Sattarov Sayidmurod Abdusharipovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni boshqarish samaradorligini oshirish», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2019.2.PhD/Iqt853.
Ilmiy rahbar: Bekmurodov Adxam Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Nuriddin Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saidov Ma’shal Samadovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy tavsiya hamda takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni boshqarishning omillari va ko‘rsatkichlar tizimi jarayonlarning ijtimoiy tavsifi hamda raqobatbardoshlik darajasini baholashga ustuvorlik berish orqali uslubiy jihatdan takomillashtirilgan;
mahalliy dasturlarni ishlab chiqish amaliyotiga zamonaviy rivojlanish tendensiyalari ta’sirida kelib chiquvchi muayyan risklarni aniq baholash hamda dastur ko‘rsatkichlariga tegishli o‘zgartirish kiritish tartibi ishlab chiqilgan;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni boshqarish strategiyasini amalga oshirish mexanizmi innovatsiyalar transferi, noyob mahsulot brendlaridan samarali foydalanish, aholi migratsiyasini tartibga solish dastaklarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasini boshqarishni takomillashtirish asosida Xorazm viloyatidagi iqtisodiy o‘sishning 2021 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
iqtisodiyotda raqobatbardoshlik strategiyasini shakllantirish va uni boshqarish mexanizmlarining uslubiy jihatlarini tadqiq etish asosida ishlab chiqilgan raqobatbardoshlikni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi «2017–2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida»gi PQ-2731-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 7 avgustdagi 4653/03-14-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni boshqarish samaradorligini to‘g‘ri va aniq baholash imkoni yaratilgan;
viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarining amalga oshirilishi holati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni boshqarish samaradorligini oshirish yo‘llarini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan sotsiologik anketa-so‘rovnomalar asosida ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi «2017–2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida»gi PQ-2731-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 7 avgustdagi 4653/03-14-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini samarali amalga oshirish imkoniyatlarini o‘z vaqtida baholash, mahalliy boshqaruv samaradorligini oshirish yo‘llarini keng jamoatchilik fikriga asosan aniqlash imkonini bergan;
iqtisodiy rivojlanish strategiyasini boshqarishni takomillashtirish orqali viloyatda intensiv iqtisodiy o‘sishni ta’minlash chora-tadbirlari hamda iqtisodiy o‘sishning prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi «2017–2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida»gi PQ-2731-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 7 avgustdagi 4653/03-14-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbig‘i viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda mavjud iqtisodiy resurslardan intensiv ravishda foydalanish, mahalliy aholi uchun munosib hayot sharoitlarini yaratishda belgilangan maqsadlarga prognoz ko‘rsatkichlariga muvofiq tarzda erishishni ta’minlash imkonini bergan;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar hamda viloyatning mavjud salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llari va mutanosib rivojlanish strategiyasini amalga oshirish istiqbollaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi «2017–2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida»gi PQ-2731-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 7 avgustdagi 4653/03-14-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida viloyatning mavjud salohiyatidan foydalanish samaradorligi oshib, iqtisodiyotning barqaror va mutanosib rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan.