Allanazarova Dilafruz Abdug‘ani qizining 
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda transport sohasidagi davlat boshqaruvining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish”, “12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2PhD/Yu2348.
Ilmiy rahbar: Esemuratov Alisher Izbasarovich, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, PhD.10/2026.08.05.Yu.01.10.
Rasmiy opponentlar: Xolbutaev Abdug‘ani Abduraximovich, yuridik fanlari doktori, Berdimuratova Gulnaz Muratovna, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda transport sohasidagi davlat boshqaruvining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
transport sohasidagi davlat boshqaruvida nazorat vakolatlarini aniq chegaralash maqsadida yo‘l obektlarini qurish hamda ulardan foydalanish ustidan nazoratni Transport nazorati inspeksiyasining vakolatiga kiritish orqali nazorat funksiyasini sohaviy mezon bo‘yicha taqsimlash zarurati asoslangan;
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish borasidagi talablarning bajarilishi ustidan nazoratni transport turi mezoni asosida sohaviy vakolatli organlar – Fuqaro aviatsiyasi agentligi va Transport nazorati inspeksiyasi o‘rtasida taqsimlash orqali faoliyatning uzlyuksizligini va samaradorligini ta’minlash lozimligi isbotlangan;
yo‘l infratuzilmasi obektlarida qurilish ishlarini olib borish, yo‘l obektini har qanday ko‘rinishda ta’mirlash, buzish, qazish, o‘zgartirish yoki rekonstruksiya qilishni ruxsat berish tartib-taomili doirasiga kiritish hamda kommunikatsiya tarmoqlaridagi avariya va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda ruxsatnoma beruvchi subekt sifatida tuman (shahar) hokimligini belgilash zarurati isbotlab berilgan;
avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarning qurilishi hamda rekonstruksiyasi tugallangan yo‘l obektidan foydalanish uchun ruxsatnoma institutini joriy etish va mazkur vakolatni Transport nazorati inspeksiyasining hududiy bo‘linmalariga yuklash orqali yo‘l obektining hayotiy sikli bosqichlarida davlat boshqaruvining uzlyuksiz huquqiy ta’sirini ta’minlash lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilmiy tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
transport sohasidagi davlat boshqaruvida nazorat vakolatlarining takrorlanishini bartaraf etish, yo‘l obektlarini qurish ustidan nazoratni Transport nazorati inspeksiyasining vakolatiga kiritish hamda uni qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi nazorat organlari vakolatlaridan aniq chegaralashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 
5-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1118-son Qonunining 1-moddasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 99-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2026-yil 13-iyuldagi 
3/dn-125-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi transport sohasidagi nazorat funksiyasini sohaviy mezon bo‘yicha taqsimlash va idoralararo vakolat ziddiyatlarini bartaraf etishga xizmat qilgan;
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyati bajarilishi ustidan davlat nazoratini transport turi mezoni asosida sohaviy vakolatli organlar o‘rtasida taqsimlashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi O‘RQ-1118-son Qonunining 2-moddasi bilan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-386-son Qonuni 22-moddasining birinchi qismini yangi tahrirda ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2026-yil 13-iyuldagi 3/dn-125-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi sug‘urta majburiyati bajarilishi ustidan davlat nazoratining uzlyuksizligini hamda nazoratni amalga oshiruvchi subektlar doirasi to‘liqligini ta’minlashga xizmat qilgan;
yo‘l infratuzilmasi obektlarida qurilish ishlarini olib borish, yo‘l obektini ta’mirlash, buzish, qazish, o‘zgartirish yoki rekonstruksiya qilish ishlarini ruxsat berish tartib-taomili doirasiga kiritish va kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda ruxsatnoma beruvchi subektni belgilashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi 
O‘RQ-1118-son Qonunining 3-moddasi bilan “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘RQ-701-son Qonunining 2-ilovasi 126-pozisiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2026-yil 13-iyuldagi 3/dn-125-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi yo‘l obektlarida bajariladigan ishlar ustidan dastlabki davlat nazoratini joriy etish va ruxsat berish tartib-taomillarining differensial modelini mustahkamlashga xizmat qilgan;
qurilishi va rekonstruksiyasi tugallangan avtomobil yo‘llari hamda sun’iy inshootlardan foydalanish uchun ruxsatnoma institutini joriy etish va mazkur vakolatni Transport nazorati inspeksiyasining hududiy bo‘linmalariga yuklashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi O‘RQ-1118-son Qonunining 3-moddasi bilan “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘RQ-701-son Qonunining 2-ilovasi 127-pozisiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2026-yil 13-iyuldagi 3/dn-125-son dalolatnomasi). Taklifning joriy etilishi yo‘l obektining hayotiy sikli bosqichlarida davlat boshqaruvining uzlyuksiz huquqiy ta’sirini ta’minlash va foydalanishga topshirish bosqichida xavfsizlik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish