Buranova Dildora Ximmatovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi: “Inkor kategoriyasi va uning kommunikativ-funksional, lingvokulturologik tadqiqi (o‘zbek va ingliz mediamatnlari misolida)”, 10.00.13 - Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.3.PhD/Fil1612.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Maxmaraimova Shoxista Tuxtashevna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.Fil.12.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saparboevich, filologiya fanlari doktori, professor;  Lutfullaeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida inkor kategoriyasining lingvomadaniy, lingvokognitiv asoslarda voqelanish imkoniyatlarini aniqlash, ularning milliy ortologik jihatlarini belgilashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek va ingliz tilidagi mediamatnlarda negatsiyani ifodalovchi shakllar tipologik qiyoslanib, ortologik mezonlarga mos kelish jihatlari tahlilga tortilgan hamda ikki til misolidagi inkor ma’nosini ifodalash imkoniyatlari grammatik birliklari va vositalari(leksik-morfologik, sintaktik sathlarda: inkor affikslari, inkor yuklamalari, inkor olmoshlari va ravishlar, inkor bogʻlovchilari, ayrim predloglar va implisit shakllar)ning chogʻishtirma statistikasi misolida yoritilgan;
turli tizimli tillardagi inkorning mantiqiy tabiati yondosh hodisalar (fe’lning bo‘lishsizlik shakli, til birliklari o‘rtasidagi ma’noviy zidlanish (antonimik munosabat), modal so‘zlar, bogʻlovchilar va b.) paradigmasi orqali tahlilga tortilgan hamda hukm (gap qurilmasi) va konsept (leksik ma’no)ga doir inkor shakllarining kategorial farqlar ochib berilgan;
o‘zbek mediamatnlariga o‘zlashayotgan nutqiy inkor shaklli etnostereotiplarning ekspressiv, emotsional, baholovchi komponentlari lingvoaksiologik jihatdan yoritilgan; 
ingliz tilidan farqli, o‘zbek tilida inkor kategoriyasining aksiologik jihatlari to‘liq o‘rganilmagani hamda uning lisoniy maqomi mukammal tasnif etilmagani milliy muloqot modelini jahon andozalari asosida to‘laqonli loyihalashga to‘sqinlik qilayotgani dalillangan hamda inkor aktining muloyim shakllarda ifoda etish hamda pedagogik-pragmatik kompetensiyani shakllantirishga qaratilgan, kontrastiv-lingvopragmatik yondashuvli “Gentle refusal” ilovasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inkor kategoriyasi va uning lingvokulturologik, lingvokognitiv tadqiqi (o‘zbek va ingliz mediamatnlari misolida) bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy natijalari asosida:
o‘zbek va ingliz tilidagi mediamatnlarda negatsiyani ifodalovchi shakllarning tipologik qiyosi, ortologik mezonlarga mos kelish jihatlari hamda ikki til misolidagi inkor ma’nosini ifodalash imkoniyatlari grammatik birliklari va vositalari(leksik-morfologik, sintaktik sathlarda: inkor affikslari, inkor yuklamalari, inkor olmoshlari va ravishlar, inkor bogʻlovchilari, ayrim predloglar va implisit shakllar)ning chogʻishtirma statistikasiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020–2023-yillarda olib borilgan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli grant loyihada (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 22-apreldagi 01/4-1553-son ma’lumotnomasi) korpus lingvistik bazasiga doir nazariy ma’lumotlarni to‘ldirishda nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan;
turli tizimli tillardagi inkorning mantiqiy tabiati yondosh hodisalar (fe’lning bo‘lishsizlik shakli, til birliklari o‘rtasidagi ma’noviy zidlanish (antonimik munosabat), modal so‘zlar, bogʻlovchilar va b.) paradigmasi tahlili,  hukm (gap qurilmasi) va konsept (leksik ma’no)ga doir inkor shakllarining kategorial farqlari, hamda o‘zbek mediamatnlariga o‘zlashayotgan nutqiy inkor shaklli etnostereotiplarning ekspressiv, emotsional, baholovchi komponentlari lingvoaksiologik jihatdan yoritilganligiga oid ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarda olib borilgan PZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” nomli grant loyihasida (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 22-apreldagi 01/4-1554-son ma’lumotnomasi) turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini shakllantirishda foydalanilgan. Tafakkur kategoriyalari hisoblangan tasdiq va inkor hodisalari millatning voqelikni baholash va unga doir hukm chiqarishning etnoxoslangan xususiyati bo‘lib, ularni lingvomadaniy va lingvokognitiv yondashuvda tushuntirishga aloqador xulosalar ushbu platformani yaratishda ilmiy-nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan;
 ingliz tilidan farqli ravishda, o‘zbek tilida inkor kategoriyasining kognitiv jihatlari to‘liq o‘rganilmagani hamda uning lisoniy maqomi mukammal tasnif etilmagani milliy muloqot modelini jahon andozalari asosida to‘laqonli loyihalashga to‘sqinlik qilayotgani dalillangan hamda inkor aktini muloyim shakllarda ifodalash va pedagogik-pragmatik kompetensiyani shakllantirishga qaratilgan, kontrastiv-lingvopragmatik yondashuv asosida ishlab chiqilgan “Gentle Refusal” ilovasidan foydalanish orqali foydalanuvchilarning turli kommunikativ vaziyatlarda inkorni muloyim, vaziyatga mos va suhbatdoshning ijtimoiy-madaniy xususiyatlarini hisobga olgan holda ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyati yaratilgan. Mazkur ilmiy natijalar va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi tarkibidagi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida efirga uzatiladigan “Bir so‘z ta’rifi” va “Boboso‘z” (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi 2026-yil 13-yanvardagi 01-2-/27-son ma’lumotnomasi) dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish