Djalilov Gafur Ganievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ustyurt neftgazli yura yotqiziqlarining florasi va stratigrafiyasi», 04.00.05–Paleontologiya va stratigrafiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/GM47.
Ilmiy rahbar: Abdullaev G‘aybulla Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, O‘zbekiston neft`-gaz sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Rossiya davlat neft` va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.27.06.2017.GM/T.41.01.
Rasmiy opponentlar: Abduazimova Zoya Musaevna, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Stel`max Anna Grigor`evna, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Geologiya va geofizika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ustyurt neftgazli yura yotqiziqlari stratigrafik sxemasini takomillashtirish va mufassallashtirish uchun yura davri flora majmualarini batafsil aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Ustyurt mintaqasi uchun quyi-o‘rta yura yotqiziqlaridan olingan qadimgi o‘simliklarning makroskopik qoldiqlari monografik asosda ularning taksonomik tarkibi aniqlangan hamda 26 turkumdagi o‘simliklarning 104 turi aniqlangan bo‘lib, 61 turi monografik ta’riflangan;
ilk bor Ustyurt mintaqasida yura yotqiziqlarida yosh hamda stratigrafik ishonchli bog‘langan fitogorizontlar va florali qatlamlar aniqlangan;
Ustyurt mintaqasi florasining geografik differensiatsiyasi yashash joyining fizik-geografik sharoitlarining o‘zgarishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, yura paleohavzasi cho‘kindi to‘planish sharoitlarini qayta tiklash uchun uning muhim ahamiyatga ega ekani aniqlangan;
Ustyurt floristik komplekslarining Buxoro-Xiva mintaqasi, Hisor tizmalarining janubi-g‘arbiy tarmoqlari, Ukraina, Rossiya, Evropa, Kavkaz va boshqa davlatlar hududlarining teng yoshdagi majmualari bilan taqqoslangan, ushbu floristik majmualarning yoshi va stratigrafik taqsimlanishidagi korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan;
Ustyurt mintaqasidagi yura kontenental yotqiziqlari stratigrafik sxemasining zonal shkalasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ustyurt mintaqasining yura davri yotqiziqlarida tarqalgan paleofloralar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Ustyurt mintaqasining yura yotqiziqlarining yagona stratigrafik sxemasi» bo‘yicha tavsiyanoma «O‘zgeoburg‘uneftgaz» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2019 yil 7 yanvardagi 02-14/1-2-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rganilayotgan hududning yura terrigen cho‘kindilarini ishonchli tarzda stratifikatsiyalash imkonini bergan;
«Janubiy Ustyurtdagi yura yotqiziqlarining ajratish usullari va korrelyasiyasiga» tavsiyanoma «O‘zbekgeofizika» AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2019 yil 7 yanvardagi 02-14/1-2-son ma’lumotnomasi). Natijada burg‘ulash quduqlarida ochilgan kesmalarning bir xil tarzda stratifikatsiyalash, ularning qalinligi va litofatsial o‘zgaruvchanlik xususiyatlarini aniqlash, uglevodorodlar mavjud bo‘lgan gorizontlarning paydo bo‘lish va yotish sharoitlarini tahlil qilish imkonini bergan;
«Neft` va gaz kollektor jinslarini fizik va petrografik usullar bilan aniqlash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma» boshqaruv hujjati (RH 39.0-148:2015) «O‘zbekneftgaz» AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2019 yil 7 yanvardagi 02-14/1-son ma’lumotnomasi). Natijada kollektor jinslarini fizik va petrografik usullar bilan tadqiq qilish sifatini yaxshilash imkonini bergan.