Borotov Fayzullo Shukurovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.  Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini raqamlashtirishning dasturiy ta’minotini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish», 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
 Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.3.PhD/Ped8450.
 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
 Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
 Rasmiy opponentlar: Kayumova Nasibaxon Ashurovna, pedagogika fanlari doktori (DSc); To‘raev Ro‘ziboy Norich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
 Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
 II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini raqamlashtirishning dasturiy ta’minotini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
 III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
 bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini raqamlashtirishning pedagogik imkoniyatlari raqamli transformatsiya jarayonini zamonaviy moslashuvchan modulli tuzilmaga kognitiv faoliyat va o‘quv strategiyalarini integratsiyalash, raqamli platforma muhitini kasbiy-texnik kompetensiyalar bilan bog‘lashni empirik baholash asosida aniqlashtirilgan;
 integrativ yondashuv asosida bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini raqamlashtirishning dasturiy ta’minoti kasbiy o‘quv faoliyatini adaptiv va intellektual ta’lim muhitiga modifikatsiyalash, muhandislik fanlarini o‘zlashtirishni interaktivlik, tarmoqlilik va o‘zaro moslashuvchanlikni ta’minlovchi modulli-dasturiy platforma komponentlariga mos loyihalashtirish asosida takomillashtirilgan;
 dasturiy ta’minot vositasida bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish modeli “Sanoat inqilobi” talablarini muhandislar tayyorlash strategiyalariga muvofiqlashtirish, integrativ yondashuvning maqsadli-amaliy-shaxsga yo‘naltirilganlik xususiyatlariga adaptivligini ta’minlash va raqamli simulyasiyalash asosida takomillashtirilgan;
 bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini raqamlashtirishning integratsiyalashgan dasturiy ta’minotidan foydalanish metodikasi interfaol o‘quv muhitini enginepro.uz platformasiga transformatsiyalash, metodik tizimni loyiha, analitik tahlil va integrativ usullar uyg‘unligiga ratsionallashtirish, baholash tizimini analitik o‘qitish orqali monitoringlash asosida optimallashtirilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini raqamlashtirishning dasturiy ta’minotini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
 bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini raqamlashtirishning pedagogik imkoniyatlarini raqamli transformatsiya jarayonini zamonaviy moslashuvchan modulli tuzilmaga kognitiv faoliyat va o‘quv strategiyalarini integratsiyalash, raqamli platforma muhitini kasbiy-texnik kompetensiyalar bilan bog‘lashni empirik baholash asosida resurslar bilan boyitish orqali aniqlashtirishga oid takliflar “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 11-iyuldagi 22-01-192/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligining motivatsion-aksiologik jihati rivojlantirilib, raqamli texnologiyalardan kasbiy faoliyatda foydalanishga bo‘lgan qiziqishi, kasbiy faoliyatga mas’uliyatli va innovatsion yondashuvi shakllantirilgan;
 integrativ yondashuv asosida bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini raqamlashtirishning dasturiy ta’minoti kasbiy o‘quv faoliyatini adaptiv va intellektual ta’lim muhitiga modifikatsiyalash, muhandislik fanlarini o‘zlashtirishni interaktivlik, tarmoqlilik va o‘zaro moslashuvchanlikni ta’minlovchi modulli-dasturiy platforma komponentlariga mos loyihalashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 11-iyuldagi 22-01-192/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligining kognitiv-intellektual jihati rivojlantirilib, kasbiy bilimlarni raqamli axborot resurslari asosida izlash, qayta ishlash, tizimlashtirish va muhandislik masalalarini nazariy jihatdan tahlil qilish ko‘nikmalari takomillashtirilgan;
 dasturiy ta’minot vositasida bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish modeli “Sanoat inqilobi” talablarini muhandislar tayyorlash strategiyalariga muvofiqlashtirish, integrativ yondashuvning maqsadli-amaliy-shaxsga yo‘naltirilganlik xususiyatlariga adaptivligini ta’minlash va raqamli simulyasiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 11-iyuldagi 22-01-192/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligining amaliy-faoliyatli jihati rivojlantirilib, raqamli dasturiy vositalar yordamida muhandislik jarayonlarini modellashtirish, loyihalash, algoritmlashtirish hamda kasbiy masalalarni integrativ yondashuv asosida hal etish kompetensiyalari rivojlantirilgan;
 bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini raqamlashtirishning integratsiyalashgan dasturiy ta’minotidan foydalanish metodikasi interfaol o‘quv muhitini enginepro.uz platformasiga transformatsiyalash, metodik tizimni loyiha, analitik tahlil va integrativ usullar uyg‘unligiga ratsionallashtirish, baholash tizimini analitik o‘qitish orqali monitoringlash asosida optimallashtirishga oid takliflar “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 11-iyuldagi 22-01-192/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligining refleksiv-baholash jihati rivojlantirilib, raqamli muhitda bajarilgan kasbiy faoliyat natijalarini tahlil qilish, o‘z-o‘zini baholash, xatolarni aniqlash va kasbiy rivojlanish yo‘nalishlarini mustaqil belgilash ko‘nikmalari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish