Oppoqxonov Azizxon Akmalxon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Transport huquqining shakllanishi va rivojlanishi: qiyosiy-huquqiy tahlil”, “12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2PhD/Yu2342.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Djaxongir Xayitovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, PhD.10/2026.08.05.Yu.01.10.
Rasmiy opponentlar: Amirov Zafar Aktamovich, yuridik fanlar doktori, professor, Axmedova Muqaddasxon Tursunovna, yuridik fanlar doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi – transport huquqining O‘zbekiston milliy huquq tizimidagi o‘rni va shakllanish xususiyatlarini chuqur tadqiq etish orqali transport infratuzilmasi hamda munosabatlarini huquqiy tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan xulosalar, taklif hamda tavsiyalarni ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
transport infratuzilmasini istiqbolli va muvozanatli rivojlantirish hamda investisiyalar samaradorligini oshirish maqsadida, ob’ektlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va qayta rejalashtirish ishlarini faqat transport xizmatlariga bo‘lgan joriy va prognoz (kelgusi) talabni o‘rganish asosida shakllantirilgan uzoq muddatli bosh rejalarga muvofiq amalga oshirish tartibini qonunchilikda belgilash zarurati asoslangan;
transport infratuzilmasini rejalashtirishda harakat ishtirokchilarini huquqiy himoyaga muhtojlik darajasiga ko‘ra tabaqalaydigan tasnif (piyodalar, velosiped va individual vositalar, jamoat transporti, boshqa vositalar) ishlab chiqilgan hamda uning negizida “harakatning zaif ishtirokchilari ustuvorligi” yangi huquqiy prinsipini mustahkamlash zarurati ilmiy asoslangan;
transport infratuzilmasini rejalashtirishda ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida, obektlarni loyihalash bosqichida ularning atrof-muhitga va transport tarmog‘iga tushadigan yuklamasini baholash hamda uni kompensatsiya qiluvchi (minimallashtiruvchi) infratuzilmaviy echimlarni majburiy tatbiq etish tartibini qonunchilikda belgilash zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilmiy tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
transport infratuzilmasini istiqbolli va muvozanatli rivojlantirish hamda investisiyalar samaradorligini oshirish maqsadida, ob’ektlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va qayta rejalashtirish ishlarini faqat transport xizmatlariga bo‘lgan joriy va prognoz talabni o‘rganish asosida shakllantirilgan uzoq muddatli bosh rejalarga muvofiq amalga oshirish tartibini qonunchilikda belgilashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1118-son Qonuni 4-moddasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2026-yil 13-iyuldagi №3/dn-126-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qonunchilikka tatbiq etilishi sohaga yo‘naltirilayotgan sarmoyalar samaradorligini oshirish hamda infratuzilma ob’ektlarini puxta tahlil va real talab asosida uzoq muddatli rejalashtirish tizimini huquqiy jihatdan mustahkamlashga xizmat qilgan;
transport infratuzilmasini rejalashtirishda inson manfaatlarini ustuvor qo‘yish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, harakat ishtirokchilarini huquqiy himoyaga muhtojlik darajasiga ko‘ra tabaqalaydigan tasnifni (piyodalar, velosiped va individual vositalar, jamoat transporti, boshqa vositalar) amaliyotga kiritish hamda uning negizida “harakatning zaif ishtirokchilari ustuvorligi” yangi huquqiy tamoyilini mustahkamlashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1118-son Qonuni 4-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2026-yil 13-iyuldagi №3/dn-126-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi shahar ko‘chalarini loyihalashda avtomobilga yo‘naltirilgan yondashuvdan voz kechishga hamda piyodalar va mikromobillik vositalari foydalanuvchilari xavfsizligini to‘laqonli kafolatlovchi inklyuziv transport muhitini yaratishga xizmat qilgan;
shahar transport muhiti barqarorligini ta’minlash maqsadida, yirik obektlarni qurishni rejalashtirishda ularning transport tarmog‘i va atrof-muhitga tushadigan istiqbolli yuklamalarini baholash hamda ushbu yuklamani minimallashtirishga xizmat qiluvchi infratuzilmaviy echimlarni loyihaga majburiy kiritish tartibini joriy etishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1118-son Qonuni 4-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2026-yil 13-iyuldagi №3/dn-126-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi transport sohasida davlat boshqaruvini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi va shaharlarni “avtomobillarga moslashgan shahar”dan “insonlar uchun qulay shahar”ga aylantirishning bevosita huquqiy mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi.