Safarova Zarina G‘iyosovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida inkluziv ta’lim kompetentligini shakllantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5161.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Gavhar Saparovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2026.10.04.Ped.43.02.
Rasmiy opponentlar: Dilova Nargiza Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Arslanova Madinaxon Mansurovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi  tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarda inklyuziv ta’lim kompetentligini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan (kommunikativ, TPR, audiolingval) foydalanishning didaktik-korreksion imkoniyatlarini aniqlash va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida inklyuziv ta’lim kompetentligini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari qulay harakatlanish, o‘zini namoyon qilish va ijodiy erkinlikni ta’minlovchi ijtimoiy omillarni individual qobiliyatlarni hisobga olish, ilgarilovchi rivojlanish, moslashuvchanlik va kommunikativlik tamoyillari bilan uyg‘unlashtirish hamda ularni talabalarning individual akademik traektoriyasiga davriy monitoring asosida integratsiyalash orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida inklyuziv ta’lim kompetentligini shakllantirish texnologiyasi innovatsion ta’limning motivatsion, diagnostik, kognitiv, tahliliy va kreativ komponentlarini ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga ingliz tilining tinglab tushunish, o‘qish, gapirish va yozish ko‘nikmalarini o‘rgatishga doir kasbiy-metodik faoliyat turlari bilan integratsiyalash, ularni talabalarning diversifikatsiyalangan mustaqil faoliyatida konsentrik takrorlash va bosqichma-bosqich murakkablashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining inklyuziv ta’lim kompetentligini rivojlantirish metodikasi kommunikativ yondashuv, TPR (Total Physical Response) va audiolingval metodlarning alohida ta’lim ehtiyojlariga mos didaktik imkoniyatlarini tanqidiy tahlil qilish, tanlash va adaptatsiyalash hamda talabalarning individual ehtiyojlari va kasbiy tayyorgarlik dinamikasiga mos adaptiv ta’lim muhitini uzlyuksiz tashkil etish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini inklyuziv pedagogik faoliyatga tayyorlashning metodik ta’minoti kommunikativ, TPR va audiolingval metodlarni alohida ta’lim ehtiyojlariga moslashtirib qo‘llash, tezkor relaksatsiya, mobil gigiena va variativ metodika elementlarini kasbiy-pedagogik vaziyatlarga integratsiyalash hamda nazariy-metodik tayyorgarlikni mustaqil ta’lim va “4+2” faol pedagogik amaliyot bilan uzviy bog‘lash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarda inklyuziv ta’lim kompetentligini innovatsion texnologiyalardan foydalanishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida: 
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida inklyuziv ta’lim kompetentligini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari qulay harakatlanish, o‘zini namoyon qilish va ijodiy erkinlikni ta’minlovchi ijtimoiy omillarni individual qobiliyatlarni hisobga olish, ilgarilovchi rivojlanish, moslashuvchanlik va kommunikativlik tamoyillari bilan uyg‘unlashtirish hamda ularni talabalarning individual akademik traektoriyasiga davriy monitoring asosida integratsiyalash orqali aniqlashtirilgan tavsiyalardan  O‘zbekiston teleradiokanalida efirga uzatilgan  “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi 2023 yil 15 iyundagi 04-36-1461-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarda  innovatsion texnologiyalarning ommabop kontekstda foydalanishni keng jamoatchilikka targ‘ib etishga erishilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida inklyuziv ta’lim kompetentligini shakllantirish texnologiyasi innovatsion ta’limning motivatsion, diagnostik, kognitiv, tahliliy va kreativ komponentlarini ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga ingliz tilining tinglab tushunish, o‘qish, gapirish va yozish ko‘nikmalarini o‘rgatishga doir kasbiy-metodik faoliyat turlari bilan integratsiyalash, ularni talabalarning diversifikatsiyalangan mustaqil faoliyatida konsentrik takrorlash va bosqichma-bosqich murakkablashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Evropa ittifokining ERASMUS+ dasturi doirasida Latviyaning Rezekna texnologiyalar Akademiyasi, Angliyaning London Metropoliten universiteti bilan hamkorlikda bajarilgan “561624-EPP-1-1-UK—EPPKA2-CBHE-SP IMEP” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 8-iyundagi IRD/23 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarda kasbiy faoliyati, inklyuziv ta’lim kompetenligini shakllantirishda bilim, ko‘nikma va malakalarning  pedagogik imkoniyatilari aniqlash imkoni kengaytirilgan; 
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining inklyuziv ta’lim kompetentligini rivojlantirish metodikasi kommunikativ yondashuv, TPR (Total Physical Response) va audiolingval metodlarning alohida ta’lim ehtiyojlariga mos didaktik imkoniyatlarini tanqidiy tahlil qilish, tanlash va adaptatsiyalash hamda talabalarning individual ehtiyojlari va kasbiy tayyorgarlik dinamikasiga mos adaptiv ta’lim muhitini uzlyuksiz tashkil etish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Chirchiq davlat pedagogika universitetida bajarilgan “Xorijiy til” nomli darslik mazmunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Chirchiq davlat davlat pedagogika universitetining 2023-yil 25-apreldagi 02-07-1201/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, inklyuziv ta’lim sharoitida imkoniyati bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarda inklyuziv ta’lim kompetentligi innovatsion texnologiyalar  vositasida rivojlantirish mezonlarini shaklantirishga erishilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini inklyuziv pedagogik faoliyatga tayyorlashning metodik ta’minoti kommunikativ, TPR va audiolingval metodlarni alohida ta’lim ehtiyojlariga moslashtirib qo‘llash, tezkor relaksatsiya, mobil gigiena va variativ metodika elementlarini kasbiy-pedagogik vaziyatlarga integratsiyalash hamda nazariy-metodik tayyorgarlikni mustaqil ta’lim va “4+2” faol pedagogik amaliyot bilan uzviy bog‘lash asosida takomillashtirilga oid takliflari “Xorijiy til” nomli darslik mazmunida belgilangan vazifalarni amalda bajarishga foydalanilgan (Jizzax shahar “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan makatab-internatining 2023-yil 15-maydagi 02-07-1201/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning ingliz tili bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishning intensivligi ta'minlangan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish