Muminov Davron Kadirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zotiljam bilan og‘rigan bemorlarda buyraklarning funksional holati: prognostik va terapevtik aspektlari», 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib1068.
Ilmiy rahbar: Daminov Botir Turg‘unpo‘latovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc 04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Ma’ruf Shakirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sabirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zotiljam bilan og‘rigan bemorlarda buyraklarning funksional holatini baholash bilan birga ularning o‘tkir shikastlanishini davolash va preventiv taktikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba SBK negizida rivojlangan zotiljamda premorbid negizsiz zotiljamdan farqli salbiy klinik-rentgenologik dinamika bilan ifodalanishi isbotlangan;
zotiljam bilan og‘rigan bemorlarda birinchi kundayoq buyraklarning funksional holati buzilishi aniqlangan;
SBK negizidagi zotiljamda immunitetning limfotsitar bo‘g‘inini faollashishi va tug‘ma immunitetning birlamchi javobi tez bostirilishi bilan birga kelishi ko‘rsatilgan;
zotiljam bilan og‘rigan bemorlarda SBKning mavjudligi, qonda sistatsin S darajasining oshishi, reaktiv va antitela ishlab chiqariluvchi limfotsitlar va monotsitlarning ortishi, neytrofillar ulushi va IgM miqdori kamayshi o‘tkir buyrak shikastlanishi prediktorlari bo‘lib hisoblanishi isbotlangan;
zotiljam bilan og‘rigan bemorlarda buyraklarning funksional holatini yaxshilashda hamda o‘tkir buyrak shikastlanishi rivojlanish xavfini kamaytirishda atsetilsisteinni qo‘shimcha qo‘llashning ijobiy samarasi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zotiljam bilan og‘rigan bemorlarda o‘tkir buyrak shikastlanishining prognostik omillarini aniqlash va ularni olib borish algoritmini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
«Surunkali buyrak kasalligi negizida zotiljam bilan og‘rigan bemorlar terapiyasini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 dekabrdagi 8n-r/589-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma zotiljam bilan og‘rigan bemorlar parvarishini optimallashtirish, buyraklar asoratining tomonidan asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirish, bemorlarni tetiklashtirish va kasallik holatini yaxshilash imkonini beradi; 
«Zotiljam bilan og‘rigan bemorlarda buyraklarning funksional holati. Buyraklarning o‘tkir shikastlanish prediktorlarini aniqlash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 dekabrdagi 8n-r/588-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma zotiljam bilan og‘rigan bemorlarda buyraklarning o‘tkir shikastlanish xavf omillarini o‘z vaqtida aniqlash va ushbu asoratning oldini olish imkonini beradi. 
Zotiljam bilan og‘rigan bemorlar parvarishini optimallashtirish, buyraklarning o‘tkir shikastlanish xavf omillarini o‘z vaqtida aniqlash va asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi va Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 26 fevraldagi 8n-z/23-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi zotiljam bilan og‘rigan bemorlarda o‘tkir buyrak shikastlanishini prognozlash imkonini beradi, profilaktika usullarining qo‘llanilishi uning to‘liq rivojlanish xavfini 31% gacha kamaytirib, zotiljam bilan og‘rigan bemorlar prognozini ijobiy tomonga o‘zgartiradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish