Yuldashxodjaev Xaydar Xashimxanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Musoxon Dahbidiyning falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlari”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Fal212
Ilmiy maslahatchi: Navruzova Gulchixra Nigmatovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.08.02.
Rasmiy opponentlar: Xolmo‘minov Ja’far Muhammadievich, falsafa fanlari doktori, professor; Sharipova Oygul Tursunovna, falsafa fanlari doktori, professor; Samadov Xurshid Ulmasjonovich, falsafa fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Musoxon Dahbidiyning ta’limotidagi falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlarning o‘ziga xos xususiyatlarni ochib berishdan iborat. o‘ziga xos xususiyatlarni ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Musoxon Dahbidiyning “ad-Durrul maknun” asaridagi vahdatul vujud va vahdatush shuhudga oid borliqning yagonaligi, Haq va xalq munosabati, ilohiy tajalli kabi ontologik g‘oyalari hamda “Zubdatul haqoiq” asaridagi husuliy (orttirilgan, erishilgan) ilm ofoqqa (tashqi olam) tegishli, huzuriy (Alloh tomonidan berilgan ilm) ilm esa anfus (ichki olam)ga tegishli ekanligi asoslab berilgan;
Vahdatul vujud (Muhyiddin ibn Arabiy) va vahdatush shuhud (Ahmad Sirhindiy) konsepsiyalarining Allohning birligi va yakkaligi kabi umumiylik belgilari hamda qavliy, ilmiy va amaliy tavhidga oid xususiylik jihatlari, lafzi turlicha bo‘lishiga qaramay ma’nosi dialektik yaxlit ekanligi Musoxon Dahbidiyning “Ad-Durrul maknun” asaridagi g‘oyalar asosida dalillangan;
Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy hamda Bahouddin Naqshband asarlarida uchramagan “ruh” yoki “nafs” tadrijiy taraqqiyotining ranglar orqali tasvirlash, qalb latifasining rangi sanuvbariy (shaffof), qalb nuri sariq, ruh latifasining rangi qizil, xafiy latifasining rangi qora, ixfo latifasining rangi yashil rangda belgilash tendensiyasi Musoxon Dahbidiy  Najmiddin Kubroning zangori rang solikning tavba qilib tariqatga qadam qo‘ygani, sariq rangda solikning Alloh yodi bilan yashashi, qizil rang solikning ruhi vujudidan ajrala boshlagani, ma’rifatga yaqinlashgani, oq rang yurakning poklanishiga ishora kabi “nafs” ranglari xususidagi ta’limoti bilan qiyoslashtirilgan;
mutasavvifning tavba, rizo, tavajjuh, muroqaba, muhabbat, tajalli va mahbubga oid qarashlari hamda maqomlarning inson ma’naviy rivojlanishidagi o‘rni, shuningdek, “Navodirul maorif” asaridagi shariat, tariqat va ma’rifat ta’limoti, halol luqma, nafsni tarbiyalash, tana va ruh, yaxshilik va yomonlikka oid qarashlarining quyidagi antropologik (tavba orqali o‘zini axloqiy baholash, rizo orqali ichki ruhiy xotirjamlikka erishish) va axloqiy-prakseologik (halol luqma bilan yashash, nafsni tarbiyalash, xulq-atvorni nazorat qilish, yaxshilikni amaliy faoliyat mezoniga aylantirish) kabi xususiyatlari ochib berilgan;
Naqshbandiya-mujaddidiya tariqatining siyosiy munosabatlarga aralashuvi, hukmdor va xalq o‘rtasidagi majburiyatlarni amalga oshirishda Musoxon Dahbidiyning faoliyati hamda “Navodirul maorif” asarida ilgari surilgan riyo, kibr, manmanlikka oid salbiy illatlarga qarshi kurashish, ilm-ma’rifatli bo‘lish, hushyorlik ruhiyatini shakllantirish kabi qarashlarining “ustoz va shogird” tizimini joriy etishda va ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishda ahamiyati asoslangan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Musoxon Dahbidiyning falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlarining ahamiyatini hamda ularning yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdagi o‘rnini asoslab berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Musoxon Dahbidiyning “ad-Durrul maknun” asaridagi vahdatul vujud va vahdatush shuhudga oid borliqning yagonaligi, Haq va xalq munosabati, ilohiy tajalli kabi ontologik g‘oyalari hamda “Zubdatul haqoiq” asaridagi husuliy (orttirilgan, erishilgan) ilm ofoqqa (tashqi olam) tegishli, huzuriy (Alloh tomonidan berilgan ilm) ilm esa anfus (ichki olam)ga tegishli ekanligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining diniy-ma’rifiy jarayonlarni ilmiy asoslash, tasavvuf ta’limotining ilmiy asoslangan g‘oyalarini targ‘ib qilish hamda diniy ta’lim muassasalari uchun ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2025-yil 13-oktyabrdagi 02-02/02/1/2797-son ma’lumotnomasi). Natijada, Musoxon Dahbidiy merosidagi ontologik va gnoseologik g‘oyalarni diniy-ma’rifiy ta’lim mazmuniga ilmiy asosda kiritish hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari uchun uslubiy tavsiyalar tayyorlashning manbaviy bazasini kengaytirishga xizmat qilgan;
Vahdatul vujud (Muhyiddin ibn Arabiy) va vahdatush shuhud (Ahmad Sirhindiy) konsepsiyalarining Allohning birligi va yakkaligi kabi umumiylik belgilari hamda qavliy, ilmiy va amaliy tavhidga oid xususiylik jihatlari, lafzi turlicha bo‘lishiga qaramay ma’nosi dialektik yaxlit ekanligi (Musoxon Dahbidiyning “Ad-Durrul maknun” asari asosida)ga oid g‘oyalar va ilmiy natijalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining faoliyatida, xususan, buyurtma asosidagi “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi” ensiklopedik kitobi mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025-yil 7-dekabrdagi 02/476-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarixiy-falsafiy merosga oid ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy kontenti yangi qiyosiy-falsafiy ma’lumotlar bilan boyitilgan va markazining ilmiy-amaliy materiallar bazasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy hamda Bahouddin Naqshband asarlarida uchramagan “ruh” yoki “nafs” tadrijiy taraqqiyotining ranglar orqali tasvirlash, qalb latifasining rangi sanuvbariy (shaffof), qalb nuri sariq, ruh latifasining rangi qizil, xafiy latifasining rangi qora, ixfo latifasining rangi yashil rangda belgilash tendensiyasi Musoxon Dahbidiy  Najmiddin Kubroning zangori rang solikning tavba qilib tariqatga qadam qo‘ygani, sariq rangda solikning Alloh yodi bilan yashashi, qizil rang solikning ruhi vujudidan ajrala boshlagani, ma’rifatga yaqinlashgani, oq rang yurakning poklanishiga ishora kabi “nafs” ranglari xususidagi ta’limoti bilan qiyoslashtirilganligi bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ilmiy loyiha va ilmiy-nashriyot faoliyatida, xususan, “Islomning Markaziy Osiyoga yoyilishi: Movarounnahrda diniy-ma’naviy va ilmiy-madaniy markazlarning shakllanishi va rivojlanishi” loyihasi doirasida tayyorlangan “Movarounnahr ilmiy markazlari” albom-kitobini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2025-yil 14-oktyabrdagi 05-14/480-son ma’lumotnomasi.) Natijada, “Movarounnahr ilmiy markazlari” albom-kitobining mazmuni Xojagon-Naqshbandiya an’anasi va Musoxon Dahbidiy merosiga oid tarixiy-falsafiy materiallar bilan boyitilib, IX-XII asrlardan keyingi mintaqaviy ilmiy-ma’naviy vorisiylikni yoritishga xizmat qilgan;
mutasavvifning tavba, rizo, tavajjuh, muroqaba, muhabbat, tajalli va mahbubga oid qarashlari hamda maqomlarning inson ma’naviy rivojlanishidagi o‘rni, shuningdek, “Navodirul maorif” asaridagi shariat, tariqat va ma’rifat ta’limoti, halol luqma, nafsni tarbiyalash, tana va ruh, yaxshilik va yomonlikka oid qarashlarining quyidagi antropologik (tavba orqali o‘zini axloqiy baholash, rizo orqali ichki ruhiy xotirjamlikka erishish) va axloqiy-prakseologik (halol luqma bilan yashash, nafsni tarbiyalash, xulq-atvorni nazorat qilish, yaxshilikni amaliy faoliyat mezoniga aylantirish) kabi xususiyatlariga yangiliklar va xulosalardan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining mutafakkirlar ilmiy-ma’naviy merosini tadqiq etish, ma’naviy-axloqiy tarbiya uchun ilmiy-uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish hamda ilmiy-amaliy materiallar bazasini shakllantirish faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025-yil 9 oktyabrdagi 01/12-212-son ma’lumotnomasi). Natijada, markazning tasavvufiy-antropologik, axloqiy hamda ijtimoiy-siyosiy merosga oid ilmiy-uslubiy materiallari bazasi Musoxon Dahbidiy qarashlariga oid yangi tarixiy-falsafiy xulosalar bilan kengaytirishga xizmat qilgan;
Mutasavvif ta’limotidaasosida tavba, rizo, tavajjuh, muraqaba, muhabbat, tajalli, mahbub qarashlari va maqomlarning inson ma’naviy rivojlanishidagi o‘rni tahlil qilingan hamda “Navodirul maorif” asaridagi shariat, tariqat, ma’rifat ta’limoti va halol luqma, nafsni tarbiyalash, tana va ruh, yaxshilik va yomonlik kabi axloqqa oid qarashlari ochib berilgan. Natijada, Musoxon Dahbidiy risolalarida ilgari surilgan ushbu ilmiy yangiligi, nazariy xulosalari, metodologik hamda amaliy takliflardan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining ilmiy-amaliy materiallar bazasini takomillashtirishda keng tatbiq etilgan.
Naqshbandiya-mujaddidiya tariqatining siyosiy munosabatlarga aralashuvi, hukmdor va xalq o‘rtasidagi majburiyatlarni amalga oshirishda Musoxon Dahbidiyning faoliyati hamda “Navodirul maorif” asarida ilgari surilgan riyo, kibr, manmanlikka oid salbiy illatlarga qarshi kurashish, ilm-ma’rifatli bo‘lish, hushyorlik ruhiyatini shakllantirish kabi qarashlarining “ustoz va shogird” tizimini joriy etishda va ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishda ahamiyatiga oid natijalardan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining ma’naviy-ma’rifiy va tarixiy-madaniy mavzudagi televizion ko‘rsatuvlarni tayyorlashda, jumladan, “Assalom Buxoro”, “Shukrona” va “Moziydan sado” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan  televideniening ilmiy-amaliy materiallar bazasini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 10-oktyabrdagi 01-09-232-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlarning tarixiy-falsafiy va ma’naviy-ma’rifiy mazmuni birlamchi ilmiy xulosalar bilan boyitilib, Musoxon Dahbidiy merosini ommaviy auditoriyaga ilmiy asosda yetkazishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish