Raxmatullaeva Nargiza Baxtiyor qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O’quvchilarda tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari ustida ishlashning ilmiy-metodik asoslari (boshlang‘ich sinf ona tili darslari misolida),” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7521.
Ilmiy rahbar: Ernazarova Manzura Saparboevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2026.10.04.Ped.43.02.
Rasmiy opponentlar: Ahmadov Olimjon Shodmonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Hamroev G'ofir Hasanovich filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf ona tili mashg‘ulotlari orqali tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy hamda tinglab tushunish kompetensiyalarini shakllantirishning mavjud holati o‘quv jarayonidagi didaktik, psixolingvistik va kommunikativ omillar asosida nutqni idrok etish, ma’noni qayta ishlash va kommunikativ faoliyatda qo‘llash bosqichlarini qamrab oluvchi innovatsion muhitni tashkil etish orqali aniqlashtirilgan; 
boshlang‘ich sinf ona tili  darsliklaridagi tinglab tushunish topshiriqlarining o‘quv dasturi talablariga mosligi taksonomik va kompetensiyaviy tahlil asosida ularning tinglangan axborotni qabul qilish, mazmunini anglash, tahlil qilish, baholash va kommunikativ vaziyatlarda qo‘llash bosqichlarini qamrab olish darajasi qiyosiy o‘rganilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tinglab tushunish va nutqiy kompetensiyalarini baholashning integrativ mezonlari tinglangan axborotni qabul qilish, mazmunini anglash, tahlil qilish, talqin etish va nutqiy faoliyatda qo‘llash darajalarini aniqlovchi diagnostik indikatorlarni tavsiya etish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “tinglash – anglash – talqin qilish – muloqotda qo‘llash” siklik mexanizmiga asoslangan nutqiy faolligi, funksional savodxonligi va kommunikativ kompetentligini oshirishga ta’siri ta’minlovchi ta’lim modeli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy hamda tinglab tushunish kompetensiyalarini shakllantirishning mavjud holati o‘quv jarayonidagi didaktik, psixolingvistik va kommunikativ omillar asosida nutqni idrok etish, ma’noni qayta ishlash va kommunikativ faoliyatda qo‘llash bosqichlarini qamrab oluvchi innovatsion muhitni tashkil etish orqali aniqlashtirishga oid taklif va xulosalaridan 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-FZ-201908172-raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 30-sentyabrdagi № 01/4-4621-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaning nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishda tinglab tushunishga o‘rgatish bo‘yicha metodik ta’minot takomillashgan;
boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darsliklaridagi tinglab tushunish topshiriqlarining o‘quv dasturi talablariga mosligi taksonomik va kompetensiyaviy tahlil asosida ularning tinglangan axborotni qabul qilish, mazmunini anglash, tahlil qilish, baholash va kommunikativ vaziyatlarda qo‘llash bosqichlarini qamrab olish darajasi qiyosiy o‘rganilgan takliflardan 2021-2023-yillarda bajarilgan PZ-202004165-raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompitensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 30-iyuldagi № 01/4-3354-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning tinglangan axborotni qabul qilish, anglash, tahlil qilish, baholash va kommunikativ vaziyatlarda qo‘llash ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich rivojlantirishga xizmat qiluvchi interaktiv topshiriqlar bazasini shakllantirish imkoniyati kengaygan.
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tinglab tushunish va nutqiy kompetensiyalarini baholashning integrativ mezonlari tinglangan axborotni qabul qilish, mazmunini anglash, tahlil qilish, talqin etish va nutqiy faoliyatda qo‘llash darajalarini aniqlovchi diagnostik indikatorlarni tavsiya etish asosida takomillashtirilgan taklif va xulosalaridan boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida tinglab tushunish va nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv topshiriqlari hamda ularni baholash bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2026-yil 4-martdagi 01/11-02/6-146-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglab tushunishga o‘rgatish orqali nutqiy kompetensiyani rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari qismi ishlab chiqilgan.
boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “tinglash – anglash – talqin qilish – muloqotda qo‘llash” siklik mexanizmiga asoslangan nutqiy faolligi, funksional savodxonligi va kommunikativ kompetentligini oshirishga ta’siri ta’minlovchi ta’lim modeli takomillashtirilgan xulosalardan ko‘rsatuvlar sifatini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasining 2026-yil 19-yanvardagi 05-09-74-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’limiy korpus tarkibiga kiritilgan audiomatnlar va nutqiy materiallarni tinglab tushunish darajalari bo‘yicha saralash, ularni o‘quvchilarning yosh va kognitiv xususiyatlariga moslashtirish hamda tinglangan axborotni anglash, talqin qilish va muloqot jarayonida qo‘llashga yo‘naltirilgan kompetensiyaviy topshiriqlar tizimini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan; bu esa ta’limiy korpusning didaktik salohiyatini oshirish, o‘quvchilarning nutqiy faolligi va funksional savodxonligini rivojlantirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish