Shokirova Madinabonu Shomurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘qituvchi va ota-ona hamkorligini kengaytirish asosida boshlang‘ich ta’lim samaradorligini ta’minlash mexanizmlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped 8094.
Ilmiy rahbar: Akramova Gulbahor Renatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.13.01.
Rasmiy opponentlar: Mamanazarov Abduhakim Bozorovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; O‘rinova Nilufar Muhammadovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich ta’lim samaradorligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda ularni amaliyotga joriy etishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘qituvchi va ota-ona hamkorligini kengaytirish asosida boshlang‘ich ta’lim samaradorligini ta’minlashning pedagogik imkoniyatlari uning tarkibiy natijalarini oila hamda maktab omillari bilan bog‘lash zaruratidan kelib chiqib, uy sharoitidagi ko‘makka tayanuvchi bilim-ko‘nikma, ota-onaning ta’limiy kutilmasi, qiziqishiga bog‘liq motivatsion, qo‘llab-quvvatlovchi muloqot, rag‘bat ta’sirida qaror topadigan ijtimoiy-emotsional, yagona talab, metodik yo‘naltiruv, refleksiv kuzatuv orqali rivojlanadigan mustaqillik komponentlarini o‘zaro muvofiqlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim samaradorligini ta’minlashda o‘qituvchi va ota-ona hamkorligini kengaytirish jarayonida tizimlilik, metodik aniqlik, mezonli baholash etarlicha qaror topmaganligi o‘quvchi, oila hamda maktab nuqtayi nazarlarini triangulyasion qiyoslash orqali aniqlanib, “Uchbuloq SMART-hamkorlik” texnologiyasi elektron kundalik, onlayn platforma, mobil ilova, videoaloqa, qisqa raqamli yo‘riqnomalar vositasida axborot almashinuv, pedagogik yo‘naltirish, qaytar aloqa, refleksiv tahlil, natijaviy monitoring funksiyalari bilan uyg‘unlashtirish asosida ishlab chiqilgan;
o‘qituvchi va ota-ona hamkorligini kengaytirish asosida boshlang‘ich ta’lim samaradorligini ta’minlash mexanizmining tizimli-funksional modeli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sirlarni yaxlit boshqarish ehtiyoji tufayli, ijtimoiy buyurtma, konseptual yondashuvlarni ifodalovchi maqsadli, DS, MO‘D talablari, qadriyat hamda didaktik resurslarni muvofiqlashtiruvchi mazmuniy, tashkiliy-faoliyatli, kommunikativ-muvofiqlashtiruvchi, diagnostik-refleksiv komponentlarni qamrab oluvchi jarayonli hamda mezonlar, darajalar, yakuniy samarani birlashtiruvchi baholovchi-natijaviy bloklarning funksional integratsiyasi asosida takomillashtirilgan;
o‘qituvchi va ota-ona hamkorligini kengaytirish asosida boshlang‘ich ta’lim sifatidagi o‘zgarishlarni uzlyuksiz aniqlash vositalariga ehtiyoj tufayli, “Oilaviy ta’lim daqiqasi” topshiriqlar kartasi, “Ustoz yo‘riqnomasi” hamkorlik marshruti, “O‘quvchi ovozi” refleksiya varaqasi, “Uchbuloq natija maydoni” monitoring xaritasini motivatsion-qadriyatli, kommunikativ, metodik-faoliyatli, refleksiv-tahliliy, natijaviy mezonlar hamda yuqori, funksional, tayanch, boshlang‘ich darajalar asosidagi diagnostik baholashga tatbiq etish orqali samaradorlik oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘qituvchi va ota-ona hamkorligini kengaytirish asosida boshlang‘ich ta’lim samaradorligini ta’minlash mexanizmlari” mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘qituvchi va ota-ona hamkorligini kengaytirish asosida boshlang‘ich ta’lim samaradorligini ta’minlashning pedagogik imkoniyatlari uning tarkibiy natijalarini oila hamda maktab omillari bilan bog‘lash zaruratidan kelib chiqib, uy sharoitidagi ko‘makka tayanuvchi bilim-ko‘nikma, ota-onaning ta’limiy kutilmasi, qiziqishiga bog‘liq motivatsion, qo‘llab-quvvatlovchi muloqot, rag‘bat ta’sirida qaror topadigan ijtimoiy-emotsional, yagona talab, metodik yo‘naltiruv, refleksiv kuzatuv orqali rivojlanadigan mustaqillik komponentlarini o‘zaro muvofiqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438474-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv qo‘llanma mazmuni o‘quvchilarda motivatsiya, mustaqil fikrlash va mas’uliyatni rivojlantirishda oila hamda maktabning tarbiyaviy-ta’limiy ta’sirini muvofiqlashtirishga doir ilmiy-amaliy materiallar bilan boyitilgan;
boshlang‘ich ta’lim samaradorligini ta’minlashda o‘qituvchi va ota-ona hamkorligini kengaytirish jarayonida tizimlilik, metodik aniqlik, mezonli baholash etarlicha qaror topmaganligi o‘quvchi, oila hamda maktab nuqtayi nazarlarini triangulyasion qiyoslash orqali aniqlanib, “Uchbuloq SMART-hamkorlik” texnologiyasi elektron kundalik, onlayn platforma, mobil ilova, videoaloqa, qisqa raqamli yo‘riqnomalar vositasida axborot almashinuv, pedagogik yo‘naltirish, qaytar aloqa, refleksiv tahlil, natijaviy monitoring funksiyalari bilan uyg‘unlashtirishga oid metodik tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 2-iyundagi 7812-756a-1e77-d26a-9af2-6386-8380-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘qituvchi va ota-onaning faoliyatini dastlabki diagnostikadan yakuniy tahlilgacha bo‘lgan izchil bosqichlarda tashkil etishning amaliy algoritmi yaratilgan;
o‘qituvchi va ota-ona hamkorligini kengaytirish asosida boshlang‘ich ta’lim samaradorligini ta’minlash mexanizmining tizimli-funksional modeli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sirlarni yaxlit boshqarish ehtiyoji tufayli, ijtimoiy buyurtma, konseptual yondashuvlarni ifodalovchi maqsadli, DS, MO‘D talablari, qadriyat hamda didaktik resurslarni muvofiqlashtiruvchi mazmuniy, tashkiliy-faoliyatli, kommunikativ-muvofiqlashtiruvchi, diagnostik-refleksiv komponentlarni qamrab oluvchi jarayonli hamda mezonlar, darajalar, yakuniy samarani birlashtiruvchi baholovchi-natijaviy bloklarning funksional integratsiyasiga doir tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 2-iyundagi 7812-756a-1e77-d26a-9af2-6386-8380-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, ota-onaning uy sharoitidagi ta’limiy ko‘magi, pedagogning metodik yo‘naltiruvi va o‘quvchining faol ishtirokini yagona jarayonda muvofiqlashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
o‘qituvchi va ota-ona hamkorligini kengaytirish asosida boshlang‘ich ta’lim sifatidagi o‘zgarishlarni uzlyuksiz aniqlash vositalariga ehtiyoj tufayli, “Oilaviy ta’lim daqiqasi” topshiriqlar kartasi, “Ustoz yo‘riqnomasi” hamkorlik marshruti, “O‘quvchi ovozi” refleksiya varaqasi, “Uchbuloq natija maydoni” monitoring xaritasini motivatsion-qadriyatli, kommunikativ, metodik-faoliyatli, refleksiv-tahliliy, natijaviy mezonlar hamda yuqori, funksional, tayanch, boshlang‘ich darajalar asosidagi diagnostik baholashga tatbiq etishga oid tavsiyalar umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi tajriba-sinov jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazining 2026-yil 18-maydagi 02/01-01-425-son ma’lumotnomasi). Natijada, ota-onalarning farzand ta’limidagi muntazam ishtiroki, o‘qituvchilarning individual yo‘naltirish faoliyati hamda o‘quvchilarning motivatsion va refleksiv faolligi oshib, tajriba guruhida nazorat guruhiga nisbatan o‘rtacha 11 foiz yuqori natija qayd etilgan.