Igilikov Jaqsiliq Joldasbaevchning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jinoyat protsessida ishni sudga qadar ish yuritish bosqichida iltimosnoma va shikoyatlar instituti shaxs huquqlarini himoya qilish usuli sifatida” mavzusidagi, 12.00.09 - Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Yu1249
Ilmiy rahbar:Najimov Miratdiyin Shamshetdinovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc07/2025.27.12.Yu.01.04
Rasmiy opponentlar: Murodov Baxtiyor Baxodirovich – yuridik fanlar doktori, professor; Botaev Murod Djumanshikovich – yuridik fanlar falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlarini himoya qilishda iltimosnoma va shikoyatlar institutining samaradorligini oshirishga qaratilgan nazariy xulosalar, ilmiy takliflar hamda amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomani surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi yakka tartibda ko‘rib chiqishi zarurligi asoslab berildi, shuningdek mazkur sudning sudyasi bo‘lmagan yoxud uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda ushbu iltimosnomani yuqori turuvchi sud raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasiga topshirish protsessual mexanizmi asoslantirilgan;
tergovchi yoki surishtiruvchi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va fuqaroviy javobgarning mol-mulkini xatlash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida, unda mazkur protsessual majburlov chorasini qo‘llash uchun aniq asoslarni bayon etgan holda, asoslantirilgan qaror chiqarishi zarurligi to‘g‘risidagi qoida asoslantirilgan;
mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomani surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi tuman (shahar) sudining tergov sudyasi yakka tartibda ko‘rib chiqishi maqsadga muvofiqligi asoslab berildi, shuningdek uni tergov yuritilayotgan joydagi sudya tomonidan ko‘rib chiqish imkoni bo‘lmagan taqdirda boshqa sudning tergov sudyasiga topshirish protsessual mexanizmi asoslantirilgan;
mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish natijasida chiqariladigan yakuniy sud hujjatining protsessual shakliga (mol-mulkni xatlash yoki uni xatlashni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqarish) doir qoidalar asoslab berildi, shuningdek garov reestriga tegishli yozuvlarni kiritishning aniq protsessual muddatlari – surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan iltimosnomani qo‘zg‘atish haqida qaror chiqarilganidan keyin bir kun ichida, sud ajrimi chiqarilganidan keyin esa uch sutka ichida – asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jinoyat protsessida ishni sudga qadar ish yuritish bosqichida iltimosnoma va shikoyatlar institutini tadqiq etish yuzasidan olingan natijalar asosida:
ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo‘lmagan yoxud ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqilishi to‘g‘risidagi taklif Jinoyat-protsessual kodeksining
1213-moddasining birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 21-maydagi №9/dn-104-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi tergov davrida ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda sud nazoratini ta’minlashga hamda ishtirokchilarning protsessual huquqlarini kafolatlashga xizmat qilgan;
mol-mulkni xatlash bo‘yicha tergovchi yoki surishtiruvchi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va fuqaroviy javobgarning mol-mulkini xatlash haqida iltimosnoma qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarib, unda mazkur protsessual harakatni o‘tkazish asoslarini bayon etishi to‘g‘risidagi taklif Jinoyat-protsessual kodeksining
290-moddasining birinchi qismini yangi tahrirda ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 21-maydagi №9/dn-104-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi tergov bosqichida mol-mulkni xatlash bilan bog‘liq protsessual normalarning takomillashtirilishiga, shuningdek shaxsning mulk daxlsizligi huquqlari kafolatlarining yanada kuchaytirilishiga xizmat qilgan;
mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo‘lmagan yoxud mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqilishi to‘g‘risidagi taklif Jinoyat-protsessual kodeksining 2901-moddasining birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 21-maydagi №9/dn-104-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi tergov davrida mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomalarning tergov sudyalari tomonidan qonuniy, xolis va tezkor ko‘rib chiqilishini ta’minlash, shuningdek, mulkiy huquqlarga noqonuniy aralashuvlarning oldini olishga xizmat qilgan;
sudya mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, mol mulkni xatlash to‘g‘risida yoki mol-mulkni xatlashni rad etish haqida ajrim chiqarishi hamda mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomani qo‘zg‘atish haqidagi qaror chiqarilganidan keyin surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan garov reestriga bir kun ichida tegishli yozuv kiritilishi, mol-mulkni xatlash to‘g‘risida sud ajrimi chiqarilganidan keyin esa qonunchilikka muvofiq vakolatli bo‘lgan organlar tomonidan uch sutka ichida shunday yozuv kiritilishi mumkinligi to‘g‘risidagi takliflar Jinoyat-protsessual kodeksining 2902-moddasining birinchi va beshinchi qismlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 21-maydagi №9/dn-104-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi sud tomonidan mol-mulkni xatlash masalalarini hal etishda protsessual tartiblarning aniq va izchil amalga oshirilishini ta’minlash hamda garov reestriga tegishli yozuvlar kiritilishi bo‘yicha muayyan muddatlarning belgilanishi orqali huquqiy aniqlik va shaffoflikni kuchaytirishga xizmat qilgan.