Djumaeva Safiya Kodirovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek mumtoz adabiyotida raqam poetikasi” 10.00.02 – O‘zbek mumtoz adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2026.1.DSc/Fil1128.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Salohiy Dilorom Isomiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.05/2025.27.12.Fil.15.01.  
Rasmiy opponentlar: Ergashev Qodir Olimjonovich, filologiya fanlari doktori (DSc); Adezova Iqboloy Istamovna, filologiya fanlari doktori (DSc); Karimova Farida Isoqovna, filologiya fanlari doktori (DSc). 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek mumtoz adabiyotida raqam poetikasi, genezisi, tadrijiy takomili hamda adabiy asar mazmun-mohiyatini yoritishda  raqamlarning o‘ziga xos o‘rnini ochib berishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xalqning qadimiy e’tiqodiy qarashlari, madaniy va maishiy turmushi, shu bilan birga, turkiy davlatlarning siyosiy hayotida ham raqamlarga muhim ahamiyat berilganligi “Avesto”, “Oltin yorug‘”, “O‘g‘uznoma”, O‘rxun-Enasoy yozma yodgorliklari singari yodnomalar asosida dalillangan;
bir, ikki, olti, etti, qirq singari raqamlarning irfoniy adabiyotda  ramziy timsolga aylanish genezisida Qur’oni karim va diniy qarashlarning alohida o‘rin tutganligi, “qoba qavsayn”, “to‘qson ming kalom” singari birikmalar diniy adabiyotda tasvir obekti bo‘lib xizmat qilganligi asoslangan;
o‘zbek tasavvuf adabiyotida koinot va insonning yaratilishi xususidagi fikrlarni ilgari surishda, komil inson tushunchasini ifodalashda to‘rt unsur, olti jihat, etti ko‘k, to‘qqiz falak, uch yuz oltmish tomir, to‘rt yuz qirq to‘rt so‘ngak singari  raqamli birikmalarning poetik obraz darajasiga ko‘tarilish jarayoni yoritilgan;
raqamlarning ruhoniyat tasviridagi roli XII-XV asrlarga oid turkiy adabiyotdagi ifoda imkoniyatlari orqali belgilangan, jumladan, Ahmad Yassaviyning raqam ramziyligi asosida yaratilgan yoshnoma-hikmatidagi ikki, etti, sakkiz,  qirq, oltmish olti singari raqamlarning badiiy g‘oya va mazmunni ifodalashga  xizmat qilganligi dalillanib, ruhiy yuksalish maqomlari tasviridagi poetik vazifalari ochib berilgan;
raqamlardan hayotiy, ishqiy, diniy va tasavvufiy mavzularni yoritishda Yassaviy, Alisher Navoiy, Mashrab kabi ijodkorlarning badiiy mahorati, shuningdek, raqamlarning Alisher Navoiy ijodiyotidagi badiiy-estetik vazifasi yoritilib, XVI-XIX asrlarga mansub  asarlardagi raqamlar talqinida o‘ziga xos an’ana va yangilik, she’riyatda  raqam, mohiyat hamda ifoda uyg‘unligi dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek mumtoz adabiyotida raqam poetikasi masalasining o‘rganilishidan olingan ilmiy natijalar asosida: 
xalqning qadimiy e’tiqodiy qarashlari, madaniy va maishiy turmushi, shu bilan birga, turkiy davlatlarning siyosiy hayotida ham raqamlarga muhim ahamiyat berilganligi “Avesto”, “Oltin yorug‘”, “O‘g‘uznoma”, O‘rxun-Enasoy yozma yodgorliklari singari yodnomalar asosida dalillanganligiga doir xulosalardan  O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017–2020-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish”  mavzusidagi  fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2026-yil 15-yanvardagi 16/2-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishi turkiy xalqlar tarixi va adabiyotida raqam poetikasining alohida o‘rin tutishi asoslangan ilmiy-nazariy xulosalarga oid ma’lumotlar bilan boyitilgan;  
bir, ikki, olti, etti, qirq singari raqamlarning irfoniy adabiyotda  ramziy timsolga aylanish genezisida Qur’oni karim va diniy qarashlarning alohida o‘rin tutganligi, “qoba qavsayn”, “to‘qson ming kalom” singari birikmalar diniy adabiyotda tasvir obekti bo‘lib xizmat qilganligi asoslanganligiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017–2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030. “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7 jild) chop etish” fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining  2026-yil 16-fevraldagi 04/1-888-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishi irfoniy  adabiyotning ramz va timsollar olami, ularning mumtoz poetikada tutgan o‘rni, o‘zbek mumtoz adabiyoti vakillarining raqamdan foydalanish jarayonidagi badiiy mahorati asoslangan ilmiy-nazariy xulosalarga oid ma’lumotlar bilan boyitilgan; 
o‘zbek tasavvuf adabiyotida koinot va insonning yaratilishi xususidagi fikrlarni ilgari surishda, komil inson tushunchasini ifodalashda to‘rt unsur, olti jihat, etti ko‘k, to‘qqiz falak, uch yuz oltmish tomir, to‘rt yuz qirq to‘rt so‘ngak singari  raqamli birikmalarning poetik obraz darajasiga ko‘tarilish jarayoni ochib berilganligi xususidagi ilmiy qarashlardan  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida  2020–2022-yillarga mo‘ljallangan IL-402104474. “bolalar adabiyoti.uz multimediyali elektron platform va uning mobel ilovasini yaratish” mavzusidagi innavatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining  2026-yil 19-yanvardagi 04/1-281-sonli ma’lumotnomasi). Natijada raqamli birikmalar asosida yaratilgan poetik obrazlar va ularning asar badiiyatida tutgan o‘rni haqidagi ilmiy xulosalar loyiha ishining saviyasini oshirishga xizmat qilgan; 
raqamlarning ruhoniyat tasviridagi roli XII-XV asrlarga oid turkiy adabiyotdagi ifoda imkoniyatlari orqali belgilangan, jumladan, Ahmad Yassaviyning raqam ramziyligi asosida yaratilgan yoshnoma-hikmatidagi ikki, etti, sakkiz,  qirq, oltmish olti singari raqamlarning badiiy g‘oya va mazmunni ifodalashga  xizmat qilganligi dalillanib, ruhiy yuksalish maqomlari tasviridagi poetik vazifalari ochib berilganligi singari ilmiy qarashlardan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023–2025-yillarda bajarilgan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan (Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining  2026-yil 16-fevraldagi 01-03/1-186-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya ilmiy-nazariy xulosalari komparativ adabiyotshunoslik, tarixiy poetika va madaniyatlararo muloqot tadqiqotlari uchun muhim nazariy-amaliy manba vazifasini o‘tagan;   
raqamlardan hayotiy, ishqiy, diniy va tasavvufiy mavzularni yoritishda Yassaviy, Alisher Navoiy, Mashrab kabi ijodkorlarning badiiy mahorati, shuningdek, raqamlarning Alisher Navoiy ijodiyotidagi badiiy-estetik vazifasi yoritilib, XVI-XIX asrlarga mansub  asarlardagi raqamlar talqinida o‘ziga xos an’ana va yangilik, she’riyatda  raqam, mohiyat hamda ifoda uyg‘unligi dalillanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy tanqid kengashi hisobot yig‘ilishlarida, yosh ijodkorlar to‘garagi mahorat darslarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2026-yil 19-yanvardagi 01-03/25-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Atoyi, Lutfiy ijodida raqamlar ahamiyatini  mumtoz an’analar doirasida baholash  hamda Alisher Navoiy lirikasi va dostonlarida uch, to‘rt, etti, to‘qqiz singari raqamlarning o‘ziga xos  mohiyat  kasb etishi, raqamlar badiiy g‘oya va fikr ifodasi uchun xizmat qilganligi xususida ilmiy xulosalarga kelish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish