Mamadieva Maftunabonu G‘ulom kizining 
falsafa  doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xomiladorlikda ko‘ngil aynishi va kayt kilish sindromini olib borishning zamonaviy jixatlari», 14.00.01 –  «Akusherlik va ginekologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Tib6194.
Ilmiy rahbar: Shokirova Sadokatxon Muxammatsolievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.04.
Rasmiy opponentlar: Kurbanov Baxodir Bobirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘ngil aynishi va kayt kilish sindromi kuzatilgan homilador ayollarni klinik-patogenetik omillarni kompleks baholash va davolash-profilaktika chora-tadbirlarining differensiallashtirilgan algoritmini ishlab chiqish asosida olib borishni optimallashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homilador ayollarda ko‘ngil aynishi va qayt qilish sindromining og‘ir kechishi tireotrop gormon miqdorining tranzitor pasayishi, erkin tiroksinning gestatsion me’yorda saqlanishi hamda Na⁺, K⁺ va Cl⁻ konsentratsiyalarining pasayishi bilan kechishi aniqlanib, endokrin adaptatsiya va suv-elektrolit muvozanati buzilishining o‘zaro bog‘liq patogenetik ahamiyati asoslangan;
homiladorlikdagi ko‘ngil aynishi va qayt qilish sindromining og‘irligini baholashda GDF-15 ning diagnostik va prognostik ahamiyati isbotlangan, kasallik jadallashuvini prognozlash uchun 4000 pg/ml dan, og‘ir giperemezisni aniqlash uchun esa 5500 pg/ml dan yuqori chegaraviy qiymatlari aniqlangan;
homiladorlikdagi ko‘ngil aynishi va qayt qilish sindromida GDF-15 miqdorining klinik og‘irlik, endokrin va elektrolit ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlanib, uning PUQE shkalasi bo‘yicha og‘irlik darajasi, tireotrop gormon va elektrolitlar konsentratsiyasi bilan korrelyasiyasi asosida klinik-endokrin-metabolik o‘zgarishlarning integrativ ahamiyati isbotlangan;
homilador ayollarda ko‘ngil aynishi va qayt qilish sindromini erta prognozlash va davolashni optimallashtirish maqsadida HG-Risk Score prognostik shkalasi va bemorlarni olib borish algoritmi takomillashtirilib, uni qo‘llash kasallikning jadallashuvini 36,7% dan 18,0% gacha, gospitalizatsiyalar chastotasini 33,3% dan 14,0% gacha, neonatal dezadaptatsiyani 23,3% dan 10,0% gacha kamaytirishi hamda natriy miqdorining me’yorlashish muddatini 6,0 sutkadan 4,2 sutkagacha qisqartirishi bilan klinik samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xomiladorlarda ko‘ngil aynishi va kayt kilish sindromini olib borish va davolash taktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: homilador ayollarda ko‘ngil aynishi va qayt qilish sindromining og‘ir kechishi tireotrop gormon miqdorining tranzitor pasayishi, erkin tiroksinning gestatsion me’yorda saqlanishi hamda Na⁺, K⁺ va Cl⁻ konsentratsiyalarining pasayishi bilan kechishi aniqlanib, endokrin adaptatsiya va suv-elektrolit muvozanati buzilishining o‘zaro bog‘liq patogenetik ahamiyati asoslanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2026 yil 27 fevraldagi 6i-27/u-son xulosasi bilan tasdiqlangan «Homiladorlikning erta toksikozi bilan og‘rigan ayollarni olib borishning zamonaviy jixatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filiali buyicha 01.04.2026 yildagi 60-sonli buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyati filiali buyicha 06.05.2026 yildagi 120-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 2 iyundagi 09/31-son xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: tireoid status va suv-elektrolit almashinuvini kompleks baholash ko‘ngil aynishi va qusish sindromining og‘irlashish xavfi mavjud bo‘lgan homilador ayollarni erta aniqlash, degidratatsiya va elektrolit buzilishlarini o‘z vaqtida korreksiya qilish, kasallikning progressiyalanishini oldini olish, og‘ir metabolik asoratlar xavfini hamda uzoq muddatli statsionar davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikning progressiyalanish xavfi mavjud bo‘lgan bemorlarni erta