Gazieva Aziza Safarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kasalxonadan tashqari pnevmoniya bilan og‘rigan bolalarda kardit kechishining klinik va immunologik xususiyatlari», 14.00.09 – Pediatriya; 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3787.
Ilmiy rahbarlar: Karimdjanov Ilxom Asamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirraximova Maktuba Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi va raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Aliev Axmatjon Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Suyarov Akrom Amirkulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kasalxonadan tashqari pnevmoniya bilan og‘rigan bolalarda kardit kechishining klinik-immunologik xususiyatlarini o‘rganish va erta tashxislash mezonlarini baholashdan iborat.
III. Ilmiy tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasalxonadan tashqari pnevmoniya bilan og‘rigan bolalarda kardit rivojlanganda yaqqol sitokin disbalansi shakllanishi aniqlangan, bunda IL-6 va IL-8 darajalarining nazorat guruhiga nisbatan 4,6 marta, TNF-α ning esa 5,1 marta oshishi (p<0,001) tizimli immun-yallig‘lanish reaksiyasining keskin faollashuvini isbotlagan;
kasalxonadan tashqari pnevmoniya fonida kardit rivojlangan bolalarda yallig‘lanish, fibroz va immunokompleks faollik ko‘rsatkichlari hamda miokard shikastlanishi markerlarini kompleks baholash, karditni erta aniqlash va uning og‘ir kechish xavfini baholashda diagnostik ahamiyatga ega ekanligi asoslangan;
kasalxonadan tashqari pnevmoniya fonida kardit rivojlangan bolalarda immuno-yallig‘lanish faolligi bilan miokard shikastlanishining klinik-funksional belgilari o‘rtasida statistik ahamiyatli bog‘liqlik aniqlangan, bunda IL-6, IL-8 va TNF-α darajalari taxikardiya va EKG o‘zgarishlari bilan o‘rtacha musbat korrelyasiyani (r=0,47–0,61; p<0,05–0,01) namoyon qilishi bemor holatining og‘irligini ob’ektiv baholash va klinik xavfni stratifikatsiya qilish imkonini berishi asoslangan;
kasalxonadan tashqari pnevmoniyali bolalarda karditni erta aniqlash uchun ishlab chiqilgan diagnostik algoritmning sezgirligi 77,8%, spesifikligi 77,5% va diagnostik aniqligi 77,6% ni tashkil etishi aniqlangan, bu kardit xavfi yuqori bo‘lgan bolalarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash taktikasini individuallashtirish imkonini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kasalxonadan tashqari pnevmoniya bilan og‘rigan bolalarda karditni klinik, laborator, immunologik va instrumental ko‘rsatkichlar asosida erta tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: kasalxonadan tashqari pnevmoniya bilan og‘rigan bolalarda kardit rivojlanganda yaqqol sitokin disbalansi shakllanishi aniqlangan, bunda IL-6 va IL-8 darajalarining nazorat guruhiga nisbatan 4,6 marta, TNF-α ning esa 5,1 marta oshishi (p<0,001) tizimli immun-yallig‘lanish reaksiyasining keskin faollashuvini isbotlaganligi “O‘tkir pnevmoniya bilan og‘rigan bolalarda yurak-qon tomir asoratlarini erta tashxislash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan bo‘lib, ular Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 26.06.2025 yilda № 06-25/638-t son bilan tasdiqlangan. Mazkur tavsiyanoma 04.08.2025 yildagi № 105-T-sonli buyruq asosida Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda 05.08.2025 yildagi № 76-sonli buyruq asosida Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, shuningdek universitetning klinik bazalaridagi pediatriya bo‘limlari amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 17.12.2025 yildagi № 31/13 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kasalxonadan tashqari pnevmoniya bilan og‘rigan bolalarda karditlarni erta diagnostika qilish mezonlarini klinik amaliyotga joriy etish mutaxassislarga miokardning yallig‘lanishli shikastlanishini erta aniqlash va kasallik kechishining