Yumatov Bogdan Olegovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi monitoringning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.12 – “Korrupsiya muammolari (yuridik fanlar)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Yu1263.
Ilmiy rahbar: yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor Kolenko Evgeniy Vyacheslavovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.24/2026.31.01.Yu.01.02.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori (DSc), professor vazifasini bajaruvchi Fazilov Farxod Maratovich; yuridik fanlar doktori, professor Ismailov Baxodir Islamovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi monitoringning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-nazariy xulosalar, shuningdek, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korrupsiyaga qarshi ma’rifat, ta’lim va o‘qitish sifati hamda natijadorligi monitoringini korrupsiyaga qarshi monitoringning mustaqil yo‘nalishi sifatida normativ va uslubiy jihatdan mustahkamlash zarurati, shuningdek, mazkur monitoring doirasida tegishli chora-tadbirlarning mazmuni, tashkil etilishi va natijalarini asosiy ko‘rsatkichlar, mezonlar hamda tartib-taomillar asosida baholash, jumladan, ta’lim resurslarining uzluksiz ishlashi, kontentning dolzarbligi va to‘liqligi, dasturlarni o‘zlashtirish natijadorligi, o‘qitish muddatlariga rioya etilishi, ta’lim oluvchilarning fikr-mulohazalarini hisobga olish hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni keyinchalik takomillashtirishni ta’minlash yondashuvi ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlatlararo hamkorlikni muvofiqlashtirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmi hisoblangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlatlararo kengashga qo‘shilishi orqali xalqaro korrupsiyaga qarshi hamkorlikni mustahkamlashning maqsadga muvofiqligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini tegishli xalqaro shartnomani amalga oshirish va mazkur xalqaro format doirasida mamlakat nomidan vakillik qilish uchun mas’ul vakolatli milliy organ etib belgilash zarurati ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting bo‘yicha baholash tizimini uning indikatorlarini mazmunan qayta ko‘rib chiqish va kengaytirish, shuningdek, sifat mezonlarini kiritish orqali takomillashtirish zarurati, bunda asosan rasmiy-miqdoriy yondashuvdan korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining amaldagi natijadorligini aks ettiruvchi mazmuniy-sifat xususiyatlariga yo‘naltirilgan kompleks baholashga o‘tishni ta’minlash yondashuvi ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
axborot oqimlarini integratsiyalash, monitoring ma’lumotlarining shaffofligi va ishonchliligini oshirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatli sub’ektlar va ishtirokchilar faoliyatini muvofiqlashtirishni kuchaytirish maqsadida korrupsiyaning oldini olishning yaxlit tizimi doirasida korrupsiyaga qarshi monitoringni markazlashgan holda amalga oshirish hamda qiyoslanadigan ma’lumotlarni shakllantirishni ta’minlaydigan yagona elektron platformani yaratish zarurati ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
korrupsiyaning holatini majburiy o‘lchash va diagnostika qilish, uning ko‘lami, namoyon bo‘lish darajasi va sohalarini, tarqalish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash, shuningdek, amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarning samaradorligi va ta’sirchanligini tizimli baholash asosida davlatning korrupsiyaga qarshi siyosatini shakllantirish va amalga oshirish zarurati, shu bilan birga davlatning samarali korrupsiyaga qarshi siyosatini rejalashtirish, ishlab chiqish, tashkil etish, amalga oshirish va muvofiqlashtirishning zaruriy sharti hamda ajralmas qismi bo‘lgan kompleks vosita, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yangi ilmiy bilimlarni shakllantirish manbai sifatidagi korrupsiyaga qarshi monitoringning mualliflik ta’rifini ishlab chiqish yondashuvi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiya tadqiqoti davomida shakllantirilgan ilmiy qoidalar, xulosalar, taklif va tavsiyalar quyidagilarda o‘z aksini topgan va amaliyotga tatbiq etilgan:
