O‘roqov Firdavs Ortiqniyoz o‘g‘linin
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari (Samarqand viloyatidagi tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar misolida)», 08.00.05. – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2914.
Ilmiy rahbar: Xoliqulov Anvar Nematovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/2025.27.12.I.27.01
Rasmiy opponentlar: Ergashev Raxmatulla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xalilov Sirojiddin Sherali o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tibbiy xizmatlar samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tibbiy muassasalar resurslaridan foydalanish natijasida xizmat sifati, klinik natija, iqtisodiy qaytim va aholi qoniqishini uyg‘un ta’minlash darajasini ifodalovchi iqtisodiy kategoriya nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyati samaradorligini baholashda xususiy va aralash tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatini faqat tibbiy emas, balki iqtisodiy natija nuqtayi nazaridan ham o‘lchash imkonini beruvchi resurs sarfi, xizmat hajmi, bemor oqimi, sifat va moliyaviy qaytim asosida baholash hamda mazkur ko‘rsatkichlarni hududiy tibbiy xizmat bozori sharoiti bilan bog‘liq holda qo‘llash taklifi asoslangan;
Samarqand viloyatida xususiy tibbiyot subektlarini moliyaviy rag‘batlantirish (MR = 0,32), xizmat turlarini diversifikatsiya qilish (D = 0,23), davlat-xususiy sheriklik (DXSh = 0,27) va raqobat muhiti (RM = 0,18) imkoniyatlaridan foydalanish yo‘nalishlari o‘rtasidagi miqdoriy nisbatni ta’minlash orqali tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyat natijaviyligiga funksional bog‘liq bo‘lmagan omillarning ekonometrik modellari asosida Samarqand viloyati bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar yalpi qo‘shilgan qiymat hajmining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar samaradorlik darajasini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tibbiy xizmatlar samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini tibbiy muassasalar resurslaridan foydalanish natijasida xizmat sifati, klinik natija, iqtisodiy qaytim va aholi qoniqishini uyg‘un ta’minlash darajasini ifodalovchi iqtisodiy kategoriya nuqtai-nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Operatsion tahlil” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 2025-yil 27-noyabrdagi №310-27/11-sonli guvohnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida hududda ushbu sohaning o‘zi alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan holda samaradorlik hamda rentabellik darajalarini aniqlash hamda baholash imkoni yaratilgan;
tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyati samaradorligini baholashda xususiy va aralash tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatini faqat tibbiy emas, balki iqtisodiy natija nuqtayi nazaridan ham o‘lchash imkonini beruvchi resurs sarfi, xizmat hajmi, bemor oqimi, sifat va moliyaviy qaytim asosida baholash hamda mazkur ko‘rsatkichlarni hududiy tibbiy xizmat bozori sharoiti bilan bog‘liq holda qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 27-fevraldagi №02-28/5264-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyati samaradorligini baholashda faqat tibbiy emas, balki iqtisodiy natija nuqtayi nazaridan ham o‘lchash imkoni yaratilgan;
Samarqand viloyatida xususiy tibbiyot subektlarini moliyaviy rag‘batlantirish (MR = 0,32), xizmat turlarini diversifikatsiya qilish (D = 0,23), davlat-xususiy sheriklik (DXSh = 0,27) va raqobat muhiti (RM = 0,18) imkoniyatlaridan foydalanish yo‘nalishlari o‘rtasidagi miqdoriy nisbatni ta’minlash orqali tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 27-fevraldagi №02-28/5264-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning iqtisodiy samaradorligini oshirishda ularni moliyaviy rag‘batlantirish, xizmat turlarini diversifikatsiya qilish, davlat-xususiy sheriklik va raqobat muhiti imkoniyatlaridan foydalanish yo‘nalishlari o‘rtasidagi miqdoriy nisbatni aniqlash imkoni yaratilgan;
tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyat natijaviyligiga funksional bog‘liq bo‘lmagan omillarning ekonometrik modellari asosida Samarqand viloyati bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar yalpi qo‘shilgan qiymat hajmining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 27-fevraldagi №02-28/5264-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida Samarqand viloyatidagi tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarnining o‘rta muddatli prognoz qiymatlariga erishishda asosiy parametrlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.