Im Vadim Muxasanovichning
tibbiet fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Revmatik etiologiyali mitral qopqoq stenozini rentgenendovaskulyar davolashda mul`tidissiplinar yondashuv», 14.00.34 – Yurak-qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Tib1535.
Ilmiy maslahatchi: Zufarov Mirjamol Mirumarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.06/2025.27.12.Tib.08.01.
Rasmiy opponentlar: Alimov Donier Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliev Sherzod Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sharipov Islam Mamatxanovich, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: V.A. Almazov nomidagi Milliy xirurgiya tibbiy tadqiqot markazi Federal davlat byudjet tashkiloti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: revmatik etiologiyali mitral teshigi stenozini endovaskulyar davolash natijalarini diagnostik va davolash yondashuvlarini takomillashtirish orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ExoKG nazorati ostida rentgenoskopiyani minimal qo‘llash orqali takomillashtirilgan BMV ni amalga oshirish aralashuv vaqtida manipulyasiyalarni polipozision vizualizatsiya hisobiga aniq navigatsiya qilish imkonini berishi, nurlanish yuklamasini minimallashtirishi va rentgenkontrast modda qo‘llashdan voz kechish imkonini yaratishi aniqlandi;
stilet qo‘llash hisobiga takomillashtirilgan BMV usuli intervension aralashuv jarayonida ballon kateterning boshqaruvchanligini yaxshilashi va spesifik asoratlar (perforatsiya, mitral regurgitatsiya) chastotasini kamaytirishi isbotlandi;
homilador ayollarda takomillashtirilgan BMV ning samaradorligi isbotlandi, bu markaziy gemodinamikaning yaxshilanishi, bachadon arteriyalarida rezistentlik indeksining pasayishi bilan namoyon bo‘lib, 100% holatlarda rentgenkontrast modda qo‘llashdan voz kechish va nurlanish yuklamasini 3,3 marta kamaytirish imkonini berdi;
BF chap bo‘lmachaning kattalashgan o‘lchami hisobiga BMV ni bajarishni qiyinlashtirishi, bu esa bo‘lmachalar orasi to‘sig‘ini punksiya qilish va ballonni pozisiyalash jarayonida texnik murakkabliklarni yuzaga keltirishi aniqlandi; shu bilan birga, BF mavjud holatlarda stilet va 3 tekislikli exografik vizualizatsiya qo‘llanilgan takomillashtirilgan BMV aniq navigatsiyaga erishish, aralashuv vaqti davomiyligini qisqartirish va spesifik asoratlarning oldini olish imkonini berishi isbotlandi;
BF, 2 darajali mitral regurgitatsiya, NYHA bo‘yicha III–IV funksional sinfdagi SYuE, 55 yoshdan katta yosh, OMK va EMK mavjudligi, anamnezda BMV o‘tkazilganligi uzoq muddatli davrda noqulay hodisalar (qayta BMVga ehtiyoj, mitral klapan protezlash, SYuE progressiyasi, insul`t, yangi yuzaga kelgan BF) bilan bog‘liq ahamiyatli omillar ekani isbotlandi, bu esa mul`tidissiplinar jamoani jalb etish zarurligini ko‘rsatadi;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar asosida revmatik etiologiyali MK stenozini rentgenendovaskulyar davolashda yangi yondashuvlarning asoslanganligi belgilandi:
Birinchi ilmiy yangilik. ExoKG nazorati ostida, rentgenoskopiyani minimal qo‘llash orqali takomillashtirilgan BMV ni qo‘llash intervension manipulyasiyalar navigatsiyasining aniqligini polipozision vizualizatsiya hisobiga oshirishi, nurlanish yuklamasini minimallashtirishi va rentgenkontrast moddadan voz kechish imkonini berishi isbotlanganligi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (14.01.2025y., №11u-son buyruq, 03.03.2026y., №82-i-son buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali (02.07.2024y., №37 i/t-son buyruq, 06.03.2026y., №30i/t-son buyruq) faoliyatiga joriy etildi (Sog‘likni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 28.03.2026y., 05/57-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: revmatik etiologiyali mitral stenozli bemorlarga ko‘rsatiladigan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning xavfsizligi va sifatini oshirish, nurlanish yuklamasini kamaytirish, rentgenkontrast preparatlar qo‘llanilishi bilan bog‘liq xavflarni qisqartirish, asoratlar ehtimolini pasaytirish, statsionarda davolanish muddatini qisqartirish hamda aholining endovaskulyar davolash usullaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: MS ni kardioxirurgik emas, intervension usulda davolash hisobiga gospitalizatsiya muddati 21 kundan 4 kungacha qisqartirildi. 1 bemorga byudjet tejami 5179900 so‘mni tashkil etdi (1 koyko-kun - 304700 so‘m). Ya’ni xarajatlar 5,2 marta kamaydi. Yiliga 95 ta revmatik MS korreksiyasida umumiy iqtisodiy samara 492090500 so‘mni tashkil etadi. ExoKG nazorati ostida rentgenkontrast qo‘llanmasligi KIN va SBE xavfini kamaytiradi. KIN rivojlanganda statsionarda yotish 4 kundan 9 kungacha uzayadi. Bunda 1 bemorga kamida 3873500 so‘m tejaladi (reanimatsiya koyko-kuni - 1500000 so‘m, gemodializ - 850000 so‘m). 0,5–3% KIN chastotasida 100 bemorga potensial tejam 3873500 - 11620500 so‘mni tashkil etadi. ExoKG apparati qiymati o‘rtacha 774000000 so‘m, statsionar angiografik uskuna - 6450000000 so‘m. Uzoq hududlarda BMV ni faqat ExoKG nazoratida o‘tkazish 8,4 marta mablag‘ tejash imkonini beradi. Xulosa: 1 yilda kamida 492090500 so‘m byudjet mablag‘i tejaladi;
Ikkinchi ilmiy yangilik. Stilet qo‘llash hisobiga ballon kateter boshqaruvchanligini oshirish va perforatsiya hamda MR chastotasini kamaytirish isbotlanganligi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (14.01.2025y., №11u-son buyruq, 03.03.2026y., №82-i-son buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali (02.07.2024y., №37 i/t-son buyruq, 06.03.2026y., №30i/t-son buyruq) faoliyatiga joriy etildi (Sog‘likni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 28.03.2026y., 05/57-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: MK stenozi bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik davolash natijalarining qiyosiy tahlili shuni ko‘rsatdiki, taklif etilgan takomillashtirilgan metodika bevosita asoratlar uchrashish uchrashish darajasini kamaytirishga hamda mehnatga layoqatsizlik kunlari sonini 6 sutkaga qisqartirishga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Inoue o‘tkazgichini modifikatsiya qilish orqali endovaskulyar protezlash usulini takomillashtirish hisobiga (IAP №7690, 03.05.2024 y.) natijalarni joriy etish davrida 1 bemorga nisbatan iqtisodiy tejamkorlik kuzatildi. MS intervension davolash ushbu usulni qo‘llash orqali asoratlar, xususan gemoperikard rivojlanish xavfi kamayishiga olib keladi, bu esa o‘rtacha gospitalizatsiya muddatini 4 sutkaga nisbatan 10 sutkagacha o‘zgarishiga ta’sir qiladi. Shu bilan birga, 1 bemorga nisbatan byudjet mablag‘lari tejalishi 4218800 so‘mni tashkil etdi, hisob-kitobga ko‘ra «Akad. V.Voxidov nom. RIXIATM» DMda 1 koyka-kun qiymati 304700 so‘m, reanimatsiya bo‘limida 1 koyka-kun qiymati 1500000 so‘mni tashkil etadi, demak 1 bemorga nisbatan xarajatlar byudjet tomonidan 4,5 barobarga kamayadi. Agar gemoperikard asorati rivojlangan holat inobatga olinsa, kardioxirurgik operatsiya zarurati tufayli gospitalizatsiya davomiyligi 4 sutkadan 20 sutkagacha oshadi va 1 bemorga nisbatan iqtisodiy tejamkorlik 16961100 so‘mni tashkil etadi, bu esa ehtimoliy holatda xarajatlarning 4,1 barobar oshishini anglatadi. Xulosa: endovaskulyar amaliyotga yangi takomillashtirilgan usulni joriy etish bir yil davomida 1 bemor hisobiga 4218800 so‘mdan 16961100 so‘mgacha byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi;
Uchinchi ilmiy yangilik. Homiladorlarda takomillashtirilgan BMV markaziy gemodinamikani yaxshilashi, bachadon arteriyalarida IR ni pasaytirishi, 100% holatda rentgenkontrast qo‘llamaslik va nurlanishni 3,3 marta kamaytirish imkonini berishi isbotlanganligi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (14.01.2025y., №11u-son buyruq, 03.03.2026y., №82-i-son buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali (02.07.2024y., №37 i/t-son buyruq, 06.03.2026y., №30i/t-son buyruq) faoliyatiga joriy etildi (Sog‘likni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 28.03.2026y., 05/57-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: BMVni rentgen nurlanishini minimallashtirgan holda bajarish orqali ionlashtiruvchi nurlanishning homila shakllanishiga ehtimoliy salbiy ta’sirini oldini olishga hamda perinatal o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirishga erishildi. Shuningdek, fertil va mehnatga layoqatli yoshdagi ayollarda reabilitatsiya davri qisqarib, mehnat faoliyatini tiklash jarayoni tezlashdi. Iqtisodiy samaradorlik: Natijalarni joriy etish asosida homiladorlarda mitral stenoz bilan BMVni minimal yoki rentgenoskopiyasiz o‘tkazish metodikasi qo‘llanilganda intervension davolash, statsionar bosqichi hamda keyingi reabilitatsiya xarajatlari sezilarli darajada qisqardi. Rentgenoskopiya qo‘llanilgan holda bir aralashuvning o‘rtacha qiymati taxminan 14800000 mln so‘mni tashkil etsa, exokardiografiya nazorati ostida, rentgensiz BMVda ushbu ko‘rsatkich 10200000 so‘mdan oshmaydi, shu bilan birga bir bemorga o‘rtacha tejamkorlik 4,6 mln so‘mni tashkil etadi, bu xarajatlarning 31%ga qisqarishini anglatadi. Mazkur kategoriyada yiliga 40-50ta aralashuv amalga oshirilganda, bitta klinika sharoitida umumiy iqtisodiy tejamkorlik taxminan 180-230000000 so‘mni tashkil qiladi. Qo‘shimcha ravishda, statsionarda davolanish muddatining o‘rtacha 2,5 kunga qisqarishi va asoratlar, jumladan rentgen-indusirlangan homila anomaliyalari rivojlanish ehtimolining pasayishi hisobiga operatsiyadan keyingi kuzatuv va korreksiya xarajatlari ikki barobar kamayadi, shuningdek, mehnatga layoqatni tiklash muddatining tezlashishi bilan bog‘liq bilvosita iqtisodiy tejamkorlik ham kuzatiladi;
To‘rtinchi ilmiy yangilik: BF chap bo‘lmacha dilatatsiyasi tufayli BMVni texnik jihatdan qiyinlashtirishi isbotlanganligi. Stilet va 3 tekislikli exografik vizualizatsiya BF sharoitida navigatsiya aniqligini oshirib, asoratlarning oldini olishi ko‘rsatildi. Ilmiy yangilikning amalietga joriy kilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (14.01.2025y., №11u-son buyruq, 03.03.2026y., №82-i-son buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali (02.07.2024y., №37 i/t-son buyruq, 06.03.2026y., №30i/t-son buyruq) faoliyatiga joriy etildi (Sog‘likni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 28.03.2026y., 05/57-son xulosasi). Tibbiy samaradorlik: Perforatsiya, yuqori nurlanish, og‘ir MR, insul`t, SN progressiyasi va abort xavfi kamaytirildi. Ijtimoiy samaradorlik: ExoKG mutaxassislari va aritmologlar ishtirokida BMVni amalga oshirishga qaratilgan jamoaviy yondashuv tufayli ehtimoliy asoratlarni (yurak perforatsiyasi, ortiqcha nurlanish yuklamasi, og‘ir mitral regurgitatsiya, insul`t, BF fonida yurak etishmovchiligining rivojlanishi, abort) oldini olishga erishildi. Shuningdek, bemorlarning reabilitatsiya davri qisqardi hamda mehnat faoliyatini tiklash tezlashdi. Iqtisodiy samaradorlik: MSni BMV orqali maloinvaziv davolashning samarasiz holatlarda amalga oshirilishi majburiy ravishda yanada invaziv usullarga, jumladan mitral klapan protezlashga o‘tishni talab qiladi. Ushbu ko‘rsatmalarga muvofiq 1 bemor uchun o‘rtacha xarajatlar 55000000 so‘mni tashkil etadi, biroq takomillashtirilgan BMV metodikasini amaliyotga joriy etish natijasida umumiy xarajatlar 28000000 so‘mgacha pasaydi, ya’ni sarf-xarajatlar 1,96 barobar kamaydi. Xulosa: takomillashtirilgan BMV metodikasining muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida byudjet va nobyudjet mablag‘lari hisobidan jami 27000000 so‘m tejalishiga erishildi;
Beshinchi ilmiy yangilik: BF, MR II daraja, NYHA III-IV, yosh>55, OMK, EMK va anamnezda BMV noqulay uzoq muddatli hodisalarning ahamiyatli omillari ekani isbotlanganligi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (14.01.2025y., №11u-son buyruq, 03.03.2026y., №82-i-son buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali (02.07.2024y., №37 i/t-son buyruq, 06.03.2026y., №30i/t-son buyruq) faoliyatiga joriy etildi (Sog‘likni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 28.03.2026y., 05/57-son xulosasi). Mul`tidissiplinar yondashuv amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorlik: takomillashtirilgan mul`tidissiplinar yondashuv rentgenendovaskulyar jarrohlar, kardiologlar, kardioxirurglar, exokardiografistlar va anesteziologlar o‘rtasidagi hamkorlik asosida BMVni endovaskulyar aralashuv vaqtida amalga oshirish jarayonida qo‘llanilishi natijasida noxush klinik oqibatlar uchrashish darajasini kamaytirishga erishildi. Jumladan, ortiqcha mitral regurgitatsiya, kardioxirurgiya bo‘limiga o‘tkazish holatlari, MKning erta restenozi, MK protezlanishi yoki takroriy BMV, insul`t hamda SYuEning rivojlanishi holatlari kamaydi. Shu bilan birga, bemorlarning reabilitatsiya davri qisqardi, hayot sifati yaxshilandi hamda mehnat faoliyatini tiklash sur’ati oshdi. Iqtisodiy samaradorlik: natijalarni joriy etish davrida MS kardioxirurgik davolash o‘rniga intervension usulda BMVni amalga oshirish hisobiga o‘rtacha gospitalizatsiya muddati 21 sutkadan 4 sutkagacha qisqardi. Shu orqali 1 bemorga nisbatan byudjet mablag‘lari tejalishi 5 179 900 so‘mni tashkil etdi (hisob-kitobga ko‘ra, «Akad. V.Voxidov nom. RIXIATM» DMda 1 koyka-kun qiymati 304700 so‘mni tashkil etadi), ya’ni 1 bemorga nisbatan xarajatlar byudjet tomonidan 5,2 barobarga kamaydi. 1 bemor uchun tejalish 5179900 so‘mni tashkil etgan holda, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 95-ta revmatik etiologiyali mitral stenoz korreksiyalari hisobidan 492090500 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: endovaskulyar amaliyotga BMVning takomillashtirilgan usulini joriy etish bir yil davomida kamida 492090500 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish