Mamayunusov Temurbek Olimovichining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiyasi mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda turizmni innovatsion rivojlantirishda investisiyalardan samarali foydalanish yo‘llari”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4. PhD/ Iqt6241
Ilmiy rahbar: Axrorov Farxod Baxriddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti  
IK faoliyat olib ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.22/2025.27.12.I.01.01
Rasmiy opponentlar:  Norchaev Asatillo Norbo‘taevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; 
Bakaev Ziyovuddinxon Toshbolta o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: hududlarda turizmni innovatsion rivojlantirishda investisiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublika hududlarida yangi 745 ta kapsula va o‘tov uylari, apart-otel, modulli mehmonxonalarni tashkil etish maqsadida kiritilgan investisiya birligidan olinadigan ko‘p karra iqtisodiy samarani aniqlashga xizmat qiluvchi multiplikativ samaradorlikni baholashning metodik yondashuvi asosida turizm sohasini innovatsion rivojlantirishda “Turizm-innovatsiya-investisiya” komponentlari sinergiyasi negizida investision loyihalarni jalb etishni rag‘batlantiruvchi optimallashtirilgan “1+3 kapsula” modelidan foydalanish bo‘yicha takliflar dalillangan;
turizm va unga yondosh sohalarda 24 mingta yangi ish o‘rni yaratish va mavsumiylik muammolarini bartaraf etishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni Samarqand turistik mintaqasiga jalb etishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini  takomillashtirish maqsadida davlat organlari, tadbirkor va investorlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ta’lim va ekspert tashkilotlari hamkorligida “davlat-biznes-jamoatchilik-ta’lim” tizimi asosida “Investmens into the Samarkand tourism region” modelidan foydalanishning afzalliklari bo‘yicha takliflar asoslangan; 
Samarqand viloyatida  2600 ta yangi ish o‘rni yaratish maqsadida “Jozibador manzil-loyiha-infratuzilma-tadbirkor-targ‘ibot-sayyoh” zanjiri bo‘yicha loyiha boshqaruvi asosida turizm sohasini rivojlantirishda davlat-xususiy sherikligi asosida “investisiya va innovatsiyalar integratsiyasi” modeli negizida hamkorlik nuqtalarini aniqlash, investision loyihalarini rejalashtirish, samaradorligining maqsadli mezonlari, hududlarda turizm sohasini investisiyalash mexanizmi bo‘yicha investisiyalardan samarali foydalanish uchun “Tourizm franchise agreement” modelidan qo‘llash afzalliklari bo‘yicha takliflar asoslangan;
hududlarda investitiyalarni jalb etish omillarining ta’sirini hisobga olib, innovatsiyalarni rivijlantirish dasturlar ishtirokida turizm sohasiga kiritilgan investisiyalarning hajmini o‘sish ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblari asosida 2030-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  
Hududlarda turizmni innovatsion rivojlantirishda investisiyalardan samarali foydalanish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
respublika hududlarida yangi 745 ta kapsula va o‘tov uylari, apart-otel, modulli mehmonxonalarni tashkil etish maqsadida kiritilgan investisiya birligidan olinadigan ko‘p karra iqtisodiy samarani aniqlashga xizmat qiluvchi multiplikativ samaradorlikni baholashning metodik yondashuvi asosida turizm sohasini innovatsion rivojlantirishda “Turizm-innovatsiya-investisiya” komponentlari sinergiyasi negizida investision loyihalarni jalb etishni rag‘batlantiruvchi optimallashtirilgan “1+3 kapsula” modelidan foydalanish bo‘yicha asoslangan takliflar 2025-yil 15-maydagi PF-87-son “Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish, turizm infratuzilmasini yaxshilash va targ‘ibot ishlarini kengaytirish” bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Turizm qo‘mitasining 2026-yil 16-iyundagi 02-17/6188-son ma’lumotnomasi). Natijada 745 ta kapsula uyi, o‘tov uyi, apart-otel va modulli mehmonxonani tashkil etishga qaratilgan loyihalarni iqtisodiy samaradorlik mezonlari bo‘yicha baholash va ustuvorlashtirish imkoniyati yaratilgan;
turizm va unga yondosh sohalarda 24 mingta yangi ish o‘rni yaratish va mavsumiylik muammolarini bartaraf etishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni Samarqand turistik mintaqasiga jalb etishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini  takomillashtirish maqsadida davlat organlari, tadbirkor va investorlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ta’lim va ekspert tashkilotlari hamkorligida “davlat-biznes-jamoatchilik-ta’lim” tizimi asosida “Investmens into the Samarkand tourism region” modelidan foydalanishning afzalliklari bo‘yicha asoslangan takliflar 2026-yil 30-apreldagi PQ–161-son “2026–2027-yillarda hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va turistik salohiyatni oshirish” bo‘yicha “Chora-tadbirlar dasturi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Turizm qo‘mitasining 2026-yil 16-iyundagi 02-17/6188-son ma’lumotnomasi). Natijada investisiya loyihalarining yagona raqamli portfelini shakllantirish, ularni ustuvorlashtirish, investorlarga hamrohlik qilish hamda turizm va unga turdosh sohalarda 24 mingta yangi ish o‘rni yaratish va mavsumiylik muammolarini bartaraf etishga qaratilgan loyihalarni monitoring qilish imkoniyati yaratilgan;
Samarqand viloyatida  2600 ta yangi ish o‘rni yaratish maqsadida “Jozibador manzil-loyiha-infratuzilma-tadbirkor-targ‘ibot-sayyoh” zanjiri bo‘yicha loyiha boshqaruvi asosida turizm sohasini rivojlantirishda davlat-xususiy sherikligi asosida “investisiya va innovatsiyalar integratsiyasi” modeli negizida hamkorlik nuqtalarini aniqlash, investision loyihalarini rejalashtirish, samaradorligining maqsadli mezonlari, hududlarda turizm sohasini investisiyalash mexanizmi bo‘yicha investisiyalardan samarali foydalanish uchun “Tourizm franchise agreement” modelidan qo‘llash afzalliklari bo‘yicha asoslangan takliflar 2026 yil 16 martdagi 105-son “O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi “Nazorat rejasi”ga kiritilgan(O‘zbekiston Respublikasi  Turizm qo‘mitasining 2026-yil 16-iyundagi 02-17/6188-son ma’lumotnomasi). Natijada Samarqand viloyatida 2600 ta yangi ish o‘rni yaratishga yo‘naltirilgan loyihalarning maqsadli samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilash imkoniyati yaratilgan;
hududlarda investitiyalarni jalb etish omillarining ta’sirini hisobga olib, innovatsiyalarni rivijlantirish dasturlar ishtirokida turizm sohasiga kiritilgan investisiyalarning hajmini o‘sish ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblari asosida 2030-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlari bo‘yicha ishlab chiilgan tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan, hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar dasturlariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Turizm qo‘mitasining 2026-yil 16-iyundagi 02-17/6188-son ma’lumotnomasi). Natijada turizm sohasiga kiritiladigan investisiyalar hajmi 2025-yilga nisbatan 2030-yilda 47,6 foizga oshishi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish