Suyunov Odil Orif o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integrativ modellar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning irodaviy sifatlarini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Ped12651.
Ilmiy rahbar: Oripova Nodima Halilovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.11.04. 
Rasmiy opponentlar: Aslanova Orzigul Primovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Shabbazova Dilfuza Ruzikulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi integrativ modellar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning irodaviy sifatlarini rivojlantirish texnologiyasi va metodikasini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchlarning irodaviy sifatlarini rivojlantirish muammosining nazariy-metodologik asoslari integrativ yondashuv doirasida pedagogik, psixologik va akmeologik qarashlarni o‘zaro uyg‘unlashtirish, irodaviy rivojlanishning motivatsion, kognitiv, refleksiv va faoliyatli komponentlarini yaxlit tizim sifatida talqin qilish asosida aniqlashtirilgan;
integrativ modellar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning irodaviy sifatlarini rivojlantirish modeli hamda uning konseptual, mazmunga yo‘naltirilgan, texnologik va natijaviy bloklardan iborat tarkibiy tuzilmasi bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik tayyorgarlik jarayonida subekt-subekt munosabatlari, integratsiyalashgan ta’lim muhiti va refleksiv faoliyat ustuvorligi asosida ishlab chiqilgan;
shaxs irodaviy sifatlarini rivojlantirish nazariyasiga tayangan holda bo‘lajak o‘qituvchilarda qat’iyatlilik, mustaqil qaror qabul qilish, mas’uliyatlilik, o‘zini o‘zi boshqarish va maqsadga intiluvchanlik kabi irodaviy sifatlarni shakllantirish jarayonining tamoyillari, shakl va usullari kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltirilgan va refleksiv-faoliyatli yondashuvlar integratsiyasi asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning irodaviy sifatlarini rivojlantirish texnologiyasining samaradorligi tajriba-sinov ishlari jarayonida integrativ modelni bosqichma-bosqich joriy etish, monitoring va diagnostik baholash mezonlarini qo‘llash hamda olingan natijalar asosida ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ modellar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarining irodaviy sifatlarni rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning irodaviy sifatlarini rivojlantirish muammosining nazariy-metodologik asoslari integrativ yondashuv doirasida pedagogik, psixologik va akmeologik qarashlarni o‘zaro uyg‘unlashtirish, irodaviy rivojlanishning motivatsion, kognitiv, refleksiv va faoliyatli komponentlarini yaxlit tizim sifatida talqin qilish asosida aniqlashtirilganligiga oid takliflar “Pedagogik mahorat” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Qarshi davlat universitetining 2026-yil 13-maydagi 126 I - son buyrug‘i bilan berilgan 5189-son guvohnomasi). Natijada ushbu o‘quv qo‘llanmada keltirilgan yondashuv va g‘oyalar talabalarning integrativ modellar asosida irodaviy sifatlarini rivojlantirishga imkoniyat yaratgan;
integrativ modellar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning irodaviy sifatlarini rivojlantirish modeli hamda uning konseptual, mazmunli, tashkiliy-faoliyatli, diagnostik va natijaviy bloklardan iborat tarkibiy tuzilmasi bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik tayyorgarlik jarayonida subekt-subekt munosabatlari, integratsiyalashgan ta’lim muhiti va refleksiv faoliyat ustuvorligi asosida ishlab chiqilgan ma’lumotlardan Qarshi davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Termiz davlat pedagogika institutlarida o‘tkazilgan pedagogik eksperiment davomida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan 2026-yil 5-iyunda berilgan 02/01-01-484 raqamli ma’lumotnoma). Natijada tajriba-sinov obektlaridagi ta’lim jarayoni integrativ modellar asosida talabalarning irodaviy sifatlarini rivojlantirish texnologiyalarining  takomillashuviga xizmat qilgan; 
shaxs irodaviy sifatlarini rivojlantirish nazariyasiga tayangan holda bo‘lajak o‘qituvchilarda qat’iyatlilik, mustaqil qaror qabul qilish, mas’uliyatlilik, o‘zini o‘zi boshqarish va maqsadga intiluvchanlik kabi irodaviy sifatlarni shakllantirish jarayonining yo‘nalishlari, shakl va usullari kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltirilgan va refleksiv-faoliyatli yondashuvlar integratsiyasi asosida takomillashtirilganligiga oid takliflar “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2026-yil 13-maydagi 126 I - son buyrug‘i bilan berilgan 5189-son guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning irodaviy sifatlarini rivojlantirish jarayoni metodik jihatdan boyitilishiga xizmat qilgan.
bo‘lajak o‘qituvchilarning irodaviy sifatlarini rivojlantirish texnologiyasining samaradorligi tajriba-sinov ishlari jarayonida integrativ modelni bosqichma-bosqich joriy etish, monitoring va diagnostik baholash mezonlarini qo‘llash hamda olingan natijalar asosida ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish orqali asoslanganligiga oid amaliy taklif va tavsiyalardan “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2026-yil 13-maydagi 126 I - son buyrug‘i bilan berilgan 5189-son guvohnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik faoliyatda uchraydigan muammo va qiyinchiliklarni engishga bo‘lgan irodaviy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish