Xalilova Zilola Abdurauf kizining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda bronxial astmaning atipik kuzgatuvchilar ta`sirida klinik - immunologik va funksional kechish xususiyatlari”, 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2026.2.PhD/Tib4539.
Ilmiy raxbar: Tashmatova Gulnoza A`loevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi,  IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Irsalieva Fatima Xusnitdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Azizova Nigora Davlyatovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda bronxial astmaning atipik qo‘zg‘atuvchilar (Mycoplasma pneumoniae, Chlamydophila pneumoniae) ta’sirida klinik-immunologik va funksional kechish xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bolalarda bronxial astmaning atipik qo‘zg‘atuvchilar (Mycoplasma pneumoniae va Chlamydophila pneumoniae) bilan bog‘liq kechishida klinik belgilarning og‘irlashishi, tashqi nafas olish funksiyasi ko‘rsatkichlarining ishonchli pasayishi, xurujlar chastotasining oshishi hamda NChJT variabelligining 20% dan yuqori ortishi va bronxodilatatsion javobning pasayishi aniqlangan;
atipik infeksiya bilan assotsiatsiyalangan bronxial astmali bolalarda umumiy va maxsus immunoglobulin E darajalarining, shuningdek IL-4, IL-8 va TNF-α konsentratsiyalarining ishonchli oshishi aniqlanib, ushbu o‘zgarishlar allergik yallig‘lanishning faollashishi hamda Th2-tip immun javobining ustunligi ilmiy jihatdan asoslangan;
atipik qo‘zg‘atuvchilar bilan assotsiatsiyalangan bronxial astmada ichak mikrobiotasi tarkibida Bifidobacterium va Lactobacillus miqdorining kamayishi, shartli patogen mikroorganizmlar kolonizatsiyasining ortishi hamda qon zardobida magniy va ruh miqdorining ishonchli pasayishi aniqlanib, ushbu o‘zgarishlarning immun disbalans, yallig‘lanish faolligi va kasallik nazoratining yomonlashishi bilan patogenetik bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor klinik, immunologik, funksional va mikrobiologik ko‘rsatkichlarni kompleks baholash asosida bronxial astmaning atipik qo‘zg‘atuvchilar bilan bog‘liq kechishini erta prognoz qilishga qaratilgan diagnostik yondashuv hamda kompleks differensiallashgan davolash algoritmi ishlab chiqilib, uning individual terapiya samaradorligini oshirishi va xurujlar sonini kamaytirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda bronxial astmaning atipik qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida klinik-immunologik va funksional kechishi xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida: 
birinchi ilmiy yangiligi: ilk bor bolalarda bronxial astmaning atipik qo‘zg‘atuvchilar (Mycoplasma pneumoniae va Chlamydophila pneumoniae) bilan bog‘liq kechishida klinik belgilarning og‘irlashishi, tashqi nafas olish funksiyasi ko‘rsatkichlarining ishonchli pasayishi, xurujlar chastotasining oshishi hamda NChJT variabelligining 20% dan yuqori ortishi va bronxodilatatsion javobning pasayishi aniqlanganligi bo‘yicha «Atipik qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida kelib chiqqan bolalardagi bronxial astma kasalligini olib borishni va davolashni takomillashtirish usullari» uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtiruvchi bo‘limning 2025 yil 26 maydagi 05-25/607-t sonli xulosasi bilan tasdiqlangan). Mazkur takliflar Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 9.06.2025 yildagi 51-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 13.06.2025 yildagi 71-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2026 yil 28 mart №05/33 sonli xulosasi); ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarni klinik amaliyotga joriy etilishi atipik qo‘zg‘atuvchilarni bolalardagi bronxial astmaga ta’siri, davolash taktikasini optimallashtirish, nogironlik darajasini pasaytirish,  asoratlar xolatini kamaytirish va xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi;  iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliy faoliyatlariga joriy etilishi atipik qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida bronxial astma bilan kasallangan bolalarda taklif etilgan usullarni qo‘llash mayda bronxlar funksional holati o‘zgarishlarini o‘z vaqtida aniqlash va davolash usullarini optimallashtirish orqali xar bir bolaga nisbatan sarflangan mablag‘ning 27,3%ni tejashga imkon yaratadi;  xulosa: atipik qo‘zg‘atuvchilar bilan assotsiatsiyalangan bronxial astmali bolalarda klinik simptomlarning og‘irlashishi, tashqi nafas funksiyasi ko‘rsatkichlarining ishonchli pasayishi, xurujlar chastotasining ortishi, NChJT variabelligining 20% dan yuqori bo‘lishi hamda bronxodilatatsion javobning susayishi bronxial giperreaktivlik kuchayishining klinik-funksional mezonlari sifatida asoslangan;
ikkinchi ilmiy yangiligi: atipik infeksiya bilan assotsiatsiyalangan bronxial astmali bolalarda umumiy va maxsus immunoglobulin E darajalarining, shuningdek IL-4, IL-8 va TNF-α konsentratsiyalarining ishonchli oshishi aniqlanib, ushbu o‘zgarishlar allergik yallig‘lanishning faollashishi hamda Th2-tip immun javobining ustunligi ilmiy jihatdan asoslanganligi bo‘yicha «Atipik qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida kelib chiqqan bolalardagi bronxial astma kasalligini olib borishni va davolashni takomillashtirish usullari» uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtiruvchi bo‘limning 2025 yil 26 maydagi 05-25/607-t sonli xulosasi bilan tasdiqlangan). Mazkur takliflar Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 9.06.2025 yildagi 51-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 13.06.2025 yildagi 71-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2026 yil 28 mart №05/33 sonli xulosasi); ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarni klinik amaliyotga joriy etilishi atipik qo‘zg‘atuvchilarni bolalardagi bronxial astmaga ta’siri, davolash taktikasini optimallashtirish, nogironlik darajasini pasaytirish,  asoratlar xolatini kamaytirish va xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi;  iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliy faoliyatlariga joriy etilishi atipik qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida bronxial astma bilan kasallangan bolalarda taklif etilgan usullarni qo‘llash mayda bronxlar funksional holati o‘zgarishlarini o‘z vaqtida aniqlash va davolash usullarini optimallashtirish orqali xar bir bolaga nisbatan sarflangan mablag‘ning 27,3%ni tejashga imkon yaratadi; xulosa Atipik infeksiya bilan assotsiatsiyalangan bronxial astmali bolalarda umumiy va maxsus IgE, IL-4, IL-8 va TNF-α miqdorlarining ishonarli ortishi fonida allergik yallig‘lanishning faollashishi, sitokinlar muvozanatining buzilishi hamda Th2-tip immun javobining ustunligi shakllanishi asoslangan; 
uchinchi ilmiy yangiligi:  atipik qo‘zg‘atuvchilar bilan assotsiatsiyalangan bronxial astmada ichak mikrobiotasi tarkibida Bifidobacterium va Lactobacillus miqdorining kamayishi, shartli patogen mikroorganizmlar kolonizatsiyasining ortishi hamda qon zardobida magniy va ruh miqdorining ishonchli pasayishi aniqlanib, ushbu o‘zgarishlarning immun disbalans, yallig‘lanish faolligi va kasallik nazoratining yomonlashishi bilan patogenetik bog‘liqligi isbotlanganligi bo‘yicha «Atipik qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida kelib chiqqan bolalardagi bronxial astma kasalligini olib borishni va davolashni takomillashtirish usullari» uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtiruvchi bo‘limning 2025 yil 26 maydagi 05-25/607-t sonli xulosasi bilan tasdiqlangan). Mazkur takliflar Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 9.06.2025 yildagi 51-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 13.06.2025 yildagi 71-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2026 yil 28 mart №05/33 sonli xulosasi); ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarni klinik amaliyotga joriy etilishi atipik qo‘zg‘atuvchilarni bolalardagi bronxial astmaga ta’siri, davolash taktikasini optimallashtirish, nogironlik darajasini pasaytirish,  asoratlar xolatini kamaytirish va xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi;  iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliy faoliyatlariga joriy etilishi atipik qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida bronxial astma bilan kasallangan bolalarda taklif etilgan usullarni qo‘llash mayda bronxlar funksional holati o‘zgarishlarini o‘z vaqtida aniqlash va davolash usullarini optimallashtirish orqali xar bir bolaga nisbatan sarflangan mablag‘ning 27,3%ni tejashga imkon yaratadi; xulosa atipik infeksiya bilan assotsiatsiyalangan bronxial astmali bolalarda ichak mikrobiotasi tarkibida foydali bakteriyalar (Bifidobacterium va Lactobacillus) miqdorining kamayishi hamda shartli patogen mikrofloraning ortishi immunologik disbalansning chuqurlashishiga, qon zardobida magniy va ruh miqdorining kamayishi esa yallig‘lanish faolligining kuchayishi va bronxial astma nazoratining pasayishiga olib kelishi asoslangan;
to‘rtinchi ilmiy yangiligi: ilk bor immunologik, funksional va mikrobiologik ko‘rsatkichlarni kompleks baholash asosida bronxial astmaning atipik qo‘zg‘atuvchilar bilan bog‘liq kechishini erta prognoz qilishga qaratilgan diagnostik yondashuv hamda kompleks differensiallashgan davolash algoritmi ishlab chiqilib, uning individual terapiya samaradorligini oshirishi va xurujlar sonini kamaytirishi asoslanganligi bo‘yicha «Atipik qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida kelib chiqqan bolalardagi bronxial astma kasalligini olib borishni va davolashni takomillashtirish usullari» uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtiruvchi bo‘limning 2025 yil 26 maydagi 05-25/607-t sonli xulosasi bilan tasdiqlangan). Mazkur takliflar Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 9.06.2025 yildagi 51-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 13.06.2025 yildagi 71-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2026 yil 28 mart №05/33 sonli xulosasi); ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarni klinik amaliyotga joriy etilishi atipik qo‘zg‘atuvchilarni bolalardagi bronxial astmaga ta’siri, davolash taktikasini optimallashtirish, nogironlik darajasini pasaytirish,  asoratlar xolatini kamaytirish va xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi;  iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliy faoliyatlariga joriy etilishi atipik qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida bronxial astma bilan kasallangan bolalarda taklif etilgan usullarni qo‘llash mayda bronxlar funksional holati o‘zgarishlarini o‘z vaqtida aniqlash va davolash usullarini optimallashtirish orqali xar bir bolaga nisbatan sarflangan mablag‘ning 27,3%ni tejashga imkon yaratadi; xulosa: Atipik qo‘zg‘atuvchilar bilan assotsiatsiyalangan bronxial astmali bolalarda immunologik, funksional va mikrobiologik ko‘rsatkichlarni kompleks baholash asosida kasallik kechishini erta prognozlash, differensiallashgan davolash algoritmini qo‘llash individual terapiya samaradorligini oshirish, xurujlar sonini kamaytirish va kasallik nazoratini yaxshilash imkonini beruvchi asoslangan va klinik jihatdan samarali yondashuv ekanligi isbotlangan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish