Ismanova Gulchexraxon Dilmurot qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Salat (Lactuca sativa L.) o‘simligini (tuproqsiz) gidroponika usulda ochiq va yopiq maydonlarda etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish”, 06.01.06 – Sabzavotchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.3.PhD/Qx1529
Ilmiy rahbar: Bo‘stonov Zokirjon Tojiboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.02.
Rasmiy opponentlar: Mavlyanova Ravza Fazlitdinovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abdiev Zafarali Toshtemirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyati sharoitida salat (Lactuca sativa L.) o‘simligini (tuproqsiz) gidroponika usulda ochiq va yopiq maydonlarda etishtirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon viloyati sharoitida salatbosh o‘simligi ko‘chatlarini 40% kakos qipig‘i, 40% biogumus va 20% perlit substratida o‘stirish maqbul ekanligi hamda ildiz tizimi baquvvat va barglar soni ko‘p bo‘lgan, sifatli ko‘chat chiqimi (96,1-97,5%) ga ega bo‘lganligi aniqlangan;
salatbosh o‘simligini ochiq maydonda (tuproqsiz) gidroponika sharoitda etishtirishda ertapishar, serhosil Aysberg (43,9 t/ga) va Rabinson (43,6 t/ga) navlari istiqbolli navlar sifatida tanlangan hamda etishtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
salatbosh o‘simligini yopiq maydonda (tuproqsiz) gidroponika sharoitida etishtirishda ertapishar, serhosil Aysberg (50,7 t/ga) va Rabinson (50,4 t/ga) navlari istiqbolli deb topilgan hamda etishtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
salat o‘simligini ochiq va yopiq maydonda (tuproqsiz) gidroponika sharoitda etishtirishda ochiq maydonga nisbatan issiqxonada etishtirish navlararo 5,8 t/ga dan 7,0 t/ga gacha yuqori bo‘lishi, mahsulot sifatini oshirganligi hamda olingan sof daromad 92351-147575 ming so‘m/gacha, rentabellik  esa 323-494 % gacha bo‘lganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Andijon viloyati sharoitida salatbosh o‘simligini ochiq va yopiq maydonlarda tuproqsiz gidroponika usulda etishtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
salatbosh o‘simligini ochiq maydonda (tuproqsiz) gidroponika sharoitda ertapishar, serhosil Aysberg va Rabinson navlarini etishtirish ishlanmasi Andijon viloyatining Asaka tumanida joylashgan “MODERN GREENHOUSE COMPLEXES” MChj xo‘jaligida 0,20 ektar, Buloqboshi tumanida joylashagan “NEKTAR AGRO” MChj xo‘jaligida 0,20 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2026 yil 17 iyundagi №05/03-04-568-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu navlarning o‘rtacha hosildorligi ochiq maydonda 24,6-22,1 t/ga ni tashkil etib, rentabellik o‘rtacha 70,6% ni tashkil etgan;
salatbosh o‘simligini yopiq maydonda (tuproqsiz) gidroponika sharoitda etishtirish ishlanmasi Andijon viloyatining Marxamat tumanida joylashgan “ASR UMIDI” MChj xo‘jaligida 0,20 gektar, Shaxrixon tumanida joylashgan “BAHOR” fermer xo‘jaligida 0,10 gektar maydonlarga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2026 yil 17 iyundagi №05/03-04-568-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu navlarning o‘rtacha hosildorligi 32,5-35,4 t/ga ni tashkil etib, rentabellik 84,2-90,1% ni tashkil etgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish