Burxonova Gulyora Muzaffar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Sanguisorba minor subsp. balearica o‘simligining kimyoviy tarkibi va biologik faolligi asosida tovar mahsuloti olish”, 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/K1198.
Ilmiy rahbarlar: Matchanov Alimjon Davlatboevich, kimyo fanlari doktori, professor; Xo‘jaev Vahobjon Umarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.K.10.06.
Rasmiy opponentlar: Mamatqulova Surayyoxon Abdusamatovna, kimyo fanlari doktori, professor; Kamolov Luqmon Sirojiddinovich,kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston hududida o‘suvchi Sanguisorba minor subsp. balearica o‘simligining kimyoviy tarkibi va biologik faolligini kompleks o‘rganish, uning er ustki organlari asosida biologik faol qo‘shimcha ishlab chiqish hamda mahsulotni TIF TN bo‘yicha sinflashni ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Respublikamiz Fargona viloyati hududida o‘suvchi Sanguisorba minor subsp. balearica o‘ilk bor Respublikamizning Namangan va Fargona viloyati hududlarida o‘suvchi Sanguisorba minor subsp. balearica o‘simligining er ustki va er ostki qismlarining kompleks kimyoviy tarkibi zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida o‘rganilib, tarkibida 19 ta aminokislota, 6 flavonoidlar, 6 suvda eruvchan vitaminlar hamda 25 ta makro va mikroelementlar mavjudligi aniqlangan;
yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YuSSX) va IBP-OES usullari yordamida Sanguisorba minor subsp. balearica o‘simligining turli vegetatsiya bosqichlarida biologik faol moddalarning miqdoriy taqsimlanishi baholanib, flavonoidlarning maksimal miqdori gullash fazasidagi er ustki qismida to‘planishi ilmiy jihatdan asoslangan;
Sanguisorba minor subsp. balearica o‘simligidan turli erituvchilar asosida olingan ekstraktlarning spesifik biologik faolligi o‘rganilib, polifenollarga boy fraksiyalarning yuqori gemostatik faollikka ega ekanligi aniqlangan hamda biologik faollik bilan kimyoviy tarkib o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslab berilgan;
Sanguisorba minor subsp. balearica o‘simligi er ustki qismi asosida “SAN-GUL TEA” nomli biologik faol choy kompozisiyasi ishlab chiqilib, uning texnologiyasi, organoleptik ko‘rsatkichlari, xavfsizlik mezonlari va standartlashtirish ko‘rsatkichlari ilmiy asoslangan;
SAN-GUL TEA biologik faol qo‘shimchasi uchun TIF TN qoidalariga muvofiq tovar kodi olinib, mahsulotni sertifikatlash va amaliyotga joriy etish bo‘yicha texnik hujjatlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanguisorba minor subsp. balearica o‘simligidan kimyoviy birikmalari, biologik faolligini tekshirish va gemostatik vosita ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Sanguisorba minor subsp. balearica va Achillea millefolium ekstraktlari asosida gemostatik “SAN-GUL TEA” biologik faol qo‘shimchasi (BFQ) uchun Ty004701919-01:2026-sonli Texnologik yo‘riqnoma tasdiqlanib, ishlab chiqarishga joriy etilgan (Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasining 2026-yil 2-maydagi 029016-sonli xulosasi). Natijada, qon to‘xtatish xususiyatiga ega bo‘lgan biologik faol qo‘shimcha ishlab chiqarish imkonini bergan;
mahsulot uchun 2106 90 990 0 TIF TN kodi belgilangan va Bojxona qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (2026-yil 25-maydagi 01-29/5-1467-sonli maʼlumotnoma). Natijada, eksport va import jarayonlarida o‘simlik ekstraktlari asosida ishlab chiqilgan mahsulotlarni tasniflashni soddalashtirish hamda boj to‘lovlarini to‘g‘ri belgilash imkonini bergan.