Qurbonova Nasiba Sobir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilida parsellyativ gaplarning o‘zbek tilida ifodalanish usullari”, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3862.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdugafur Eshonkulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.Fil.06.02.
Rasmiy opponentlar: Ahmedov Oybek Saporboevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Normurodov Zayniddin Rajabovovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilidagi parsellyativ gaplarning o‘zbek tiliga to‘g‘ri tarjima qilish usullarini, parsellyasiyaga yondosh hodisalarni, parsellyasiya turlarini ikki tilni chog‘ishtirish asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
parsellativ konstruksiyalarning lingvopragmatik hamda ekspressiv-stilistik funksiyalari, anafora, epifora, gradatsiya, inversiya, oksimoron, taqqoslash va ritorik savol kabi stilistik vositalar bilan uyg‘un qo‘llanilishi hamda matnning emotsional-ekspressiv ta’sirini kuchaytirishdagi o‘rni, muallif kommunikativ niyatini yuzaga chiqarish, axborotning muhim qismini aktuallashtirish, mantiqiy-emotsional urg‘uni kuchaytirish, personaj ruhiy holatini ifodalash va adresatga pragmatik ta’sir ko‘rsatish funksiyalari ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida aniqlangan;
rus va ingliz tillaridan o‘zlashgan “parsellyat – ajratilgan bo‘lak”, “parsellyativ birlik – hissiy boyitish birligi”, “posilka – ma’no anglashinish qismi”, “hissiy raqamlar – ifoda birliklari” kabi parsellyativ terminlarni o‘zbek tilida qo‘llashning terminologik, semantik va funksional-pragmatik asoslari ishlab chiqilib, ularning o‘zbek tilining ichki qonuniyatlariga mosligi isbotlangan;
tarjima jarayonida ilova konstruksiyalari, segmentatsiya, parantezalar va uyushiq bo‘laklarning parsellyasiyadan farqli, ammo unga yondosh sintaktik hodisalar ekani funksional-pragmatik mezonlar asosida dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarida “simpeks”, “zevgma”, “anadiploz”, “sillepsis”, “mezartiya”, “simploka”, “parenteza” va “pleonazm” kabi parsellyativ birliklarning badiiy va publisistik matnlardagi ekspressiv-stilistik xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili tibbiy terminlarining leksikografik talqini mavzusi doirasida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
parsellativ konstruksiyalarning lingvopragmatik hamda ekspressiv-stilistik funksiyalari qiyosiy tahlil qilinib, ularning anafora, epifora, gradatsiya, inversiya, oksimoron, taqqoslash va ritorik savol kabi stilistik vositalar bilan uyg‘un qo‘llanilishi hamda matnning emotsional-ekspressiv ta’sirini kuchaytirishdagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslanganligi haqidagi ilmiy xulosalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-201709134-sonli “Filologiya yo‘nalishi bo‘yicha ingliz tili o‘rganishni baholash sifatining shakl va tamoyillari” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 19-martdagi 04/11-2135-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyiha doirasida nashr etilgan o‘quv nashrlari va monografiyalarning yangi ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan;
rus va ingliz tillaridan o‘zlashgan “parsellyat – ajratilgan bo‘lak”, “parsellyativ birlik – hissiy boyitish birligi”, “posilka – ma’no anglashinish qismi”, “hissiy raqamlar – ifoda birliklari” kabi parselliyativ terminlarni o‘zbek tilida qo‘llashning terminologik, semantik va funksional-pragmatik asoslari ishlab chiqilib, ularning o‘zbek tilining ichki qonuniyatlariga mosligi isbotlangan ilmiy xulosalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-419-sonli “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursi uchun elektron platformasini yaratish (Pre-schoolPDP)” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 23-yanvardagi 04/11-1486-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan elektron platformaning tarjima asarlaridan olingan misollar bilan boyitilishiga erishilgan;
tarjima jarayonida ilova konstruksiyalari, segmentatsiya, parantezalar va uyushiq bo‘laklarning parsellatsiyadan farqli, ammo unga yondosh sintaktik hodisalar ekani qiyosiy tahlil hamda funksional-pragmatik mezonlar asosida dalillangan xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida amalga oshirilgan “2023 KA 171 Mobility Higher Education studens (Erasmus+)” nomli grant doirasida foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2025-yil 5-fevraldagi 129/04-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nazariy qismi yangi g‘oyalar va ilmiy faktlar bilan boyitilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida “simpeks”, “zevgma”, “anadiploz”, “sillepsis”, “mezarxiya”, “simploka”, “parenteza” va “pleonazm” kabi parsellativ birliklarning badiiy va publisistik matnlardagi ekspressiv-stilistik xususiyatlari qiyosiy-stilistik va lingvopragmatik tahlil orqali ochib berilgan xulosalardan Guliston davlat universitetida tayyorlangan “Integrated course of foreign language teaching” darsligida foydalanilgan (Guliston davlat universitetining 2024-yil 27-fevraldagi 25-son buyrug‘i asosidagi 25-20-son guvohnomasi). Natijada darslikning tarjima nazariyasi, badiiy tarjima bilan bog‘liq mavzulari mazmuniy to‘ldirilgan.