Abdullaev Xurshidjon Nazrullo o‘g‘lining
doktori (DSc) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalarda ekologık audıt o‘tkazısh metodologıyasını takomılashtırısh”, 08.00.08- “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Iqt1056  
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Karimov Akram Abbasovich 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/2025.27.12.I.27.01
Rasmiy opponentlar: Urazov Komil Baxramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rizaev Nurbek Qodirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot:   O‘zbekiston Respublikasi Bank moliya akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 
Yashil iqtisodiyot sharoitida turli mulkchilik shaklidagi sanoat korxonalari faoliyatida ekologik audit o‘tkazishni metodologik amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekologik audit borasida turli mualliflarning fikrlarini tahlil qilish asosida “ekologik audit” tushunchasi ta’rifi takomillashtirilib, unda ekologik auditning moliyaviy auditdan farqli ravishda moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini emas, balki ekologik risklar, ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishi, resurslardan foydalanish samaradorligi, ESG tamoyillariga muvofiqligi va korxonaning ekologik boshqaruv tizimi samaradorligini kompleks baholashga qaratilgan strategik boshqaruv instrumenti ekanligi asoslab berilgan;
Korxonalarda ekologik auditni o‘tkazishning amaldagi uslubiy yondashuvlari tahlili asosida ekologik auditning standartlashtirilgan uch bosqichli, riskka va natijaga yo‘naltirilgan hamda raqamli dalillarga tayanuvchi metodologiyasi ishlab chiqilib, uning mavjud metodikalardan farqli jihati audit jarayonlarini yagona algoritm asosida tizimlashtirishi, ekologik risklarni ustuvorlik darajasiga ko‘ra baholashi, raqamli monitoring va elektron dalillardan foydalanishni nazarda tutishi hamda audit xulosalarining ishonchliligi, obektivligi va amaliy samaradorligini oshirishni taʻminlashi bilan ilmiy asoslangan;
Hududlarda suv resurslari taqchilligi darajasi va korxonalarning suvdan foydalanish ko‘rsatkichlarini qiyosiy baholash asosida hududiy suv tanqisligiga moslashtirilgan ekologik audit muvofiqlik indeksidan foydalanish zarurligi asoslangan;
Korxonalarda ekologik auditning natijadorligini kompleks baholash uchun “ekosamaradorlik indeksi (ESI)” hamda ekologik, iqtisodiy va resurs samaradorligi mezonlariga asoslangan indikatorlar tizimi ishlab chiqilgan;
Korxonalarning ekologik faoliyati natijadorligini kompleks baholash uchun “ekologik ball” tizimi va ekologik reytingni shakllantirishning mezon hamda ko‘rsatkichlari ishlab chiqilib, ularni davlat ekologik nazorati amaliyotida qo‘llash taklifi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ekologik audit metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
“ekologik audit” tushunchasiga takomillashgan ta’rif “Audit” fani bo‘yicha hammualliflikda yozilgan darslikka kiritilgan (“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining o‘z grifi asosida o‘quv adabiyotlarni nashr etish bo‘yicha 2025-yil «29» noyabrdagi «373 a/f» — sonli buyrug‘iga muvofiq 088-sonli mualliflik guvohnomasi). Ushbu darslik 60410200 – Buxgalteriya hisobi, 60410103 — Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha), 5230900-Buxgalteriya hisobi va audit(real sektor bo‘yicha),  5230700 — Bank ishi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun tavsiya etilgan. Ushbu ta’riflarning darslikka kiritilishi natijasida ekologik auditning nazariy asoslarini takomillashtirishga hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan;
ekologik auditning standartlashtirilgan uch bosqichli, riskka, natijaga yo‘naltirilgan va raqamli dalillarga tayanadigan ekologik audit metodologiyasi amaliyotga joriy qilindi. (O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar palatasining 2025-yil 26-noyabrdagi 204-son ma’lumotnomasi) Natijada normativ moslik xavflari pasayib - yuqori xavfli uchastkalar “oldindan aniqlash” orqali, takroriy buzilishlar 25–35 %gacha kamaydi, jarimalar va to‘xtab qolishlar xavfi sezilarli pasayib, resurs samaradorligi udel ko‘rsatkichlar bo‘yicha 6 — 12 oy ichida suv sarfi 5 – 10 %gacha, energiya sarfi 4–8 %gacha, chiqindi utilizatsiyasi 8 — 15 p.p.ga yaxshilandi, CO₂e udel ko‘rsatkichi 4–7 %gacha qisqardi;
hududiy suv tanqisligiga moslashtirilgan ekologik audit muvofiqlik indeksidan foydalanish taklifini amaliyotga joriy etish natijasida, ekologik ko‘rsatkichlarni moliyaviy va operatsion maqsadlar bilan bog‘lab, resurs samaradorligi, moslik va investorlar ishonchini barqaror oshirishga xizmat qildi. (O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar palatasining 2025-yil 26-noyabrdagi 204-son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 29-oktyabrdagi 03-03/1-03/3-11012-son ma’lumotnomasi);
ekosamaradorlik indeksi asosidagi indikatorlar tizimi taklifi natijasida, ekologik auditni faqatgina “mavjud kamchiliklarni qayd etish” darajasidan chiqarib, strategik boshqaruv vositasi darajasiga ko‘taradi. Bu yondashuv orqali nafaqat atrof-muhit holati yaxshilanadi, balki uzoq muddatli iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlikka hissa qo‘shiladi.  (O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar palatasining 2025-yil 26-noyabrdagi 204-son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligining 2025-yil 29-oktyabrdagi 03-03/1-03/3-11012-son ma’lumotnomasi);
Davlat ekologik nazorat organlari tomonidan “ekologik ball” tizimi, korxonalarning ekologik reytingini aniqlash taklifini amaliyotga tatbiq etish natijasida ekologik boshqaruvni raqamlashtirish, shaffoflik va hisobdorlikni oshirish hamda nazoratni riskka asoslangan tamoyilda tashkil etishga xizmat qiladi, shuningdek, korxonalarda resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish tezlashadi, huquqbuzarliklar kamayadi, favqulodda ekologik xavflar oldi olinadi va hududiy siyosatda eng dolzarb nuqtalarga resurslarni yo‘naltirish imkoni yaratiladi. Ekologik ball–reyting tizimi nazorat, rag‘bat va axborotning uyg‘un mexanizmi sifatida ifloslanishni kamaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga xizmat qiladi. (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 29-oktyabrdagi 03-03/1-03/3-11012-son ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish