Saparova Surayyo Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm shevalaridagi nutqiy etiket birliklarining lingvokulturologik va lingvopragmatik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil4952.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Primov Azamat Iskandarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.03/2026.10.06.Fil.06.06 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Murodova Nigora Qulievna, filologiya fanlari doktori, professor; Jumanyazova Muxabbat Xusinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch RANCh texnologiya universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm shevalaridagi nutqiy etiket birliklari (NEB)ning lingvokulturologik va lingvopragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm shevalariga xos nutqiy etiket birliklari ilk bor lingvokulturologik va lingvopragmatik yondashuvlar asosida tadqiq qilinib, vaziyatlarni alohida baholagan holda minnatdorchilik bildirish jarayonlarida qo‘llaniladigan saγ bolȉŋ // rähmät // Allah razȉ bolsȉn // jāxšȉ gűnizdä qājtārgȉjmān // rähmät bäräkä tapȉŋ // bȉzädän qājtmāsā, Xudadān qājsȉn, rähmä:t kabi nutqiy birliklarning turlari, formulalari, funksiyalari asoslab berilgan hamda har bir lisoniy birlik turli vaziyatlar asosida guruhlashtirilib, nutqiy vaziyatlar ilmiy asosda dalillangan;
Xorazm shevalaridagi nutqiy etiket birliklarining kundalik muloqotdagi vaziyatli ko‘rinishlari, xususan, qutlov (tojlār maräk bolsȉn), salomlashuv (daŋ attȉmȉ), xayrlashuv (jollarȉŋiza ajdȉnlȉq bärsin), hamdardlik (Allah säbr-taqät bärsȉn) hamda murojaat va mulozamat kabi pragmatik turlari tizimlashtirilib, ushbu lisoniy birliklarning milliy-madaniy semantikasi, an’anaviy qadriyatlar bilan uzviy bog‘liqligi va kommunikativ funksiyalari asoslangan;
Xorazm shevalarida muloqot jarayonini ta’minlovchi kamtarlik konseptiga xos NEBlarning mohiyati va ifodalanish shakllari lingvokulturologik jihatdan asoslanib, mazkur birliklar o‘zining pragmatik funksiyasiga ko‘ra intellektual (Bu šunčäki mäni fikrim), ijtimoiy (Vaqtȉŋȉznȉ alganȉm učun uzr), emotsional (Äläštirmäŋ) va milliy koloritni o‘zida aks ettiruvchi madaniy kamtarlik (Ärzimidi, Apamni qiziman axȉr) kabi turlarga tizimlashtirilgan;
Xorazm shevalaridagi murojaat birliklarining lingvopragmatik va lingvokulturologik xususiyatlari nutqiy vaziyatlarga ko‘ra tizimlashtirilib, ularning notanish (gečȉrāsȉz, bȉr mȉnutā műmkȉnmȉ) va tanish suhbatdoshga murojaat qilish shakllari, xususan, qarindoshlik munosabatlari (biji, ulläkä, paččā // paččaǯan), kasbiy va rasmiy holatlar (äziz hämkäsblär, damlā), shuningdek, shaxsning ijtimoiy rolini ifodalovchi o‘ziga xos metaforik-metonimik ko‘chimlar (pompālaqȉm, äkämni kindigi, ǯanȉm ǯännätȉm) kabi ifoda strategiyalari ilmiy dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm shevalaridagi nutqiy etiket birliklarining lingvokulturologik va lingvopragmatik tadqiqi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot asosida:
