G‘aniev Sanjar Poziljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda innovatsion siyosatni amalga oshirishning institutsional tizimini takomillashtirish” (Namangan viloyati misolida), 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt6589.
Ilmiy rahbar: Adashev Azimjon Urubbaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qobulov Ozodbek O‘ktamboy o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda innovatsion siyosatni amalga oshirishning institutsional tizimini takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«davlat – biznes – universitet» hamkorligi, texnopark va startap markazlari, moliyaviy rag‘batlar va infratuzilmaviy resurslarning bir butun tizim sifatida funksional integratsiyasi asoslangan holda mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirish bilan bog‘liq innovatsion siyosatni amaliy mexanizmi taklif etilgan;
mintaqada innovatsiyalarning inson kapitaliga ta’siri, innovatsion loyihalarning hayotiy sikl bosqichlari, innovatsion tizim ishtirokchilari o‘rtasidagi mavjud aloqalar holati va institutsional tizimning ekspert bahosi asosida «muammo-sabab-echim» matrisasi taklif qilingan;
Namangan viloyatida innovatsion siyosatni amalga oshirishda startap monitoringi, TRL bo‘yicha loyiha baholash, texnopark infratuzilmasi, kadrlar kompetensiyalar bazasi, raqamli grant tizimi, klaster kooperatsiyasi kabi ko‘rsatkichlar asosida 0≤I≤0,24–past infratuzilma, 0,25≤I≤0,44 –institutsional xavf, 0,45≤I≤0,64 – ehtiyot choralari zarur, 0,65≤I≤0,84 – nazorat ostida, 0,85≤I≤1–barqaror innovatsion rivojlanish yo‘nalsihlari bo‘yicha mintaqaning innovatsion rivojlanish indeksi ishlab chiqilgan;
Namangan viloyatida universitetlar qoshidagi innovatsion markazlar, texnoparklar, texnopark rezidentlari va ilmiy-amaliy startaplar soni ko‘rsatkichlarni CAGR usuli bilan baholash asosida 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan institutsional-innovatsion siyosatni amalga oshirishning prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda innovatsion siyosatni amalga oshirishning institutsional tizimini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
«davlat – biznes – universitet» hamkorligi, texnopark va startap markazlari, moliyaviy rag‘batlar va infratuzilmaviy resurslarning bir butun tizim sifatida funksional integratsiyasi asoslangan holda mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirish bilan bog‘liq innovatsion siyosatni amaliy mexanizmi Namangan viloyati hokimligi tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarida innovatsion vositalarni shakllantirishda foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2026-yil 16-yanvardagi 03/24-926-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mahalliy korxonalar tomonidan texnopark va akseleratsiya markazlari infratuzilmasidan foydalanish ko‘rsatkichlari 1,8 barobarga oshib, ishlab chiqarish tannarxini o‘rtacha 8,5 foizga pasaytirish imkonini bergan;
mintaqada innovatsiyalarning inson kapitaliga ta’siri, innovatsion loyihalarning hayotiy sikl bosqichlari, innovatsion tizim ishtirokchilari o‘rtasidagi mavjud aloqalar holati va institutsional tizimning ekspert bahosi asosida «muammo-sabab-echim» matrisasi bo‘yicha taklif Namangan viloyati hokimligi tomonidan tarmoqlararo integratsiyani transformatsiya qilish sohalarida foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2026-yil 16-yanvardagi 03/24-926-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi natijasida innovatsion faol korxonalar ulushi 17,8 foizga, tarmoqlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi indeksi (institutsional bog‘liqlik ko‘rsatkichi) 0,63 ga, raqamlashtirilgan biznes-jarayonlar ulushi 46 foizga etgan;
Namangan viloyatida innovatsion siyosatni amalga oshirishda startap monitoringi, TRL bo‘yicha loyiha baholash, texnopark infratuzilmasi, kadrlar kompetensiyalar bazasi, raqamli grant tizimi, klaster kooperatsiyasi kabi ko‘rsatkichlar asosida 0≤I≤0,24–past infratuzilma, 0,25≤I≤0,44 –institutsional xavf, 0,45≤I≤0,64 – ehtiyot choralari zarur, 0,65≤I≤0,84 – nazorat ostida, 0,85≤I≤1–barqaror innovatsion rivojlanish yo‘nalsihlari bo‘yicha mintaqaning innovatsion rivojlanish indeksi Namangan viloyati hokimligi tomonidan innovatsion tizimni tahlil qilishni avtomatlashtirishda va hududiy rivojlanishdagi asimmetriyalarni aniqlashda foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2026-yil 16-yanvardagi 03/24-926-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida tarmoqlar bo‘yicha texnologik uzilishlar aniqlanib, startaplar va ilmiy loyihalarning amaliy darajasi oshgan hamda institutsional risklarni oldindan aniqlash imkonini bergan;
Namangan viloyatida universitetlar qoshidagi innovatsion markazlar, texnoparklar, texnopark rezidentlari va ilmiy-amaliy startaplar soni ko‘rsatkichlarni CAGR usuli bilan baholash asosida 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan institutsional-innovatsion siyosatni amalga oshirishning prognoz parametrlari Namangan viloyati hokimligi tomonidan innovatsion loyihalarning texnologik jihatdan etuklik darajasi va texnopark imkoniyatlarining yuklama darajasini baholashda foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2026-yil 16-yanvardagi 03/24-926-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida innovatsion infratuzilmaning uzoq muddatli rivojlanish traektoriyasi aniqlanib, tabiiy resurslar taqsimoti uzoq muddatli ehtiyojlarga yo‘naltirishga xizmat qilgan.