Xolmonov Shodiyor Karshiboevichning
fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi):
O‘zbekiston Respublikasida raqamli ta’lim platformalarini joriy etish orqali inklyuziv ta’lim xizmatlari samaradorligini oshirish, 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt6228
Ilmiy rahbar: Kuchkarov Taxir Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.1.23.03
Rasmiy opponentlar: Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori professor; Kenjabaev Aman Turg‘unovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida raqamli ta’lim platformalarini joriy etish orqali inklyuziv ta’lim xizmatlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida ta’lim platformalari, davlat axborot tizimlari va raqamli identifikatsiya vositalari o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinuvini ta’minlovchi platformaviy integratsiya modeli ishlab chiqilib, unda HEMIS, BigBlueButton, sun’iy intellekt servislari va avtoproktoring texnologiyalarining yagona raqamli ekotizimda o‘zaro muvofiqlashuv mexanizmi asoslangan;
inklyuziv raqamli ta’lim xizmatlarini tashkil etishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi raqamli identifikatsiya, masofaviy nazorat va adaptiv ta’lim servislarining integratsiyalashuv darajasi hamda foydalanuvchilar uchun raqamli imkoniyatlar tengligini ta’minlash mezonlari asosida takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim platformalarida baholash jarayonlarining ishonchliligini ta’minlash modeli FaceControl texnologiyalari, avtoproktoring instrumentlari va raqamli verifikatsiya vositalari orqali akademik halollikni ta’minlash hamda transaksion xarajatlarni qisqartirish mexanizmlari asosida ishlab chiqilgan;
HEMIS bilan integratsiyalashgan inklyuziv raqamli ta’lim platformasida foydalanuvchilarga raqamli xizmatlar ko‘rsatish mexanizmi autentifikatsiya, adaptiv kontentni taqdim etish, ta’lim jarayonini monitoring qilish va natijalarni raqamli verifikatsiyalash bosqichlarining uzviy muvofiqlashuvini ta’minlovchi algoritm asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida raqamli ta’lim platformalarini joriy etish orqali inklyuziv ta’lim xizmatlari samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
raqamli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida ta’lim platformalari, davlat axborot tizimlari va raqamli identifikatsiya vositalari o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinuvini ta’minlovchi platformaviy integratsiya modeli asosida HEMIS, BigBlueButton, sunʼiy intellekt servislari va avtoproktoring texnologiyalarining yagona raqamli ekotizimda o‘zaro muvofiqlashuv mexanizmini joriy etish bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilayotgan raqamli ta’lim ekotizimini rivojlantirish va ta’lim sohasida raqamli transformatsiya jarayonlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 22-iyundagi 37-8/5555-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga tatbiq etish natijasida ta’lim jarayoni ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayta kiritish holatlari 28–32 foizga qisqargan, axborot almashinuvi tezligi 18–22 foizga oshgan hamda raqamli ta’lim xizmatlaridan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish samaradorligi 12–15 foizga yaxshilangan;
inklyuziv raqamli ta’lim xizmatlarini tashkil etishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi raqamli identifikatsiya, masofaviy nazorat va adaptiv ta’lim servislarining integratsiyalashuv darajasi hamda foydalanuvchilar uchun raqamli imkoniyatlar tengligini ta’minlash mezonlari bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilayotgan raqamli ta’lim ekotizimini rivojlantirish va ta’lim sohasida raqamli transformatsiya jarayonlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 22-iyundagi 37-8/5555-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq qilinishi natijasida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega foydalanuvchilarning raqamli ta’lim resurslaridan foydalanish darajasi 14–18 foizga oshgan, ta’lim jarayoniga jalb etilish ko‘rsatkichi 10–13 foizga yaxshilangan hamda raqamli xizmatlardan foydalanishdagi institutsional cheklovlar sezilarli darajada kamaygan;
raqamli ta’lim platformalarida baholash jarayonlarining ishonchliligini ta’minlash modeli FaceControl texnologiyalari, avtoproktoring instrumentlari va raqamli verifikatsiya vositalari orqali akademik halollikni ta’minlash hamda tranzaksion xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilayotgan raqamli ta’lim ekotizimini rivojlantirish va ta’lim sohasida raqamli transformatsiya jarayonlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 22-iyundagi 37-8/5555-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni qo‘llash natijasida baholash jarayonlarida inson omili bilan bog‘liq xatolar 15–20 foizga qisqargan, nazorat jarayonlarini tashkil etish uchun sarflanadigan vaqt 20–25 foizga kamaygan hamda baholash natijalarining ishonchlilik darajasi 11–14 foizga oshgan;
HEMIS bilan integratsiyalashgan inklyuziv raqamli ta’lim platformasida foydalanuvchilarga raqamli xizmatlar ko‘rsatish mexanizmi autentifikatsiya, adaptiv kontentni taqdim etish, ta’lim jarayonini monitoring qilish va natijalarni raqamli verifikatsiyalash bosqichlarining uzviy muvofiqlashuvini ta’minlovchi algoritm asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilayotgan raqamli ta’lim ekotizimini rivojlantirish va ta’lim sohasida raqamli transformatsiya jarayonlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 22-iyundagi 37-8/5555-son ma’lumotnomasi). Mazkur algoritmni amaliyotda qo‘llash natijasida foydalanuvchilarning raqamli ta’lim xizmatlaridan foydalanish vaqti 16–19 foizga qisqargan, ta’lim kontentiga kirish tezligi 13–17 foizga oshgan, monitoring va hisobotlarni shakllantirish jarayonlarining tezkorligi 18–21 foizga yaxshilangan hamda raqamli ta’lim xizmatlaridan foydalanuvchilar qoniqish darajasi 10–12 foizga oshgan.