Xorazm shevalariga xos NEBlar ilk bor lingvokulturologik va lingvopragmatik yondashuvlar asosida tadqiq qilinib, vaziyatlarni alohida baholagan holda minnatdorchilik bildirish jarayonlarida qo‘llaniladigan saγ bolȉŋ // rähmät // Allah razȉ bolsȉn // jāxšȉ gűnizdä qājtārgȉjmān // rähmät bäräkä tapȉŋ // bȉzädän qājtmāsā, Xudadān qājsȉn, rähmä:t kabi nutqiy birliklarning turlari, formulalari, funksiyalari asoslab berilgan hamda har bir lisoniy birlik turli vaziyatlar asosida guruhlashtirilib, nutqiy vaziyatlar ilmiy asosda dalillanganiga, shuningdek, Xorazm shevalaridagi nutqiy etiket birliklari bo‘yicha nutqiy akt strategiyalari, lingvopragmatik, lingvokulturologik jihatdan tahlil qilingan birliklarning “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “O‘zbek xalq shevalari lug‘ati”ga manba sifatida xizmat qilishi, hudud leksikasi uchun zaruriy ilmiy ma’lumot berishi, o‘zbek tili shevashunosligi, qolaversa, nutq madaniyati bo‘yicha maxsus kurslarni tashkil qilishda amaliy jihatdan yordam berishiga oid xulosalardan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2024–2025-yillarda bajarilgan II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yil 18-noyabrdagi 1946-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasi”ning ma’lumotlar bazasi Xorazm shevalariga xos nutqiy etiket birliklari sifatida talqin qilinayotgan minnatdorchilik bildirish jarayonlarida qo‘llaniladigan Saγ bolȉŋ, Rähmät, Allah razȉ bolsȉn, Jāxšȉ gűnizdä qājtārgȉjmān, rähmät, Bäräkä tapȉŋ, salomlashish jarayonlarida qo‘llaniladigan ässälamu äläjkum, sālam, Xudaγā šűkűr, jāxšȉmȉz, älhämdulilläh jäxšimiz kabi nutqiy birliklari bilan boyitilgan. Shuningdek, turli xizmat ko‘rsatish obektlarini (to‘yxonalar, oilaviy korxonalar, dam olish maskanlari va boshqalar) nomlash jarayonida milliy an’analar va hududiy qadriyatlarga tayanish imkoniyati kengaytirilib, yaratilgan interaktiv elektron platformaning etnolingvistik, pragmatik hamda hududiy qamrovdorlik darajasi oshirilishiga xizmat qilgan;
Xorazm shevalaridagi nutqiy etiket birliklarining kundalik muloqotdagi vaziyatli ko‘rinishlari, xususan, qutlov (tojlār maräk bolsȉn), salomlashuv (daŋ attȉmȉ), xayrlashuv (jollarȉŋiza ajdȉnlȉq bärsin), hamdardlik (Allah säbr-taqät bärsȉn) hamda murojaat va mulozamat kabi pragmatik turlari tizimlashtirilib, ushbu lisoniy birliklarning milliy-madaniy semantikasi, an’anaviy qadriyatlar bilan uzviy bog‘liqligi va kommunikativ funksiyalari dalillangani, shuningdek, Xorazm shevalarida muloqot jarayonini ta’minlovchi kamtarlik konseptiga xos NEBlarning mohiyati va ifodalanish shakllari lingvokulturologik jihatdan asoslanib, mazkur birliklar o‘zining pragmatik funksiyasiga ko‘ra intellektual (Bu šunčäki mäni fikrim), ijtimoiy (Vaqtȉŋȉznȉ alganȉm učun uzr), emotsional (Äläštirmäŋ) va milliy koloritni o‘zida aks ettiruvchi madaniy kamtarlik (Ärzimidi, Apamni qiziman axȉr) kabi turlarga tizimlashtirilganiga, xususan, Xorazm vohasi shevalaridagi nutqiy etiket birliklarining shakllanishida kishilar xarakter-xususiyatiga atrof-muhit, tarbiya, islom dini hamda jamoaviylikka asoslangan ijtimoiy mentalitet kabi omillarning ta’siri mazkur birliklarning o‘ziga xos lisoniy tabiatini belgilab berishi, shuningdek, o‘g‘uz va qipchoq shevalariga aloqador NEBlarning milliy-madaniy xususiyatlariga oid natija va materiallardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2024–2025-yillarda bajarilgan ALM-202310132634-raqamli “Yangi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobilini sun’iy intellekt asosida avtomatik taqdim qiluvchi atamacom.uz dasturiy ta’minoti platformasi va mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yil 18-noyabrdagi 1945-son ma’lumotnomasi). Natijada, “atamacom.uz” platformasi va mobil ilovasining axborot bazasi Xorazm shevalaridagi nutqiy etiket birliklari, insonlarga xos insoniylik belgilari, ya’ni kimnidir xafa qilganda uzr so‘rash, quvonchli kunlarda qutlash tojlār maräk bolsȉn, tojȉŋ qutlȉ bolsȉn, oŋ bolsȉn; kundalik odatiy odob-axloqqa xos bo‘lgan salomlashish ässälam älejkum, nā gāp; xayrlashish xoš, sālamāt bolȉŋ, goziŋ joldā qalmāsȉn; murojaat gečȉrāsȉz..., űzr(uzr)…, qārābäriŋ…, apā, äkä, änä, minnatdorchilik bȉzädän qājtmāsā, Xudadān qājsȉn, rähmä:t; ruhsat so‘rash äg(y)är naqulāj bolmāsā (mälal gä(l)mäsä), bȉr dāqiqā qārāb qojȉŋ, taklif qilish, hamdardlik bildirish Allah säbr-taqät bärsȉn/bärgij, Allah műškűllärȉnȉ asan ätgij, mulozamat ozȉŋȉzdān bosȉn // sȉzdān kejȉn, qujaš qājsannān čȉqdȉ // qujaš nerdā äkän dāsām bāndā äkänqu // qujaš bāndā äkänqu va odob-axloqning boshqa ko‘plab nutqiy ko‘rinishlari bo‘yicha izohlar keltirilib, nutqiy birliklarning milliy-madaniy ma’nosi, qadriyatlar bilan bog‘liqligi va kommunikativ funksiyasi sun’iy intellekt xotirasiga ma’lumotlar manbasi sifatida kiritilgan. Bu esa sun’iy intellektning chetdan kirib kelayotgan atamalarga faqatgina quruq tarjima emas, balki xalqning etnomadaniyati, e’tiqodi va urf-odatlariga mos keladigan, tilning tarixiy qatlamlari ruhini o‘zida aks ettirgan o‘zbekcha muqobillarni avtomatik shakllantirish aniqligi hamda samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Xorazm shevalaridagi murojaat birliklarining lingvopragmatik va lingvokulturologik xususiyatlari nutqiy vaziyatlarga ko‘ra tizimlashtirilib, ularning notanish (gečȉrāsȉz, bȉr mȉnutā műmkȉnmȉ) va tanish suhbatdoshga murojaat qilish shakllari, xususan, qarindoshlik munosabatlari (biji, ulläkä, paččā // paččaǯan), kasbiy va rasmiy holatlar (äziz hämkäsblär, damlā), shuningdek, shaxsning ijtimoiy rolini ifodalovchi o‘ziga xos metaforik-metonimik ko‘chimlar (pompālaqȉm, äkämni kindigi, ǯanȉm ǯännätȉm) kabi ifoda strategiyalari ilmiy dalillanganiga, xususan, muomala madaniyati, nutqiy etiket birliklari va ularni to‘g‘ri qo‘llashda yosh, jins, ijtimoiy mavqe va tarbiya omili kabi masalalar, yoshlar nutqini to‘g‘ri shakllantirish muammolari va ularni bartaraf etish usullariga oid xulosalardan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2025-yil 11-fevral va 30-may kunlari efirga uzatilgan “Tilimizni o‘rganamiz” radioeshittirishida hamda 2025-yil 13-oktyabr kuni efirga uzatilgan “Siz nima deysiz?” dasturida foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 30-maydagi 845-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur chiqishlarda muomala madaniyati va nutqiy etiket birliklari haqida qimmatli ma’lumotlar taqdim etilib, ular tilshunoslik sohasida olib boriladigan yangi tadqiqotlar uchun material tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.