aniqlash asossiz yoki uzoq muddatli statsionar davolanishning oldini olish imkonini yaratadi va statsionarda bir kun ortiqcha qolishning oldini olish hisobiga 168 200 so‘m mablag‘ni tejash mumkin. Shartli ravishda olti kunlik statsionar davolanish kursi hisobga olinganda, bitta gospitalizatsiyaning oldini olish hisobiga iqtisodiy tejam 1 009 200 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: endokrin va suv-elektrolit buzilishlarini erta aniqlash patogenetik jihatdan asoslangan korreksiya choralarini o‘z vaqtida amalga oshirish, kasallikning og‘irlashish ehtimolini kamaytiradi. Natijada olti kunlik bitta gospitalizatsiyaning oldini olish hisobiga 1 009 200 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkoniyati yaratiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: homiladorlikdagi ko‘ngil aynishi va qayt qilish sindromining og‘irligini baholashda GDF-15 ning diagnostik va prognostik ahamiyati isbotlangan, kasallik jadallashuvini prognozlash uchun 4000 pg/ml dan, og‘ir giperemezisni aniqlash uchun esa 5500 pg/ml dan yuqori chegaraviy qiymatlari aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2026 yil 27 fevraldagi 6i-27/u-son xulosasi bilan tasdiqlangan «Homiladorlikning erta toksikozi bilan og‘rigan ayollarni olib borishning zamonaviy jixatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filiali buyicha 01.04.2026 yildagi 60-sonli buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyati filiali buyicha 06.05.2026 yildagi 120-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 2 iyundagi 09/31-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yuqori xavf guruhiga kiruvchi bemorlarda GDF-15 ko‘rsatkichidan foydalanish yaqqol klinik-metabolik buzilishlar shakllanishidan oldin kasallikning progressiyalanish ehtimolini aniqlash, kuchaytirilgan kuzatuv va davolash zaruratini o‘z vaqtida belgilash, og‘ir giperemezis va degidratatsiya rivojlanishining hamda tibbiy yordamga takroriy murojaatlar sonining oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: GDF-15 dan yuqori xavf guruhidagi bemorlarda qo‘shimcha prognostik marker sifatida foydalanish kasallikning og‘ir shakllarini davolash bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishga xizmat qilib, bir koyka-kunning oldini olish hisobiga potensial iqtisodiy tejam 168 200 so‘mni, shartli olti kunlik bitta gospitalizatsiyaning oldini olish hisobiga esa 1 009 200 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: GDF-15 ning belgilangan chegaraviy qiymatlaridan foydalanish kasallikning og‘ir kechish xavfini erta stratifikatsiya qilish, kuzatuv va davolash hajmini oqilona tanlash imkonini beradi hamda og‘ir giperemezis rivojlanishi va statsionar davolash bilan bog‘liq xarajatlarni potensial ravishda kamaytirishga xizmat qiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: homiladorlikdagi ko‘ngil aynishi va qayt qilish sindromida GDF-15 miqdorining klinik og‘irlik, endokrin va elektrolit ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlanib, uning PUQE shkalasi bo‘yicha og‘irlik darajasi, tireotrop gormon va elektrolitlar konsentratsiyasi bilan korrelyasiyasi asosida klinik-endokrin-metabolik o‘zgarishlarning integrativ ahamiyati isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2026 yil 27 fevraldagi 6i-27/u-son xulosasi bilan tasdiqlangan «Homiladorlikning erta toksikozi bilan og‘rigan ayollarni olib borishning zamonaviy jixatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filiali buyicha 01.04.2026 yildagi 60-sonli buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyati filiali buyicha 06.05.2026 yildagi 120-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 2 iyundagi 09/31-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: klinik, endokrin va metabolik ko‘rsatkichlarni kompleks baholash alohida simptomlarni izolyasiyalangan holda baholashdan kasallik xavfini erta kompleks stratifikatsiya qilishga o‘tish imkonini beradi. Bu kuchaytirilgan kuzatuv va davolashga muhtoj bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash, kasallikning progressiyalanishini oldini olish, degidratatsiya, elektrolit buzilishlari hamda homiladorlikning noxush oqibatlari xavfini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: kompleks modelni qo‘llash ambulator kuzatuv va statsionarga yotqizish ko‘rsatmalarini oqilona belgilash imkonini beradi. Natijada asossiz gospitalizatsiyalar, shuningdek, og‘ir klinik-metabolik buzilishlar shakllangandan keyin bemorlarning statsionarga kech murojaat qilish ehtimoli kamayadi. Bir koyka-kunning oldini olish hisobiga iqtisodiy tejam taxminan 168 200 so‘mni, bir bemorda shartli olti kunlik statsionar davolanishning oldini olish hisobiga esa 1 009 200 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: klinik, endokrin va metabolik ko‘rsatkichlarni integratsiyalash homilador ayollarning holati va kasallikning og‘irlik darajasiga muvofiq asoslangan marshrutizatsiyani ta’minlaydi, ambulator va statsionar davolashga ko‘rsatmalarni oqilona belgilash hamda akusherlik statsionari resurslaridan samarali foydalanish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: homilador ayollarda ko‘ngil aynishi va qayt qilish sindromini erta prognozlash va davolashni optimallashtirish maqsadida HG-Risk Score prognostik shkalasi va bemorlarni olib borish algoritmi takomillashtirilib, uni qo‘llash kasallikning jadallashuvini 36,7% dan 18,0% gacha, gospitalizatsiyalar chastotasini 33,3% dan 14,0% gacha, neonatal dezadaptatsiyani 23,3% dan 10,0% gacha kamaytirishi hamda natriy miqdorining me’yorlashish muddatini 6,0 sutkadan 4,2 sutkagacha qisqartirishi bilan klinik samaradorligi asoslanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2026 yil 27 fevraldagi 6i-27/u-son xulosasi bilan tasdiqlangan «Homiladorlikning erta toksikozi bilan og‘rigan ayollarni olib borishning zamonaviy jixatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filiali buyicha 01.04.2026 yildagi 60-sonli buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyati filiali buyicha 06.05.2026 yildagi 120-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 2 iyundagi 09/31-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: modifikatsiya qilingan HG-Risk Score shkalasi va differen-siallashtirilgan algoritmni qo‘llash kasallikning progressiyalanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni erta aniqlash, ambulator yoki statsionar sharoitda olib borish taktikasini o‘z vaqtida tanlash, kasallikning og‘irlashishi va gospitalizatsiyalar chastotasini kamaytirish, suv-elektrolit muvozanatini qisqa muddatlarda tiklash, shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar holatini yaxshilash va neonatal dezadaptatsiya chastotasini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan strategiya qo‘llanilganda gospitalizatsiyalar chastotasi 33,3% dan 14,0% gacha, ya’ni 19,3 foizga kamaygan. Natijalarni 100 nafar homilador ayolga nisbatan stan-dartlashtirib hisoblaganda, algoritmni qo‘llash natijasida har 100 nafar bemor hisobiga 19,3 ta gospitalizatsiyaning oldini olish imkoniyati yaratiladi. Bir koyka-kun qiymati 168 200 so‘m, statsionar davolanishning shartli davomiyligi 6 sutka deb hisoblanganda, bitta gospitalizatsiya uchun sarf 1 009 200 so‘mni tashkil etdi. Shunga ko‘ra, 100 nafar bemor hisobiga iqtisodiy tejam 19 477 560 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: modifikatsiya qilingan HG-Risk Score prognostik shkalasi va ko‘ngil aynishi va qayt kilish sindromi kuzatilgan homilador ayollarni differensiallashtirilgan tarzda olib borish algoritmini amaliyotga joriy etish gospitalizatsiyalar chastotasini 19,3 foizga kamaytirish imkonini berdi. Qabul qilingan hisob-kitob shartlariga ko‘ra, bu 50 nafar bemorga 9 738 780 so‘m, har 100 nafar bemorga esa 19 477 560 so‘m miqdorida hisobiy iqtisodiy tejamni ta’minladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish