Saidov Suxrob Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Umurtqa arteriyasi sindromi kechishining gender bo‘yicha klinik-patogenetik taxlili, intensifikatsiyasi va texnologik reabilitatsiyasi» 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.3.PhD/Tib4914.
Ilmiy rahbar: Urinov Muso Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc 06/2025.27.12.Tib.05.02.
Rasmiy opponentlar: Xaydarova Dildora Kodirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Hikmatova Zamira Hikmatovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umurtqa arteriyasi sindromida erkak va ayollarda kuzatiladigan genderga xos klinik-patogenetik, oksidativ va psixovegetativ o‘zgarishlarni aniqlash hamda shu asosda individuallashtirilgan kompleks reabilitatsiyani optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
erkak va ayollarda umurtqa arteriyasi sindromi bilan og‘rigan bemorlarda klinik-patogenetik va nevrologik simptomlarning gender xususiyatlari tarkibiy jihatdan (klinik-nevrologik, neyrovaskulyar gemodinamika, biokimyoviy markerlar, vegetativ disfunksiya, hamda gormonal-metabolik omillar integratsiyasi asosida) asoslangan;
umurtqa arteriyasi sindromi bilan og‘rigan erkak va ayollarda klinik-nevrologik simptomlar, neyrovaskulyar gemodinamika, vegetativ disfunksiya va gormonal-metabolik ko‘rsatkichlarning genderga xos xususiyatlari aniqlangan;
    erkak va ayol UAS bemorlarda antioksidant himoya tizimi fermentlari – superoksiddismutaza (SOD) va glutationperoksidaza (GPx) ning genderga xos xususiyatlari baholanib, ayollarda antioksidant faollikning nisbatan yuqoriligi, erkaklarda esa lipid peroksidatsiya jarayonlarining ustunligi isbotlangan; 
    genderga moslashtirilgan kompleks reabilitatsiya algoritmi ishlab chiqilib, uning standart terapiyaga nisbatan og‘riq, funksional cheklanish, vestibulyar va avtonom buzilishlarni kamaytirish hamda antioksidant himoyani faollashtirishdagi ustun samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Umurtqa arteriyasi sindromi bilan og‘rigan bemorlarni reabilitatsion salohiyatini baholash va kompleks reabilitatsiya dasturini optimallashtirish, nevrologik buzilishlarni dinamikasini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida amaliyotga tadbiq qilish materiallari ishlab chiqilgan:
birinchi ilmiy yangilik: erkak va ayollarda umurtqa arteriyasi sindromi bilan og‘rigan bemorlarda klinik-patogenetik va nevrologik simptomlarning gender xususiyatlari tarkibiy jihatdan (klinik-nevrologik, neyrovaskulyar gemodinamika, biokimyoviy markerlar, vegetativ disfunksiya, hamda gormonal-metabolik omillar integratsiyasi asosida) asoslangan. Umurtqa arteriyasi sindromi davrdagi nevrologik buzilishlarning og‘irlik darajasini baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Umurtqa arteriyasi sindromining gender omillariga asoslangan holda raqamli texnologiyalar va innovatsion reabilitatsion chora tadbirlarini o‘z ichiga olgan texnologik intensifikatsiya dasturini yaratish usullari” nomli uslubiy tasiyanoma tasdiqlangan (Buxoro Davlat tibbiyot institutining Ekspert Kengashining 2025 yil 28 dekabrdagi №25-m/351 sonli ma`lumotnomasi). Mazkur taklif Buxoro viloyat ko‘p taromqli tibbiyot markazi va Kogon shaxar tibbiyot birlashmasi amaliyotlariga joriy etilgan (O‘zbekicton Pecpublikaci Cog‘liqni caqlash vazipligining 2026- yil 12 yanvardagi 1-conli xulocaci). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq qilishi umurtqa arteriyasi sindromidan keyingi nevrologik o‘zgarishlarni tashxislash, davolash davomiyligini qisqartirish, asoratlar sonini kamaytirish va xayot sifatini yaxshilanishga olib kelgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijasida umurtqa arteriyasi sindromisi bo‘lgan erkak va ayollarda klinik-patogenetik va nevrologik simptomlarning genderga xos farqlarini aniqlash diagnostika va individual reabilitatsiya samaradorligini oshirish orqali surunkali og‘riq va emotsional labillikni kamaytirishga, hayot sifati va ijtimoiy faollikni oshirishga va jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: umurtqa arteriyasi sindromi (UAS) bilan og‘rigan bemorlarda klinik-patogenetik va nevrologik simptomlarning gender xususiyatlarini aniqlash orqali ilmiy yangilik genderga xos biomarker farqlarini amaliyotga joriy etish imkonini berib, diagnostika va reabilitatsiya jarayonlarini individuallashtirish, ortiqcha farmakoterapiyani kamaytirish, davolanish muddatini qisqartirish va bemorning mehnat qobiliyatini tez tiklashni ta’min qilib, har bir bemor uchun byudjet hisobidan 720860 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 308940 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: umurtqa arteriyasi sindromida xavf omillarini erta aniqlash va individual reabilitatsiya choralarini qo‘llash har bir bemorga o‘rtacha 1029800 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: umurtqa arteriyasi sindromi bilan og‘rigan erkak va ayollarda klinik-nevrologik simptomlar, neyrovaskulyar gemodinamika, vegetativ disfunksiya va gormonal-metabolik ko‘rsatkichlarning genderga xos xususiyatlari aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: UAS bilan og‘rigan erkak va ayollarda vegetativ nerv tizimi holatini va neyrovegetativ reaksiyalarning xususiyatlarini aniqlash orqali diagnostika va reabilitatsiya jarayonlarini individuallashtirish, asoratlarni kamaytirish va bemorning hayotiy faolligini tez tiklash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: UAS bilan og‘rigan erkak va ayollarda vegetativ nerv tizimi holatini baholash va neyrovegetativ reaksiyalarning xususiyatlarini aniqlash orqali og‘riq va stress reaksiyalarini baholash, hamda diagnostika va reabilitatsiya dasturlarini individuallashtirish imkoni yaratildi, bu esa davolash muddatining qisqarishi va sarflanadigan mablag‘ni tejashga yordam berib, bir yilda har bir bemor uchun byudjet hisobidan o‘rtacha 1 050 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 450000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: bemorlarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda maqsadli va personallashtirilgan reabilitatsiya dasturlari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etish orqali sarflanadigan mablag‘ni tejash hisobiga bir nafar bemor uchun o‘rtacha                  1500000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: erkak va ayol UAS bemorlarda antioksidant himoya tizimi fermentlari – superoksiddismutaza (SOD) va glutationperoksidaza (GPx) ning genderga xos xususiyatlari baholanib, ayollarda antioksidant faollikning nisbatan yuqoriligi, erkaklarda esa lipid peroksidatsiya jarayonlarining ustunligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: erkak va ayollarda antioksidant fermentlar (SOD, GPx) darajalarini aniqlash va ularning umurtqa arteriyasi sindromi patogenezidagi genderga xos xususiyatlarini o‘rganish orqali oksidativ stressning gender jihatlari va uning klinik oqibatlarga ta’siri aniqlandi. Ushbu ilmiy yangilikning ijtimoiy ahamiyati shundaki, olingan ma’lumotlardan foydalanib diagnostika va reabilitatsiyani individuallashtirish, surunkali og‘riq va emotsional notinchlikni kamaytirish, bemorlarning hayotiy sifatini va ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash imkoni yaratiladi. Iqtisodiy samaradorligi: erkak va ayollarda antioksidant fermentlar (SOD, GPx) darajalarini aniqlash va ularning umurtqa arteriyasi sindromi patogenezidagi genderga xos xususiyatlarini o‘rganish natijasida neyrogormonal faollikni hisobga olgan holda reabilitatsiya dasturlarini individuallashtirish imkoni yaratildi; bu esa davolash jarayonida sarflanadigan mablag‘ni tejashga olib kelib, bir yilda har bir bemor uchun byudjet mablag‘lari hisobidan o‘rtacha 840000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 240000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: umurtqa arteriyasi sindromi bilan kasallangan bemorlarda reabilitatsiya dasturlarini to‘g‘ri tanlash natijasida asoratlar va nogironlikning oldini olish hisobiga bir nafar bemor uchun o‘rtacha 1080000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: genderga moslashtirilgan kompleks reabilitatsiya algoritmi ishlab chiqilib, uning standart terapiyaga nisbatan og‘riq, funksional cheklanish, vestibulyar va avtonom buzilishlarni kamaytirish hamda antioksidant himoyani faollashtirishdagi ustun samaradorligi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: ayollar uchun affektiv barqarorlashtiruvchi va stressni pasaytiruvchi psixobiologik usullar, erkaklar uchun esa SOD, GPx faolligini optimallashtirishga yo‘naltirilgan neyrogormonal faollikni hisobga olgan holda differensiallashtirilgan reabilitatsiya taktikasi davolanish muddatini qisqartirish va ijtimoiy-iqtisodiy yo‘qotishlarni kamaytirish orqali jamiyatda yuqori ijtimoiy samaradorlikka erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: differensiallashtirilgan reabilitatsiya taktikasining samaradorligi ishlab chiqilgan mezonlar va FXT (Faoliyat, hayot faoliyati va salomatlikning xalqaro tasnifi) domenlaridan foydalanilganda, ko‘p xarajatli va vaqt talab qiluvchi boshqa tekshiruv usullarini qo‘llash zarurati yo‘qligi hisobiga sarf-xarajatlarni kamaytirdi va reabilitatsiya samaradorligini 75–80 % gacha oshirish imkonini berdi. Natijada har bir bemor uchun davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan o‘rtacha 1029800 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan esa o‘rtacha 520000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: umurtqa arteriyasi sindromini erta tashxislash, xavfni oldindan baholash va genderga yo‘naltirilgan differensiallashtirilgan reabilitatsiya taktikasini qo‘llash natijasida har bir bemor uchun o‘rtacha 1549800 so‘m iqtisodiy samaraga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish