Akbarova Barno Shuxratovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes barqaror rivojlanishining ekonometrik modellashtirish va prognozlash metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Iqt683.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.02
Rasmiy opponentlar: Salimov Baxtiyor Tajievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Umarova Muqaddas Abbasovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xamidov Soxibmalik Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznesning barqaror rivojlanishini ekonometrik modellashtirish va prognozlash uslubiyotini yanada takomillashtirish, unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ilmiy asoslangan prognozlash mexanizmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kichik biznesning hududiy rivojlanish darajasini baholash uslubiyoti iqtisodiy, ijtimoiy va institutsional ko‘rsatkichlarni birlashtiruvchi integral barqaror rivojlanish indeksi asosida hududlar kesimida kichik biznesning statistik baholash tizimi ishlab chiqish hamda yetakchi va orqada qolayotgan hududlarni aniqlash orqali resurslarni manzilli yo‘naltirish mexanizmini asoslash orqali takomillashtirilgan;
hududlarni kichik biznes rivojlanish darajasi bo‘yicha guruhlash mexanizmi hududlarni rivojlangan (0,75 ≤ Hr ≤ 1,0), o‘rtacha rivojlangan (0,55 ≤ Ho‘r ≤ 0,74) va past rivojlangan (Hpr ≤ 0,54) toifalarga ajratish asosida differensial iqtisodiy siyosat choralarini qo‘llash, ijobiy tajribani ommalashtirish, tarkibiy islohotlarni jadallashtirish va tadbirkorlik muhitini yaxshilashning hududiy yondashuvi ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
kichik biznesni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash uslubiyoti dinamik panel model asosida bandlikni oshirish, yangi kichik biznes subektlarini tashkil etish, eksport faoliyatini kengaytirish va investisiya muhitini yaxshilashga ta’sir etuvchi omillarni baholash hamda shu asosda yalpi ichki mahsulotda kichik biznes ulushini oshirishga qaratilgan kompleks dasturiy yondashuv orqali takomillashtirilgan;
kichik biznes faoliyatining tarmoqlar bo‘yicha diversifikatsiya darajasini baholash uslubi iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha konsentratsiyalashuv darajasini aniqlash, yuqori konsentratsiyalashgan hududlarda yangi faoliyat turlarini rivojlantirish va sanoat hamda xizmatlar sohasini kengaytirish orqali tarmoqlararo muvozanatni ta’minlashga qaratilgan tahliliy yondashuv ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda kichik biznesni uzoq muddatli rivojlantirishni prognozlash uslubiyoti takomillashtirilib, ARIMAX(1,1,0) modeli asosida kichik biznes jami aylanmasining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi kichik biznes barqaror rivojlanishining ekonometrik modellashtirish va prognozlash uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
kichik biznesning hududiy rivojlanish darajasini baholash uslubiyoti iqtisodiy, ijtimoiy va institutsional ko‘rsatkichlarni birlashtiruvchi integral barqaror rivojlanish indeksi asosida hududlar kesimida kichik biznesning statistik baholash tizimi ishlab chiqish hamda yetakchi va orqada qolayotgan hududlarni aniqlash orqali resurslarni manzilli yo‘naltirish mexanizmini asoslash orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 6-apreldagi 01-06-30-3224-sonli ma’lumotnomasi, Toshkent viloyati statistika boshqarmasining 2026-yil 6-apreldagi № 01/1-01-14-226–sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida hududlar kesimida kichik biznes rivojlanish darajasini statistik baholash tizimi shakllantirilib, iqtisodiy resurslarni samarali yo‘naltirish hamda hududiy rivojlanishdagi nomutanosibliklarni qisqartirish bo‘yicha aniq iqtisodiy rivojlantirish qarorlarini qabul qilish imkoniyati kengaygan;
hududlarni kichik biznes rivojlanish darajasi bo‘yicha guruhlash mexanizmi hududlarni rivojlangan (0,75 ≤ Hr ≤ 1,0), o‘rtacha rivojlangan (0,55 ≤ Ho‘r ≤ 0,74) va past rivojlangan (Hpr ≤ 0,54) toifalarga ajratish asosida differensial iqtisodiy siyosat choralarini qo‘llash, ijobiy tajribani ommalashtirish, tarkibiy islohotlarni jadallashtirish va tadbirkorlik muhitini yaxshilashning hududiy yondashuvi ishlab chiqish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 6-apreldagi 01-06-30-3224-sonli ma’lumotnomasi, Toshkent viloyati statistika boshqarmasining 2026-yil 6-apreldagi № 01/1-01-14-226–sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida hududlarning rivojlanish darajasiga, differensial yondashuvni qo‘llash mexanizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, har bir hudud bo‘yicha iqtisodiy siyosat choralarini ishlab chiqishning samaradorligini oshirishga erishilgan; 
kichik biznesni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash uslubiyoti dinamik panel model asosida bandlikni oshirish, yangi kichik biznes subektlarini tashkil etish, eksport faoliyatini kengaytirish va investisiya muhitini yaxshilashga ta’sir etuvchi omillarni baholash hamda shu asosda yalpi ichki mahsulotda kichik biznes ulushini oshirishga qaratilgan kompleks dasturiy yondashuv orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 6-apreldagi 01-06-30-3224-sonli ma’lumotnomasi, Toshkent viloyati statistika boshqarmasining 2026-yil 6-apreldagi № 01/1-01-14-226–sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida kichik biznesni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari aniqlab, bandlikni oshirishgaga, tadbirkorlik subektlari sonini ko‘paytirishga va eksport salohiyatini kengaytirishga doir dasturlar samaradorligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qilgan;
kichik biznes faoliyatining tarmoqlar bo‘yicha diversifikasiya darajasini baholash uslubi iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha konsentrasiyalashuv darajasini aniqlash, yuqori konsentrasiyalashgan hududlarda yangi faoliyat turlarini rivojlantirish va sanoat hamda xizmatlar sohasini kengaytirish orqali tarmoqlararo muvozanatni ta’minlashga qaratilgan tahliliy yondashuv ishlab chiqish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 6-apreldagi 01-06-30-3224-sonli ma’lumotnomasi, Toshkent viloyati statistika boshqarmasining 2026-yil 6-apreldagi № 01/1-01-14-226–sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida kichik biznes faoliyatining tarmoqlar bo‘yicha muvozanatli rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan mexanizmlar takomillashtirilib, iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi nomutanosibliklarni kamaytirish hamda yangi faoliyat yo‘nalishlarini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
O‘zbekistonda kichik biznesni uzoq muddatli rivojlantirishni prognozlash uslubiyoti takomillashtirilib, ARIMAX(1,1,0) modeli asosida kichik biznes jami aylanmasining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlariga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 6-apreldagi 01-06-30-3224-sonli ma’lumotnomasi, Toshkent viloyati statistika boshqarmasining 2026-yil 6-apreldagi № 01/1-01-14-226–sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida kichik biznesni rivojlantirishning uzoq muddatli strategik yo‘nalishlarini belgilashda ilmiy asoslangan prognozlardan foydalanish yo‘lga qo‘yilib, investisiya faolligini oshirish, eksportni kengaytirish va ichki bozorni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi ortgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish