Raxmanov Bekzod Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): Investisiya siyosatini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish, 08.00.01 – “Iqtisodiyot nazariyasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5313.
Ilmiy rahbar: Zaxidova Shirin Shirzatovna iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.1.01.10.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Dilfuza Valievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Oblomurodov Narzullo Naimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston iqtisodiyotida investisiya siyosatini amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikada davlatning investision siyosatini o‘rta va yirik tadbirkorlik subektlari tomonidan investision loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan mablag‘lar uchun olinadigan kreditlarga ularning tovar aylanmasidan kelib chiqqan holda davlat tomonidan kafillik berish tizimini joriy qilish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
investisiyalardan kutilayotgan risklarni kamaytirish mexanizmini respublikada strategik ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarda amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish jarayonida tavakkalchilik darajasini tadbirkor, davlat va bank o‘rtasida teng taqsimlanish tizimini joriy qilish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
davlatning investision jozibadorligi va “Ochiqlik indeksi”ni oshirishga eksport xizmatlari hajmi yil davomida 10 million AQSh dollaridan oshgan raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan iqtisodiyot subektlariga imtiyozli soliq va boj stavkalarini qo‘llash orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
respublikada investisiya siyosati samaradorligini baholash usulini yirik investision loyihalarda ishtirok etayotgan tadbirkorlik subektlari salohiyatini aniqlash mezonlariga ularning haqiqatda to‘lov qobiliyatiga ega ekanligini ifodalovchi TQI≥1, TQI≤1, TQI=1 indekslarni kiritish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
respublikada davlatning investision siyosatini o‘rta va yirik tadbirkorlik subektlarining investision loyihalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan mablag‘lar uchun olinadigan kreditlariga ularning tovar aylanmasidan kelib chiqqan holda davlat tomonidan kafillik berish tizimini joriy qilish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentyabrdagi PF-176-sonli “Tadbirkorlik subektlarini yangicha yondashuvlar asosida qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2025-yil 18-noyabrdagi 04/2-11-48 son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatga jalb qilinadigan ichki va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hajmi oshishi va tarkibining takomillashishiga erishiladi;
investisiyalardan kutilayotgan risklarni kamaytirish mexanizmini respublikada strategik ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarda amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish jarayonida tavakkalchilik darajasini tadbirkor, davlat va bank o‘rtasida teng taqsimlanish tizimini joriy qilish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentyabrdagi PF-176-sonli “Tadbirkorlik subektlarini yangicha yondashuvlar asosida qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2025-yil 18-noyabrdagi 04/2-11-48 son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida strategik loyihalarni moliyalashtirishda ishtirokchilarning moliyaviy yo‘qotish xavfi pasayib, xususiy sektor va banklarning yirik investisiya loyihalarida ishtirok etish faolligi oshadi;
davlatning investision jozibadorligi va “Ochiqlik indeksi”ni oshirishga eksport xizmatlari hajmi yil davomida 10 million AQSh dollaridan oshgan raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan iqtisodiyot subektlariga imtiyozli soliq va boj stavkalarini qo‘llash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentyabrdagi PF-176-sonli “Tadbirkorlik subektlarini yangicha yondashuvlar asosida qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2025-yil 18-noyabrdagi 04/2-11-48 son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yuqori qo‘shilgan qiymatli eksportga yo‘naltirilgan tarmoqlarda investisiya muhitining jozibadorligi ortib, IT va texnologik sohalardagi yangi investision loyihalar oqimi kuchayishiga erishiladi;
respublikada investisiya siyosati samaradorligini baholash usulini yirik investision loyihalarda ishtirok etayotgan tadbirkorlik subektlari salohiyatini aniqlash mezonlariga ularning haqiqatda to‘lov qobiliyatiga ega ekanligini ifodalovchi TQI≥1, TQI≤1, TQI=1 indekslarni kiritish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasida 2019-yil “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi 537-sonli qonunning 23-moddasini 3-qismini tahrirlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2025-yil 18-noyabrdagi 04/2-11-48 son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yirik investision loyihalarda to‘lov qobiliyati past subektlarning ishtiroki oldi olinib, davlat byudjeti mablag‘larining samaradorligini oshirishga erishiladi.