Utebaev Dauletbayning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umumlashtirilgan echimli nostatsionar jarayonlarni sonli modellashtirish uchun ayirmali sxemalar», 01.01.03–Hisoblash matematikasi va diskret matematika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/FM12.
Ilmiy maslahatchi: Aripov Mersaid Mirsiddikovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.FM.01.02.
Rasmiy opponentlar: Imomnazarov Xolmatjon Xudaynazarovich, fizika-matematika fanlari doktori; Aloev Raxmatulla Djuraevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Xo‘jayorov Baxtiyor Xo‘jayorovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nostatsionar tenglamalar uchun yuqori tartibli aniqlikdagi ayirmali sxemalar qurish va ularning aniqligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi va ikkinchi tartibli tenglamalar sistemalariga qo‘yilgan Koshi abstrakt masalalariga yuqori aniqlikdagi yangi ayirmali sxemalar qurilgan va aniqlik teoremalari isbotlangan;
kososimmetrik operatorli ikki qatlamli operatorli-ayirmali sxema uchun negativ metrikada yangi aprior baho olingan;
interpolyasion fazolarda umumlashtirilgan echimli akustik, tezlik-kuchlanishli elastiklikning dinamik nazariyasi masalalari uchun yangi markazlashgan ayirmali sxemalar qurilgan va aniqlik baholari olingan;
umumlashtirilgan echimlarga ega silindrlik va sferik simmetriyali akustik tenglamalari uchun yangi markazlashgan ayirmali sxemalar qurilgan va ularning yaqinlashish tezligi baholangan;
suyuqliklarning ichki to‘lqinlar harakati, yopishqoq-elastik muhit deformatsiyasi harakati, gravitatsion-giroskopik suyuqlik to‘lqinlari harakati tenglamalari uchun vaqt va fazo bo‘yicha yuqori aniqlikdagi yangi ayirmali sxemalar qurilgan va ular uchun aniqlik baholari olingan;
akustik, tezlik-kuchlanishli elastiklikning dinamik nazariyasi masalalari uchun qurilgan markazlashgan ayirmali sxemalarning dispersion xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Parabolik va giperbolik tipdagi nostatsionar tenglamalar uchun chekli ayirmalar va chekli elementlar usullariga asoslangan yuqori aniqlikdagi sonli echish sxemalarini qurishga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
xususiy hosilali parabolik va giperbolik tenglamalar uchun qurilgan yuqori aniqlikdagi ayirmali sxemalaran 1.3.1.3. raqamli «Metodi sozdaniya, issledovaniya i identifikatsii matematicheskix modeley o Zemle» loyihasida to‘g‘ri va teskari masalalarni echishda foydalanilgan (Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bo‘limi Hisoblash matematikasi va matematik geofizika institutining 2019 yil 26 apreldagi 15301.03-221-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi g‘ovak-elastik muhit harakati masalalarini echish imkonini bergen;
nostatsionar jarayonlarni sonli modellashtirish uchun qurilgan yuqori aniqlikdagi ayirmali sxemalar 0118PK01304 raqamli «Ratsional`noe ispol`zovanie prirodnix resursov, v tom chisle vodnix resursov, geologii, pererabotka, novie materiali i texnologii, bezopasnie izdeliya i konstruksii» loyihasida geomexanikaning nostatsionar masalalarini sonli echishda foydalanilgan (Qozog‘iston, S. Baishev nomidagi Aktobe universitetining 2019 yil 5 maydagi 102-10/2159-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi sanoat chiqindilariga ega g‘ovak muhitlardagi jismlarni konvektiv quritish jarayonida g‘ovak muhit harakati masalalarini echish imkonini bergan;
ikki o‘lchamli parabolik tenglamalar uchun qurilgan yuqori aniqlikdagi ayirmali sxemalar 0118PK01304 raqamli «Ratsional`noe ispol`zovanie prirodnix resursov, v tom chisle vodnix resursov, geologii, pererabotka, novie materiali i texnologii, bezopasnie izdeliya i konstruksii» loyihasida issiqlik o‘tkazuvchanlik masalalarini echishda foydalanilgan (Qozog‘iston, S. Baishev nomidagi Aktobe universitetining 2019 yil 5 maydagi 102-10/2159-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi texnogen chiqindilarni qayta ishlash jarayonining samaradorligini va sifatini oshirish imkonini bergan.