Baxiev Xudiyar Aminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i: “Qoraqalpog‘iston respublikasi sharoitida suv ta’minoti tizimining hozirgi holatini baholash”, 11.00.05-Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5791
Ilmiy rahbar: Reymov Karjaubay Dauletbaevich, texnika fanlari doktori (PhD), dotsent. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD05/2025.27.12.T.14.01
Rasmiy opponentlar: Myagkov Sergey Vladimirovich texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim., Atanazarov Kuralbay Maulenovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida suv ta’minoti tizimining hozirgi holatini kompleks baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagicha:
birinchi marta Taxiatosh GESi hududida gidroekologik rejimning antropogen transformatsiyasi kompleks tadqiq etilib, uning asosiy qonuniyatlari va ekologik oqibatlari baholangan;
past bosimli suv omborlari gidrouzellarining atrof-muhitga ta’sir etuvchi asosiy omillari tizimlashtirilib, ularning ekologik ta’siri kompleks baholangan;
gidroenergetika inshootlarini qurish va ekspluatatsiya qilishning atrof-muhitga ta’sirining asosiy parametrlari aniqlanib, suv resurslari tanqisligi sharoitida ularning suv resurslarining miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri baholangan;
suv havzasida xo‘jalik faoliyatini ekologik jihatdan me’yorlashtirish hamda Orolbo‘yi mintaqasida suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida suv ta’minoti tizimining hozirgi holatini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Gidroenergetika inshootlarining atrof-muhitga ta’sir darajasini kamaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining amaliy faoliyatiga Orolbo‘yi ekotizimlarining muhim tarkibiy qismlari holatini ekologik monitoring qilish va prognozlash dasturlarini ishlab chiqishda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 9-sentyabrdagi 01/12-2-3177-son ma’lumotnomasi). Natijada suv ta’minoti inshootlari va ularning taqsimlash qurilmalarini ekspluatatsiya qilish jarayonida ekologik xavfsizlikni ta’minlash va salbiy ekologik ta’sirlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali tashkil etish imkoniyati yaratilgan.
Suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 17-sentyabrdagi 02/04-3-637-son ma’lumotnomasi). Natijada suv resurslariga antropogen ta’sir ko‘rsatuvchi ifloslanish manbalari va sabablarini aniqlash, ekologik vaziyatning o‘zgarishini prognozlash hamda suv resurslarini muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.