyati yaratilgan.
maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini maktab ta’limiga ijtimoiy moslashuvchanligini rivojlantirish tehnologiyalari modeli bolaning shaxsiy rivojlanish yo‘nalishiga moslashgan yondashuvlar, oilaviy va maktab muhiti uzviyligini taminlash, ilg‘or tajribalarni transformatsiyalash hamda individual yondashuvni taminlash va davomiy rivojlantirish, bolani shaxsiy o‘sish jarayoni va natijalarini sifat o‘zgarishini aniqlash asosida “Pedagogik va psixologik fanlarni o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent O‘zbekiston milliy pedagogika universetetining 2025 yil 12-iyundagi 11-05-3827/04-sonli dalolatnomasi.) Natijada maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi yo‘nalishi talabalarining tarbiyalanuvchilar bilan ishlash samaradorligi ta’minlangan;
maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini maktab ta’limiga ijtimoiy moslashuvchanligini rivojlantirish tehnologiyalari stressni kamaytirishga qaratilgan ijtimoiy-psixologik dasturlar vositasida bolalarning kognitiv va emotsional rivojlanishini bosqichma-bosqich taminlash hamda, muloqot va tajriba orqali mustaqil fikrlashni maktab muhitiga adaptatsiyalash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali orqali efirga uzatilgan “Assalom O‘zbekiston!” va “Oydin hayot Live” ko‘rsatuvlarida “Maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida ijtimoiy moslashuvchanlikni rivojlantirish” mavzusida chiqishlarda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasi 2023-yil 4-sentyabrdagi 02-13-13322-sonli ma’lumotnomasi.) Natijada keng ommaga maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berilgan.
Maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini maktab ta’limiga ijtimoiy moslashuvchanligini rivojlantirish samaradorligi virtual maktab simulyatorlari bolaga mos adaptatsiya rejasi tayyorgarlik darajasiga qarab individual etibor berish imkonini kengaytirish hamda maktab muhitiga tabiiy moslashuvini ruhiy-emotsional taminlash bo‘yicha tavsiyalar “Muloqot psixologiyasi” o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent O‘zbekiston milliy pedagogika universetetining 2025 yil 12-iyundagi 11-05-3827/04-sonli dalolatnomasi.) Natijada tarbiyalanuvchilarning maktab ta’limiga ijtimoiy moslashuvchanligi darajasi oshgan.