Shukurov Anvar Hamroqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qo‘ytosh ma’dan maydonining daykalari va ma’danlashuvi (G‘arbiy O‘zbekiston)», 04.00.03–Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/GM23.
Ilmiy rahbar: Ishbaev Xalbay Djangirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.GM.40.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mamarozikov Usmonjon Dovronovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Ashirov Maqsud Botirovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Urankamyobmetgeologiya» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qo‘ytosh ma’danli maydonidagi daykalarning petrografik, mineralogik, geokimyoviy xususiyatlarini, ma’dandorligini, shuningdek ularning ma’danlashuv bilan bog‘liqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qo‘ytosh ma’dan maydoni daykalarining tarkibiga ko‘ra bir necha turlarga mansub ekanligi asoslangan;
petrografik va geokimyoviy xususiyatlari asosida daykalarning geokimyoviy ixtisoslashuvi aniqlangan;
daykalar bilan sul`fid-nodirmetalli ma’danlashuvning bog‘liqligi aniqlangan;
Er po‘stining chuqur qismlaridagi asos tarkibli mustaqil magmatik o‘choq mavjudligi asoslangan;
daykalar tarkibidagi ksenolitlar asosida, Er po‘stining chuqur qatlamlari tarkibi bo‘yicha ma’lumotlar yangilangan va magmaning hosil bo‘lish chuqurlik sathi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qo‘ytosh ma’dan maydonining daykalari va ma’danlashuvuni aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qo‘ytosh ma’danli maydonidagi daykalar tarkibi va ularning qanday turga mansubligi, tarqalish qonuniyatlari va joylashuvi Mineral resurslar instituti DKda ma’dan jarayonlar termodinamikasini aniqlashda joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 6 maydagi 03/8-son ma’lumotnomasi). Natijada Qo‘ytosh ma’danli maydonidagi ma’danli ob’ektlarni aniqlash imkonini bergan;
Qo‘ytosh ma’danli maydonidagi daykalar tarkibida uchraydigan begona jinslar parchalariga qarab, Er po‘stining tarkibi, tuzilishi va o‘z navbatida magma hosil bo‘lish sathi va tabiati Mineral resurslar instituti DKda amaliyotga joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 6 maydagi 03/8-son ma’lumotnomasi). Natijada qazilma konlarini qidirishda asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qilgan;
Qo‘ytosh ma’danli maydonidagi daykalar bo‘yicha olingan geologik, petrografik, petrokimyoviy va geokimyoviy ma’lumotlar Mineral resurslar instituti DKda amaliyotga joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 6 maydagi 03/8-son ma’lumotnomasi). Natijada daykalarning jins hosil qiluvchi, aksessor va ma’dan minerallar tarkibi, mass-spektrometrik usullar yordamida aniqlangan petrogen, kamyob va nodir elementlar miqdori va boshqa ma’lumotlar petrografik, mineralogik va geokimyoviy tadqiqotlarni o‘tkazish imkonini bergan.