Abdalimova Darya Odilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi misolida raqamlashtirishning nazariy-huquqiy asoslarini shakllantirish va rivojlantirish” mavzusidagi 12.00.01 - «Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi» (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu1013
Ilmiy rahbar: Toshkulov Juraboy Urinboevich, yuridik fanlar doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.14/2025.27.12. Yu.01.01 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Ismailov Baxodir Islamovich, yu.f.d., professor Isxakova Laviza Fuatovna, y.f.n, dotsent
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi Akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Raqamli texnologiyalar vazirligi misolida O‘zbekistonda raqamlashtirishning nazariy va huquqiy asoslarining shakllanishi va rivojlanishini tahlil qilish orqali raqamli transformatsiya jarayonlarini uyg‘unlashtirishga yordam beradigan amaldagi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlarining «Qo‘llanish sohasi» bo‘limini norma ijodkorligi va qonun ijodkorligi faoliyati bilan to‘ldirish taklif etildi hamda ushbu hujjatlardan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiquvchi yuristlar tomonidan foydalanish doirasini kengaytirish asoslab berildi.
Davlat tilida terminologik birlikni shakllantirish zamonaviy dunyoda o‘zbek tilini saqlab qolish va rivojlantirishning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ishlab chiqilayotgan izohli lug‘atlar etarli darajada tarqatilmayapti va amaliyotda keng qo‘llanilmayapti, holbuki raqamlashtirish jarayonlari tarmoqlar va sohalar bo‘yicha chegaraga ega emas. Shu munosabat bilan lug‘atlarga yanada yuqori huquqiy maqom berish, hujjatning onlayn versiyasiga kirishni tashkil etish hamda lug‘atlarni vakolatli organlar tomonidan tasdiqlash taklif etiladi.
Texnologiyalar rivoji hamda raqamlashtirishni davlat-huquqiy tartibga solishning eng maqbul modelini tanlash zarurati bilan bog‘liq holda Raqamli texnologiyalar vazirligi tuzilmasini takomillashtirish g‘oyasi asoslab berildi. Shu munosabat bilan normativ-huquqiy ijodkorlik va huquqni qo‘llash jarayonlarining o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash, shuningdek, milliy normalarni xalqaro standartlar va majburiyatlar bilan uyg‘unlashtirish muhim yo‘nalish sifatida belgilandi.
Davlatning axborot funksiyasiga jamiyat miqyosidagi asosiy funksiyalardan biri sifatida ta’rif berilib, u axborot sohasini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat yo‘nalishi ekanligi asoslab berildi. Mazkur soha davlat hokimiyatining barcha tarmoqlarida axborotni yaratish, saqlash, qayta ishlash va uzatish bilan bog‘liq munosabatlar majmuini qamrab oladi.
«Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini amalga oshirish sharoitida axborotlashtirish, raqamlashtirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish kontekstida joriy qonunchilikning aniq bir tahlili o‘tkazildi;
Davlatning aholi bilan o‘zaro hamkorligida raqamli jarayonlarni boshqarishdagi aniq o‘zgarishlar ochib berildi hamda davlatni raqamlashtirish darajasini oshirish maqsadida maxsus vakolatli organning huquqiy va tashkiliy tuzilmasidagi o‘zgarishlar o‘rganildi.
Jamiyat va davlatni tizimli informatlashtirish bo‘yicha aniqlangan xalqaro tajriba asosida idoralararo hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligi taklif etildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya tadqiqotlari natijalari bo‘yicha xulosalar, takliflar va tavsiyalar quyidagilarda qo‘llanilgan:
O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlarida terminlar va ta’riflar bo‘limi «Qo‘llash sohalari» qismiga «normativ va qonun chiqarish faoliyati» iborasi kiritilgan bo‘lib, bu hujjatlardan yuristlar hamda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiquvchi mutaxassislar tomonidan kengroq foydalanishni ta’minlagan; shuningdek, soha izohli lug‘atlarini ishlab chiqishda, ularni moliyalashtirish, tayyorlash, tasdiqlash va tarqatishda qo‘llanilgan (Ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi tomonidan joriy etish akti № 8-2/1479, 14.07.2025; O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lumotnomasi № 34-8/5149, 22.07.2025).
2021–2022 yillarda sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganish va joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 14-bandida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4996-sonli qaroriga ilova 1-ilova) dissertantning davlat tilida sun’iy intellekt bo‘yicha izohli lug‘at ishlab chiqish zarurligi haqidagi taklifi aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huquqiy ta’minlash bo‘yicha Axborot-tahliliy Departamenti joriy etish akti № 38, 11.07.2025).
O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 27-dekabrdagi «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi O‘RQ-1015-sonli qonunida Vazirlar Mahkamasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Informatizatsiya va telekommunikatsiyalar sohasidagi nazorat inspeksiyasi hamda yaqinda tashkil etilgan telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi vakolatlari aniq ajratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti joriy etish akti № 9/dn-221, 05.11.2025).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2023-yil 24-maydagi PF-76-son farmoni
1-ilovasining k) kichik bandida Raqamli texnologiyalar vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha “sohalar, tarmoqlar va hududlarning raqamlashtirish ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, raqamlashtirish o‘sish nuqtalarini aniqlash va amalga oshiriladigan loyihalarni shakllantirish” belgilangan bo‘lib, bu dissertant tavsiyalaridan birini — maxsus vakolatli organning rolini mustahkamlashni o‘z ichiga olgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huquqiy ta’minlash bo‘yicha Axborot-tahliliy Departamenti joriy etish akti № 38, 11.07.2025).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-162-son qarorining
10-bandida quyidagi matn berilgan: «Belgilansinki, aholini sifatli raqamli infratuzilma bilan ta’minlash maqsadida barcha aholi yashash maskanlari 2024-yil yakuniga qadar keng polosali mobil aloqa va keng polosali ma’lumotlar uzatish tarmoqlari bilan to‘liq qamrab olinadi.» (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huquqiy ta’minlash bo‘yicha Axborot-tahliliy Departamenti joriy etish akti № 38, 11.07.2025).
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 373-sonli qarori (Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi joriy etish akti № 1-36/2939, 18.07.2025; O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lumotnomasi № 34-8/5149, 22.07.2025).
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentyabrdagi «Idoralararo elektron hamkorlik tizimi va ma’lumotlarning axborot almashinuvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi 516-sonli qarorining ishlab chiqilishning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi «2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PQ–357-son qarorining ijrosini ta’minlash bo ’lgan. (Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi joriy etish akti № 1-36/2939, 18.07.2025; O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lumotnomasi № 34-8/5149, 22.07.2025).