Karimova Dilafro‘z Obidjonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi e’loni
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Akademik Ahmadali Asqarovning tarixchi-arxeolog sifatida shakllanishi hamda uning ilmiy, pedagogik, jamoatchilik va muzeylashtirish sohasidagi faoliyati” mavzusidagi 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi, 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Tar521.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi huzuridagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.05/2025.27.12.Tar.07.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi Bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Suleymanov Rustam Xamidovich; tarix fanlari doktori, professor Matboboev Boqijon Xoshimovich; tarix fanlari doktori, dotsent Qurbonova Dilafruz Abdurashidovna
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Akademik Ahmadali Asqarovning tarixchi – arxeolog sifatida shakllanishi hamda uning ilmiy, pedagogik, jamoatchilik va muzeylashtirish sohasidagi faoliyatini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Akademik A. Asqarov rahbarligidagi arxeologik tadqiqotlar Zarafshon vohasida Zamonbobo manzilgohining ochilishiga, 1970-yillarda esa Surxon vohasidagi tadqiqotlari bronza davri o‘troq dehqonchilik madaniyatining kashf etilishi orqali ikki xo‘jalik sohiblarining o‘zaro iqtisodiy, madaniy aloqalarini asoslab berilishiga, Markaziy Osiyo tarixida 4 ta yangi arxeologik madaniyatni (Zamonbobo, Sopolli, Kuchuktepa va Qadimgi Baqtriya) ilmiy muomalaga kiritilishiga, ulardagi arxeologik dalillar o‘zbek ilk shaharsozlik madaniyatini, paxta va ipakchilik tarixini shu vaqtgacha mavjud qarashlardan farqli ravishda qadimiylashtirilishiga asos bo‘lganligi ochib berilgan;
Olimning ilk davlatchilik, milliy kurash tarixi ildizi, Qadimgi Xorazm masalasi kabi Markaziy Osiyo tarixining dolzarb ilmiy muammolariga oid konseptual qarashlari asosida, turkiy qabilalar ilk vatani masalasi hamda arxeologiya va etnogenez masalalarining olim faoliyatidagi integratsiyasining ilmiy asoslari fanlararo aloqalar orqali shakllanganligi, Shimoliy Baqtriyada ilk shaharsozlik tashqi omillarsiz, sof mahalliy (avtoxton) asosga egaligi va bu voha qadimgi Sharq sivilizatsiyasining mustaqil, uchinchi o‘chog‘i ekanligi, bevosita A. Asqarovning fundamental xulosalari natijasida o‘zbek davlatchiligi tarixining 3000 yillik nazariy va ilmiy-arxeologik bazasi yaratilganligi ko‘rsatib berilgan;
O‘rta Osiyoda yagona Samarqand Arxeologiya institutining shakllanishidagi xizmatlari (milliy o‘zbek arxeologiyasi ilmiy maktabiga asos solganligi), davlat va jamiyat miqyosidagi muhim masalalar – “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Ozodlik monumenti” muhokamalaridagi munosib ishtiroki, Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari – bayroq va gerb (jumladan, gerbdagi qush tasviri olim tomonidan Jarqo‘ton ibodatxonasidan topilgan humo qushi ko‘rinishidagi idishning timsoli bo‘lib, uning davlat gerbida mavjudligi tasodifiy emas, balki ilk davlatchilik ildizlari bilan bog‘liqligi) arxeologik materiallar va arxiv hujjatlari asosida ochib berilgan.
A.Asqarovning pedagogik faoliyati, xususan, yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash hamda “Ahmadali Asqarov maktabi” deb nomlanishi mumkin bo‘lgan ilmiy maktab faoliyati tizimlashtirilib (8 ta fan doktori, 13 ta fan nomzodi, 12 ta falsafa doktori) ilk bor alohida ilmiy tahlil obektiga aylantirilib, ulardan 11 nafari bevosita hozirgi O‘zMPU bazasida tayyorlanib, ustoz-shogird an’analarining uzviyligini ta’minlashda o‘ziga xos metodologik tizim yaratilganligi, shuningdek, mazkur maktab doirasida bir-biridan mustaqil bo‘lgan 2 ta yirik – Farg‘ona va Janubiy O‘zbekiston arxeologiya ilmiy yo‘nalishlari shakllanganligi ilmiy jihatdan dalillangan;
A.Asqarov faoliyati davomida 9 ta muzeyning shakllanishiga: mustaqillikkacha Surxondaryo viloyatida 14-sonli maktabda maktab muzeyi, Sherobod muzeyi (1983-y), Afrosiyob yodgorligi hududida Samarqand muzey laboratoriyasi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi hamda Samarqand muzey qo‘riqxonalarining bronza davri ekspozisiyasining shakllanishida asos bo‘lganligi hamda mustaqillik davrida Termiz arxeologiya muzeyi ekspozisiyalari olim topilmalari asosida tashkil etilganligi, Nizomiy nomidagi O‘zMPUda “O‘quv arxeologiya muzeyi” ning tashkil etilishi talabalarda amaliy darslar samaradorligining oshirilishiga olib kelganligi, “Uchtepa-Buloqmozor” obekti o‘rganilib, muzeylashtirilishi hamda “Metallurg” madaniyat saroyida hududning qadimgi va o‘rta asrlar tarixiga bag‘ishlangan doimiy ko‘rgazmaning tashkil etilishi, muzeylarga o‘n mingdan ortiq eksponatlarning olim tomonidan topshirilishi O‘zbekiston arxeologik obektlar va topilmalarni saqlash, namoyish etish, muhofaza qilish, konservatsiya qilish, muzeylashtirish borasidagi nazariy va amaliy harakatlari ilmiy jihatdan asoslab berildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akademik Ahmadali Asqarovning tarixchi – arxeolog sifatida shakllanishi hamda uning ilmiy, pedagogik, jamoatchilik va muzeylashtirish sohasidagi faoliyatiga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
Arxeolog A.Asqarovning Surxon vohasini arxeologik jihatdan o‘rgangan asosiy tadqiqotchi sifatidagi o‘rni, bu vohada ilk dehqonchilik, ilk shaharsozlik va davlatchilik masalalarini arxeologik yodgorliklar asosida tahlili natijasida, Sopollitepa, Jarqo‘ton yodgorliklarida olib borilgan tadqiqot natijalari, bu yodgorlik kashfiyotlari, olim tashabbusi bilan Sherobod hududi doirasida tashkil etilgan “Sherobod muzeyi” o‘z davrida ushbu hudud uchun, o‘quvchi talaba – yoshlar hamda voha tarixiga qiziquvchilar uchun muhim ma’rifiy maskan bo‘lganligi, hozirda ushbu muzey topilmalari Termiz arxeologiya muzeyida saqlanayotganligi, A.Asqarov tomonidan topilgan noyob artefaktlar ushbu muzey bronza davri ekspozisiyasini shakllantirishda, boyitishda muhim o‘ringa ega ekanligi to‘g‘risidagi asosli ma’lumotlardan ushbu muzey bronza davri ekspozisiyasini manbalar bilan boyitishda arxeolog olimning voha tarixini o‘rganishdagi faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 22-iyuldagi 04-05/2970-sonli dalolatnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi muzey tashrifchilariga Surxon vohasining bronza davri yodgorliklari haqida mukammal, to‘laqonli ma’lumot olishga hamda muzey yo‘l ko‘rsatgichlarini boyitishga asos bo‘lgan.
A.Asqarovning olim sifatida shakllanishdagi mashaqqatli yo‘li, Samarqanddagi Arxeologiya institutini tashkil etilishi hamda arxeolog ilmiy kadrlarni etishtirishdagi faoliyati, olimning pedagogik faoliyati natijasida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti ilmiy salohiyatining ko‘tarilishi, oilaviy homiylar yordamida arxeologik ekspedisiyalarni tashkil etishdagi tashabbusi, O‘zbekiston qadimgi yodgorliklarini saqlash, targ‘ib etish va muzeylashtirish masalalari borasida A.Asqarov tomonidan olib borilgan amaliy ishlar, topilgan noyob artefaktlarning bugungi kunda muzey ekspozisiyalarida namoyish etilishi masalalariga oid materiallardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Arxeolog” hamda “El suv ichgan daryolar” ko‘rsatuvlarining arxeolog – olim akademik Ahmadali Asqarov ilmiy-ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan sonlarini ssenariysini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston tarixi telekanali 2025-yil 23-oktyabrdagi 01-33/799-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar akademik Ahmadali Asqarovning ilmiy va pedagogik faoliyati, arxeologik maktab yaratishdagi tashabbuslari hamda muzeylashtirish yo‘lidagi ishlari natijalari O‘zbekiston tarixiy-madaniy merosini ilmiy asosda o‘rganish va targ‘ib etishga xizmat qilgan.
O‘zbek arxeolog olimi, akademik A.Asqarovning O‘zbekiston arxeologiyasi rivojidagi o‘rni, olimning ilk ilmga kirib kelishi, etuk arxeolog bo‘lib shakllanishi, O‘rta Osiyoda yagona Samarqand Arxeologiya institutini shakllanishidagi xizmatlari (o‘zbek arxeologiya ilmiy milliy maktabiga asos solganligi), davlat va jamiyat miqyosidagi muhim masalalar (Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari bayroq, gerb (gerbdagi humo qushi olimning Jarqo‘ton ibodatxonasidan topilgan xumo qushi ko‘rinishidagi idishning timsoli bo‘lib, uning davlat gerbida mavjudligi tasodifiy emas, balki ilk davlatchilik ildizlari bilan bog‘liqligi), ilk “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”, “Ozodlik monumenti”) muhokamalaridagi munosib ishtiroki bilan bog‘liq materiallardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “El suv ichgan daryolar” ko‘rsatuvining davlat va fan arbobi akademik Ahmadali Asqarovga bag‘ishlangan sonlarining ssenariysini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston tarixi telekanali 2025-yil 23-oktyabrdagi 01-33/799-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalari olimning davlat va jamiyatdagi dolzarb masalalarni yuzasidan qarashlari, asosli takliflari mustaqillikning dastlabki yillarida siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalar rivojini yoritishga xizmat qilgan.
Olimning 1970-yillardan boshlab Surxon vohasidagi tadqiqotlari bronza davri o‘troq dehqonchilik madaniyatining kashf etilishi orqali ikki xo‘jalik sohiblarining o‘zaro iqtisodiy, madaniy aloqalari asoslab berilganligini hamda Markaziy Osiyo tarixida 4 ta yangi arxeologik madaniyatni (Zamonbobo, Sopolli, Kuchuktepa va Qadimgi Baqtriya) fanga ilk bor taqdim etilganligi, ulardagi arxeologik dalillar Markaziy Osiyoda ilk shaharsozlik va davlatchilikning shakllanishi masalasidagi ilmiy-asosli tavsifi (“Sopollitepa” va “Jarqo‘ton” yodgorliklari misolida) yaratilganligi hamda etnogenez, paxta va ipakchilik tarixini mavjud qarashlardan farqli ravishda qadimiylashtirganligi muhim ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Termiz arxeologiya muzeyi ekspozisiyasini asosli ma’lumotlar bilan boyitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 22-iyuldagi 04-05/2970-sonli dalolatnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi muzey tashrifchilariga ushbu madaniyatlarning o‘lkamiz tarixi rivojidagi o‘rni haqida ekskursiyalar tashkil etishga xizmat qilgan.
A.Asqarovning qadimgi davr tarixiga oid konseptual qarashlari xususan, Markaziy Osiyo tarixini yangicha davrlashtirish masalasi, ilk davlatchilik, milliy kurash tarixi ildizi, Qadimgi Xorazm masalasiga oid qarashlar, turkiy qabilalar ilk vatani masalasi hamda arxeologiya va etnogenez masalalarining olim faoliyatidagi integratsiyasining ilmiy asoslari, metodologik yutuqlari va fanlararo aloqalar orqali shakllanganligi, olimning ustoz-shogird an’anasi, yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq materiallardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Arxeolog” ko‘rsatuvining ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston tarixi telekanali 2025-yil 23-oktyabrdagi 01-33/799-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar Ahmadali Asqarovning qadimgi davr tarixining dolzarb masalalariga qarashlari natijalari O‘zbekiston tarixini ilmiy asosda o‘rganish va targ‘ib etishga xizmat qilgan.