Primova Nigora Ikrom qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish uslubiyatini takomillashtirish” (Oliy ta’lim misolida), 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Iqt757
Ilmiy rahbar: Xamdamov Shox-jaxon Raxmat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2026.31.01.1.42.02
Rasmiy opponentlar: Toshpo‘latov Davron Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; To‘xliev Bozor Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent Amaliy fanlar universiteti”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassalarini ilmiy, ixtisoslashgan va ko‘p tarmoqli xususiyatlari asosida tasniflarga ajratish orqali davlat byudjetidan moliyalashtirishning natija mezonlarini joriy etish;
mehnat bozorida oliy ta’lim tizimi bitiruvchilari soni bir birlikka oshirish orqali jismoniy shaxsardan olinadigan daromad solig‘ini 5,5 foizga o‘sishiga erishish mumkinligi asoslangan;
Oliy ta’limning magistratura bosqichida talabalarga natija mezoni sifatida qisqartirilgan ish vaqti maoshiga ega bo‘lishini belgilash orqali oliy ta’limni moliyalashtirishda byudjetga moliyaviy yuklamani kamaytirish;
iqtisodiyotdagi o‘rtacha ish haqi darajasi hajmini inson kapitali omiliga bog‘lash orqali byudjetning ijtimoiy xarajatlarini tartibga solish samaradorligini oshirish;
40 yosh va undan katta talabalar sonining ortib borishi bilan iqtisodiy faol aholi sonini sifat jihatidan tartibga solish orqali iqtisodiy faol aholi sonini oshirish taklifi;
oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari davlat va nodavlat sektordagi bandligini malaka va ko‘nikma ekotizimi mezonlari orqali natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirishni joriy etish.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassalarini ilmiy, ixtisoslashgan va ko‘p tarmoqli xususiyatlari asosida tasniflarga ajratish orqali davlat byudjetidan moliyalashtirishning natija mezonlarini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 dekabrdagi PQ-61-son 2-bandi ijrosini ta’minlashga xizmat qildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi 2026-yil 21 apreldagi 04/17-2696-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat byudjetidan oliy ta’lim muassalarini moliyalashtirish 2025 yilda 14,6 foizga oshgan;
oliy ta’lim tizimida inson kapitalidan mehnat bozoriga bitiruvchilar soni bir birlikka oshirish orqali jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 5,5 foizga o‘sishiga erishish mumkinligi asoslangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni 1-bandi 7-xatboshi ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi 2026-yil 21 apreldagi 04/17-2696-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashish natijadorligi oshib, mamlakatda bandlik darajasi 2024 yilda 0,4 foiz punktga oshgan;
oliy ta’limning magistratura bosqichida talabalarga natija mezoni sifatida qisqartirilgan ish vaqti maoshiga ega bo‘lishini belgilash orqali oliy ta’limni moliyalashtirishda byudjetga moliyaviy yuklamani kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni 1-bandi 7-xatboshi ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi 2026-yil 21 apreldagi 04/17-2696-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashish natijadorligi oshib, mamlakatda bandlik darajasi 2024 yilda 0,4 foiz punktga oshgan;
iqtisodiyotdagi o‘rtacha ish haqi darajasi hajmini inson kapitali omiliga bog‘lash orqali byudjetning ijtimoiy xarajatlarini tartibga solish samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni 1-bandi 7-xatboshi ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi 2026-yil 21 apreldagi 04/17-2696-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashish natijadorligi oshib, mamlakatda bandlik darajasi 2024 yilda 0,4 foiz punktga oshgan;
40 yosh va undan katta talabalar sonining ortib borishi bilan iqtisodiy faol aholi sonini sifat jihatidan tartibga solish orqali iqtisodiy faol aholi sonini oshirishga erishish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni 1-bandi 7-xatboshi ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan. Natijada, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashish natijadorligi oshib, mamlakatda bandlik darajasi 2024 yilda 0,4 foiz punktga oshgan;
oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari davlat va nodavlat sektordagi bandligini malaka va ko‘nikma ekotizimi mezonlari orqali natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirishni joriy etish taklifi solish orqali iqtisodiy faol aholi sonini oshirishga erishish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni 1-bandi 7-xatboshi ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi 2026-yil 21 apreldagi 04/17-2696-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashish natijadorligi oshib, mamlakatda bandlik darajasi 2024 yilda 0,4 foiz punktga oshgan.