korrupsiyaga qarshi ma’rifat, ta’lim va o‘qitish sifati hamda natijadorligi monitoringini korrupsiyaga qarshi monitoringning mustaqil yo‘nalishi sifatida normativ va uslubiy jihatdan mustahkamlashga, jumladan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida o‘quv jarayonini tashkil etish sifatini monitoring qilish tartibi, uning asosiy ko‘rsatkichlari, mezonlari hamda baholash tartib-taomillari tizimini belgilashga qaratilgan takliflardan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2025 yil 14 fevraldagi 1-sonli dalolatnomasi). Mazkur takliflar Nizomning o‘quv jarayonini tashkil etish sifatini monitoring qilish mexanizmini belgilaydigan 21 va 22-bandlarida o‘z aksini topgan bo‘lib, korrupsiyaga qarshi ta’lim dasturlarining sifati va natijadorligini oshirishga hamda umuman elektron platformadagi faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan;
O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlatlararo kengashga davlatlararo hamkorlikni muvofiqlashtirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmi sifatida qo‘shilishining maqsadga muvofiqligini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini tegishli xalqaro shartnomani amalga oshirish va mazkur xalqaro format doirasida mamlakat nomidan vakillik qilish uchun mas’ul vakolatli milliy organ etib belgilash zaruratini ilmiy asoslashga qaratilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 iyuldagi “Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi PQ-240-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2025 yil 6 oktyabrdagi 11-sonli dalolatnomasi). Mazkur takliflar O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlatlararo kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi Bitimga qo‘shilishi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilashda o‘z aksini topgan. Bu sohadagi hamkorlikni rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida axborot va ilg‘or tajriba almashinuvini kengaytirish, shuningdek, milliy korrupsiyaga qarshi siyosatning natijadorligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan;
korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting bo‘yicha baholash tizimi indikatorlarini mazmunan qayta ko‘rib chiqish va kengaytirish, shuningdek, sifat mezonlarini kiritish orqali takomillashtirishga qaratilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-270-son Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2026 yil 20 yanvardagi 1-sonli dalolatnomasi). Mazkur takliflar tegishli indikatorlarga tuzatishlar kiritish va ularni mazmunan kengaytirishda o‘z aksini topgan bo‘lib, bu korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining amaldagi natijadorligini baholashda asosan rasmiy-miqdoriy yondashuvdan mazmuniy-sifat xususiyatlariga yo‘naltirilgan kompleks baholashga bosqichma-bosqich o‘tishga qaratilgan;
korrupsiyaning oldini olishning yaxlit tizimi doirasida korrupsiyaga qarshi monitoringni markazlashgan holda amalga oshirish hamda qiyoslanadigan ma’lumotlarni shakllantirishni ta’minlaydigan yagona elektron platformani ishga tushirish zaruratini asoslashga qaratilgan taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-270-son Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2026 yil 20 yanvardagi 1-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif axborot oqimlarini markazlashtirish va integratsiyalash, monitoring ma’lumotlarining shaffofligi, ishonchliligi va qiyoslanishini oshirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatli sub’ektlar va ishtirokchilar faoliyatini muvofiqlashtirishni kuchaytirishga qaratilgan;
korrupsiyaning holatini majburiy o‘lchash va diagnostika qilish, uning ko‘lami, darajasi, namoyon bo‘lish sohalari, tarqalishining sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash, shuningdek, amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi choralarning samaradorligi va ta’sirchanligini tizimli baholash asosida davlatning korrupsiyaga qarshi siyosatini shakllantirish hamda amalga oshirish zaruratini asoslovchi takliflar, shuningdek, korrupsiyaga qarshi monitoringni davlatning samarali korrupsiyaga qarshi siyosatini rejalashtirish, ishlab chiqish, tashkil etish, amalga oshirish va muvofiqlashtirishning zaruriy sharti hamda ajralmas qismi bo‘lgan kompleks vosita sifatida ta’riflashga oid mualliflik yondashuvlari O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining o‘quv jarayoniga joriy etilgan, xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish” nomli darslikni tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2026 yil 16 apreldagi 30/5-79904/26-sonli dalolatnomasi). Bu o‘quv materiallarini takomillashtirishga, ularni ta’lim jarayoniga joriy etishga hamda yurisprudensiya, korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens-nazorat yo‘nalishlarida foydalanishga, shuningdek, ta’lim oluvchilarning korrupsiyaga qarshi monitoring sohasidagi nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.