Ahmadova Zebiniso Shavkatovnaning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: O‘zbekiston hukumatining ijtimoiy siyosati tarixi (2017 – 2024 yy.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Tar459.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jamolova Dilnoza Muyidinovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.06.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Koshanov Baxitbay Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor; Nishanbaeva Enajon Zaripbaevna, tarix fanlari doktori, professor; Ishquvatov Valiqul Turdievich tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. 2017–2024-yillarda O‘zbekiston hukumatining ijtimoiy siyosati tarixini kompleks tadqiq etish, ijtimoiy islohotlarning kelib chiqishi, rivojlanishi va tashkiliy tizimga aylanish jarayonlarini tarixiy-qiyosiy doirada ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekistonda 2017 – 2024-yillarda amalga oshirilgan ijtimoiy islohotlar 2017–2019 – institutsional asos yaratilishi, 2020 – 2021 – pandemiya sharoitida ijtimoiy himoyaning kuchaytirilishi, 2022 – 2024 – tizimli modernizatsiya kabi bosqichlarga ajratilgan holda arxiv hujjatlari hamda statistik ma’lumotlar tahlili bilan aniqlandi;
sog‘liqni saqlash tizimida 2020-yildan joriy qilingan majburiy tibbiy sug‘urta tajriba-sinov loyihasi natijalari tarixiy-qiyosiy tahlili amalga oshirilib, joriy etilishidagi muammolar hududlar kesimida aniqlandi;
ta’lim sohasidagi islohotlar samaradorligi – maktabgacha ta’lim hamda oliy ta’limdagi qamrov ko‘rsatkichlari hududiy tafovutlar hamda sifat muammolari bilan bog‘liq materiallar asosida ko‘rsatib berildi;
xotin-qizlar va yoshlarga yo‘naltirilgan ijtimoiy siyosatning real ta’siri ayollar tadbirkorligi ulushining o‘sishi, yoshlar bandligi, rahbarlik lavozimlarida ayollar va yoshlar ishtiroki kompleks tahlil qilinib, mazkur siyosatga ta’sir qiluvchi omillar ochib berildi;
O‘zbekiston ijtimoiy siyosatida kambag‘allikni qisqartirish siyosati, xalq qabulxonalari, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” kabi jamoatchilik bilan muloqot mexanizmlarining real muammolarni anqilashdagi samardorligi hamda kamchiliklari tarixiy-qiyosiy tahlil asosida dalillandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston hukumatining ijtimoiy siyosati tarixi (2017 – 2024 yy.) tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
O‘zbekistonda 2017 – 2024-yillarda amalga oshirilgan ijtimoiy islohotlar 2017–2019 – institutsional asos yaratilishi, 2020 –2021 – pandemiya sharoitida ijtimoiy himoyaning kuchaytirilishi, 2022–2024 – tizimli modernizatsiya kabi bosqichlarga ajratilgan holda arxiv hujjatlari hamda statistik ma’lumotlar tahlili bilan aniqlanligi to‘g‘risidagi xulosalaridan Oliy ta’limning barcha nomutaxassis ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi 1-bosqich balakavr talabalari uchun yaratilgan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” nomli darsligida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-sonli 333-175-raqamli nashr ruxsatnomasi). Ushbu ma’lumotlar talabalarda O‘zbekistonning eng yangi davr tarixining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy tarixining eng muhim jihatlarini o‘rganish imkoniyatini yaratgan;
sog‘liqni saqlash tizimida 2020-yildan joriy qilingan majburiy tibbiy sug‘urta tajriba-sinov loyihasi natijalari tarixiy-qiyosiy tahlili amalga oshirilib, joriy etilishidagi muammolar hududlar kesimida aniqlanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro viloyati teleradiokanali” davlat muassasasi ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining 2025- yil 18-apreldagi 01-09-74-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar Buxoro viloyati teleradiokanalining “Assalom, Buxoro”, “Najot bilimda”, “Islohotlar amalda” ko‘rsatuvlarining ilmiy jihatini boyitishga xizmat qilgan;
ta’lim sohasidagi islohotlar samaradorligi – maktabgacha ta’lim hamda oliy ta’limdagi qamrov ko‘rsatkichlari hududiy tafovutlar hamda sifat muammolari bilan bog‘liq materiallar asosida ko‘rsatib berilganligi haqidagi xulosalaridan Oliy ta’limning 70110101 – Pedagogika nazariyasi va tarixi(faoliyat turlari bo‘yicha) magistratura bosqichida ta’lim oluvchi talabalar uchun yaratilgan “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ta’lim tizimidagi islohotlar” nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli 126-893-raqamli nashr ruxsatnomasi). Bu ma’lumotlar ulug‘ ajdodlar ma’naviy merosi, Vatanga bo‘lgan muhabbat, sadoqat, ona vatanimizning buguni kelajagi, globallashuv jarayonlari, ijtimoiy-madaniy bosqichlar va O‘zbekistonning jahondagi aloqalar, huquqiy madaniyat, huquqiy savodxonlik, bugungi zamon va taraqqiyot, tarixga e’tibor berish imkoniyatini yaratgan;
xotin-qizlar va yoshlarga yo‘naltirilgan ijtimoiy siyosatning real ta’siri ayollar tadbirkorligi ulushining o‘sishi, yoshlar bandligi, rahbarlik lavozimlarida ayollar va yoshlar ishtiroki kompleks tahlil qilinib, mazkur siyosatga ta’sir qiluvchi omillar ochiqlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining targ‘ibot ishlarida keng foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 28-martdagi 06-sonli dalolatnomasi). Ushbu ma’lumotlar aholi orasida Yangi O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlarning mazmun-mohiyatini tushunishga xizmat qilgan.
O‘zbekiston ijtimoiy siyosatida kambag‘allikni qisqartirish siyosati, xalq qabulxonalari, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” kabi jamoatchilik bilan muloqot mexanizmlarining real muammolarni anqilashdagi samardorligi hamda kamchiliklari tarixiy-qiyosiy tahlil asosidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60 farmonining 3 bandi hamda 2-ilovasi “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 26-bandida belgilangan ustuvor vazifalarni takomillashtirishda foydalanilgan (“Taraqqiyot strategiyasi” markazining 2025-yil 27-fevraldagi 257-sonli dalolatnomasi). Ushbu ma’lumotlar insonlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholining iqtisodiy ahvoli og‘ir qatlamlariga yordam berishda ilmiy yondashuvlarni qo‘llash imkonini bergan.