Gapparova Zulfiya Xurshidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ozonga xavfli bo‘lgan freon-12 o‘rniga mahalliy xomashyo asosidagi ozonga xavfsiz freonga almashtirish», 11.00.05–Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/K27.
Ilmiy rahbar: Mutalov Shuxrat Axmadjonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.28.03.2018.K/T.04.02.
Rasmiy opponentlar: Raximov Dilshod Axmedovich, kimyo fanlari doktori, professor; Qodirov Xasan Irgashevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sovitgich texnologiyasida ozon xavfli sovituvchi agent freon-12 o‘rniga ozonga xavfsiz, ekologik jihatdan zararsiz, samarali va texnik jihatdan ishonchli uglevodorodlarni kompozisiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ozonga xavfsiz propan-butan aralashmasi R600/290 freon-12 o‘rniga sovituvchi agent sifatida qo‘llashning asoslari yaratilgan;
mahalliy xomashyo asosida olingan ozonga xavfsiz ammiakni freon-22 o‘rniga sovituvchi agent sifatida qo‘llashning asoslari yaratilgan;
ma’lum bir sovitish temperaturasigacha bug‘latish faktorlariga bog‘liq holda sovituvchi agent sifatida propan-butan aralashmasidan foydalanish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
kichik sovitgich qurilmalarini to‘ldirish vaqtida R600 va R290 aralashmalarining optimal konsentratsiyalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yangi ozonga xavfsiz sovituvchi agentlarni qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan ozonga xavfsiz sovitish propan-butan agentlari «ARBA-SAVDO» MChJning sovitish qurilmalarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 17 iyundagi 02-02/3-406-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik sovitgich qurilmalarida propan-butan aralashmasini qo‘llash imkoniyati yaratilgan;
ozonga xavfsiz sovituvchi agent ammiak Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida bir vaqtning o‘zida aholi soni ko‘p bo‘ladigan xonalarni sovitish maqsadida havoni kondisirlash tizimida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 17 iyundagi 02-02/3-406-son ma’lumotnomasi). Natijada ozonga xavfsiz ammiakni yirik havoni kondisirlash tizimlarida qo‘llash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish