Eshimov Raxmon Rustamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Elektron ta’lim muhitida kompyuter imitatsion modellar asosida virtual resurslar yaratish va joriy etish metodikasi”, 13.00.06 -Raqamli ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Ped982.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Mamarajabov Mirsalim Elmirzaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01./2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Qayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Abdullaeva Ozoda Safibullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron ta’lim muhitida “Iqtisodiyotda AKT va tizimlari” fanidan kompyuter imitatsion modellar asosida virtual resurslar yaratish va dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Kompyuter imitatsion modellari asosida virtual resurslar yaratishning pedagogik mazmuni konstruktiv-imitatsion modellashtirish talablarining axborotni qayta ishlash (namoyish etuvchi va imitatsion modellashtiruvchi) xususiyatlariga uyg‘unligini ta’minlash, raqamli kollaboratsiyaning tizimli-loyihalash ko‘nikmalariga ta’sirini pedagogik raqamli konsentratsiyaga bog‘liq SWOT-tahlil asosida baholash orqali aniqlashtirilgan;
“Iqtisodiyotda AKT va tizimlari” fanini kompyuter imitatsion modellari asosida o‘qitishning virtual resurslari raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish kontekstida integrativ-funksional texnologiyalar (sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, SMART va GitHub)ning dasturiy interfeys tomonidan qo‘llab-quvvatlanish talablariga muvofiqligini ta’minlovchi, multimodal resurslarni real vaqt rejimida simulyasiya qiluvchi pedagogik raqamli konsentratsiya asosida takomillashtirilgan;
Kompyuter imitatsion modellari asosida “Iqtisodiyotda AKT va tizimlari” fanidan virtual resurslarni joriy etish modeli komponentlarning individuallashtirish elementlari (to‘liqlik, fundamental va amaliy yo‘nalganlik, moslashuvchanlik) hamda transversal deskriptorlarni kasbiy yo‘naltirish va mustaqil ta’lim bilan bog‘lash, “Integratsiyalashgan AKT” va “Loyihaviy imitatsion” mualliflik metodlarining o‘zaro funksional akslanishini ta’minlovchi interpretatsiyalangan konstruktorlarni kiritish orqali takomillashtirilgan;
“Iqtisodiyotda AKT va tizimlari” fanini o‘qitish metodikasi kasbga yo‘naltirilgan mazmun asosida virtual resurslarda integratsiyalashgan texnologiyalarni qo‘llash, nostandart keyslarni iSpring QuizMaker dasturida loyihalash hamda bilimlarni baholashni sun’iy intellekt tizimida modellashtirish asosida adaptiv qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
“Iqtisodiyotda AKT va tizimlari” fanini kompyuter imitatsion modellari asosida o‘qitish samaradorligi kasbiy axborotlarni motivatsion-kognitiv, kreativ-ijodiy, faoliyatli-amaliy va kasbiy-refleksiv jihatdan tahlil qilish hamda qayta ishlash asosida, https://econet.uz/ dasturiy ta’minotidan foydalanish orqali ta’lim jarayonini optimallashtirish, virtual loyihalash, natijalarni monitoring qilish hamda talaba–o‘qituvchi–resurs integrativligini ta’minlash orqali oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron ta’lim muhitida kompyuter imitatsion modellari asosida virtual resurslar yaratish va joriy etish metodikasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Kompyuter imitatsion modellari asosida virtual resurslar yaratishning pedagogik mazmunini konstruktiv-imitatsion modellashtirish talablarining axborotni qayta ishlash (namoyish etuvchi va imitatsion modellashtiruvchi) xususiyatlariga uyg‘unligini ta’minlash, raqamli kollaboratsiyaning tizimli-loyihalash ko‘nikmalariga ta’sirini pedagogik raqamli konsentratsiyaga bog‘liq SWOT-tahlil asosida baholashga oid takliflar “Elektron ta’lim muhitida kompyuter imitatsion modellari asosida virtual resurslar yaratish va joriy etish texnologiyalari” nomli monografiya mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 11-iyuldagi 22-01-204/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada iqtisodiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida kompyuter imitatsion modellari asosida o‘qitishning didaktik imkoniyatlari — konstruktivlik, informatsion, imitatsion va kompyuter imitatsion modellashtirish yondashuvlari kengaytirilgan;
“Iqtisodiyotda AKT va tizimlari” fanini kompyuter imitatsion modellari asosida o‘qitishning virtual resurslarini raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish kontekstida integrativ-funksional texnologiyalar (sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, SMART va GitHub)ning dasturiy interfeys tomonidan qo‘llab-quvvatlanish talablariga muvofiqligini ta’minlovchi, multimodal resurslarni real vaqt rejimida simulyasiya qiluvchi pedagogik raqamli konsentratsiya asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va unga xizmat ko‘rsatish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 11-iyuldagi 22-01-204/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning virtual resurslar bilan ishlash, integrativ texnologiyalardan foydalanish kompetensiyalari hamda dasturiy vositalar bilan ishlash malakalari rivojlangan;
Kompyuter imitatsion modellari asosida “Iqtisodiyotda AKT va tizimlari” fanidan virtual resurslarni joriy etish modelini komponentlarning individuallashtirish elementlari (to‘liqlik, fundamental va amaliy yo‘nalganlik, moslashuvchanlik) hamda transversal deskriptorlarni kasbiy yo‘naltirish va mustaqil ta’lim bilan bog‘lash, “Integratsiyalashgan AKT” va “Loyihaviy imitatsion” mualliflik metodlarining o‘zaro funksional akslanishini ta’minlovchi interpretatsiyalangan konstruktorlarni kiritish orqali takomillashtirishga oid takliflar “Iqtisodiyotda AKT va tizimlari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 11-iyuldagi 22-01-204/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning axborot-kommunikatsion kompetensiyalarni chuqur egallashi, real iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va ularni virtual muhitda modellashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
“Iqtisodiyotda AKT va tizimlari” fanini o‘qitish metodikasini kasbga yo‘naltirilgan mazmun asosida virtual resurslarda integratsiyalashgan texnologiyalarni qo‘llash, nostandart keyslarni iSpring QuizMaker dasturida loyihalash hamda bilimlarni baholashni sun’iy intellekt tizimida modellashtirish asosida adaptiv qo‘llash orqali takomillashtirishga oid takliflar “Elektron ta’lim muhitida kompyuter imitatsion modellari asosida virtual resurslar yaratish va joriy etish texnologiyalari” nomli monografiya mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 11-iyuldagi 22-01-204/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning iqtisodiy bilimlari hamda econet.uz platformasidan foydalanish asosida imitatsion modellar yaratish malakalari rivojlangan;
Kompyuter imitatsion modellari asosida “Iqtisodiyotda AKT va tizimlari” fanini o‘qitish samaradorligini kasbiy axborotlarni motivatsion-kognitiv, kreativ-ijodiy, faoliyatli-amaliy va kasbiy-refleksiv jihatdan tahlil qilish hamda qayta ishlash, https://econet.uz/ dasturiy ta’minotidan foydalanish orqali ta’lim jarayonini optimallashtirish, virtual loyihalash, natijalarni monitoring qilish va talaba–o‘qituvchi–resurs integrativligini ta’minlash asosida oshirishga oid tavsiyalar “Elektron ta’lim muhitida kompyuter imitatsion modellari asosida virtual resurslar yaratish va joriy etish texnologiyalari” nomli monografiya mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 11-iyuldagi 22-01-204/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning kompyuter imitatsion modellari asosidagi virtual resurslardan foydalanib, laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish malakalari rivojlangan.