klinik xususiyatlarini baholashda aniq klinik-immunologik diagnostik mezonlardan foydalanish, shuningdek kasalxonadan tashqari pnevmoniyaning asoratli kechishi bo‘lgan bolalarga samarali patogenetik terapiyani o‘z vaqtida tayinlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kasalxonadan tashqari pnevmoniya bilan og‘rigan bolalarda karditlarni erta diagnostika qilish mezonlarini yallig‘lanishni kuchaytiruvchi sitokinlar (IL-6, IL-8, TNF-α) ni aniqlash asosida klinik amaliyotga joriy etish miokardning yallig‘lanishli shikastlanishini o‘z vaqtida aniqlash va kardial asoratlar xavfi yuqori guruhni shakllantirish imkonini beradi. Sitokin disbalansini aniqlashga asoslangan karditni erta diagnostika qilish patogenetik terapiyani o‘z vaqtida tayinlash va yallig‘lanish jarayoni progressiyalanishining oldini olishga yordam beradi, bu esa statsionarda davolanish davomiyligi va qo‘shimcha instrumental tekshiruvlar hajmini qisqartirish imkonini yaratadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, statsionarda bir ko‘yka-kunning o‘rtacha qiymati 150 000 so‘m bo‘lganda, karditni erta aniqlash va davolashni o‘z vaqtida boshlash gospitalizatsiya muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartiradi, bu bir bemor uchun 300 000 so‘m tejamni, 100 bemorni tekshirganda esa davolash muddatini qisqartirish va qo‘shimcha diagnostik muolajalar hajmini kamaytirish hisobiga 30 000 000 so‘mgacha tejamni ta’minlaydi. Xulosa: kasalxonadan tashqari pnevmoniya bilan og‘rigan bolalarda klinik-immunologik ko‘rsatkichlarni baholash asosida karditlarni erta diagnostika qilish mezonlarini amaliyotga joriy etish miokardning yallig‘lanishli shikastlanishini erta aniqlash samaradorligini oshirish, davolash taktikasini optimallashtirish va statsionar davolanish muddatini qisqartirish imkonini berdi. Ishlab chiqilgan diagnostik yondashuvni qo‘llash natijasida gospitalizatsiya davomiyligini qisqartirish va qo‘shimcha diagnostik tekshiruvlar hajmini kamaytirish hisobiga 1 bemor uchun byudjet mablag‘laridan 300000 so‘mgacha tejamga erishildi;
ikkinchi ilmiy yangilik: kasalxonadan tashqari pnevmoniya fonida kardit rivojlangan bolalarda yallig‘lanish, fibroz va immunokompleks faollik ko‘rsatkichlari hamda miokard shikastlanishi markerlarini kompleks baholash karditni erta aniqlash va uning og‘ir kechish xavfini baholashda diagnostik ahamiyatga ega ekanligi asoslanganligi “O‘tkir pnevmoniya bilan og‘rigan bolalarda yurak-qon tomir asoratlarini erta tashxislash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan bo‘lib, ular Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 26.06.2025 yilda № 06-25/638-t son bilan tasdiqlangan. Mazkur tavsiyanoma 04.08.2025 yildagi № 105-T-sonli buyruq asosida Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda 05.08.2025 yildagi № 76-sonli buyruq asosida Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, shuningdek universitetning klinik bazalaridagi pediatriya bo‘limlari amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 17.12.2025 yildagi № 31/13 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: fibroz va miokard shikastlanishi markerlarini baholash mezonlarini klinik amaliyotga joriy etish mutaxassislarga yurakning yallig‘lanishli shikastlanishini o‘z vaqtida tashxislash va bemor holati og‘irligini to‘g‘ri baholash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: miokard shikastlanishini erta aniqlash statsionar davolanish muddatini qisqartirish va qo‘shimcha instrumental diagnostika usullariga ketadigan xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. 100 nafar bemor kuzatilganda tejaladigan mablag‘ 30000000 so‘mgacha etishi mumkin. Xulosa: fibroz va miokard shikastlanishi markerlarini baholash mezonlarini klinik amaliyotga joriy etish karditlarni diagnostika qilish samaradorligini oshirish hamda sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini optimallashtirishga xizmat qildi;
uchinchi ilmiy yangilik: kasalxonadan tashqari pnevmoniya fonida kardit rivojlangan bolalarda immuno-yallig‘lanish faolligi bilan miokard shikastlanishining klinik-funksional belgilari o‘rtasida statistik ahamiyatli bog‘liqlik aniqlangan, bunda IL-6, IL-8 va TNF-α darajalari taxikardiya va EKG o‘zgarishlari bilan o‘rtacha musbat korrelyasiyani (r=0,47–0,61; p<0,05–0,01) namoyon qilishi bemor holatining og‘irligini ob’ektiv baholash va klinik xavfni stratifikatsiya qilish imkonini berishi asoslanganligi “O‘tkir pnevmoniya bilan og‘rigan bolalarda yurak-qon tomir asoratlarini erta tashxislash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan bo‘lib, ular Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 26.06.2025 yilda № 06-25/638-t son bilan tasdiqlangan. Mazkur tavsiyanoma 04.08.2025 yildagi № 105-T-sonli buyruq asosida Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda 05.08.2025 yildagi № 76-sonli buyruq asosida Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, shuningdek universitetning klinik bazalaridagi pediatriya bo‘limlari amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 17.12.2025 yildagi № 31/13 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: aniqlangan immunologik markerlardan foydalanish kardit rivojlanish xavfi guruhlarini yanada aniq shakllantirish va kardiologik monitoringni o‘z vaqtida o‘tkazish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kardit rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bolalarni erta aniqlash qayta gospitalizatsiyalar chastotasini kamaytirish va kasallikning asoratli shakllarini davolash xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi. Xulosa: xavfni immunologik stratifikatsiya qilish mezonlarini joriy etish kasalxonadan tashqari pnevmoniya bilan og‘rigan bolalarda dispanser kuzatuv samaradorligini oshirdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kasalxonadan tashqari pnevmoniyali bolalarda karditni erta aniqlash uchun ishlab chiqilgan diagnostik algoritmning sezgirligi 77,8%, spesifikligi 77,5% va diagnostik aniqligi 77,6% ni tashkil etishi aniqlangan, bu kardit xavfi yuqori bo‘lgan bolalarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash taktikasini individuallashtirish imkonini berishi isbotlanganligi “O‘tkir pnevmoniya bilan og‘rigan bolalarda yurak-qon tomir asoratlarini erta tashxislash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan bo‘lib, ular Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 26.06.2025 yilda № 06-25/638-t son bilan tasdiqlangan. Mazkur tavsiyanoma 04.08.2025 yildagi № 105-T-sonli buyruq asosida Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda 05.08.2025 yildagi № 76-sonli buyruq asosida Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, shuningdek universitetning klinik bazalaridagi pediatriya bo‘limlari amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 17.12.2025 yildagi № 31/13 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan algoritmni joriy etish kasalxonadan tashqari pnevmoniya bilan og‘rigan bolalarda diagnostika va davolash sifatini oshiradi, kardiologik asoratlar rivojlanishi xavfini kamaytiradi va kasallik prognozini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: diagnostika algoritmidan foydalanish laborator va instrumental tekshiruv usullarini oqilona qo‘llashga hamda kasallikning asoratli shakllarini davolash xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Xulosa: kasalxonadan tashqari pnevmoniya bilan og‘rigan bolalarda karditlarni erta diagnostika qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritmni joriy etish tibbiy yordam samaradorligini oshirdi va sog‘liqni saqlash tizimining moliyaviy xarajatlarini kamaytirdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish