Kuramatova Shaxlo Azizjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kungaboqar o‘simligiga qo‘llanilgan mineral va organik o‘g‘itlarni uning o‘sishi, rivojlanishiga va hosildorligiga ta’siri”, 06.01.08 - O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Qx1792
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Sodiqjon Obidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.03.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Jonibek Bazarovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor; Bobomirzaev Pirnazar Xursanovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona viloyatining o‘tloqi-soz tuproqlari sharoitida kungaboqarning “Rodnik (R-453)” navini kuzgi boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekin sifatida ekib, yuqori va sifatli urug‘ hosili etishtirishda maqbul ekish tizimi hamda mineral va organik o‘g‘itlar qo‘llash me’yorlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Farg‘ona viloyatining o‘tloqi-soz tuproqlari sharoitida kungaboqarning “Rodnik (R-453)” navini takroriy ekin sifatida etishtirishda urug‘larni 70x25-1 tizimda gektariga 57,1 ming tup nazariy ko‘chat qalinligida ekib etishtirish, maqbul ko‘chat qalinligini shakllantirishi aniqlangan;
kungaboqar ekinini oziqlantirishda mineral o‘g‘itlarning N180P125K180 kg/ga me’yorlariga qo‘shimcha ravishda organik (maxalliy o‘g‘it yoki biogumus) o‘g‘itlar qo‘llash mineral o‘g‘itlarning N150P105K150 va N210P145K210 kg/ga me’yorlariga qo‘shimcha ravishda organik (mahalliy o‘g‘it yoki biogumus) o‘g‘itlar qo‘llab etishtirishga nisbatan yuqori samara berishi isbotlangan;
kungaboqar urug‘larini 70x25-1 tizimda ekib, mineral o‘g‘itlarning N180P125K180 kg/ga me’yorlariga qo‘shimcha ravishda gektariga 10 tonna biogumus qo‘llab etishtirish, mineral o‘g‘itlarning N180P125K180 kg/ga me’yorlariga qo‘shimcha ravishda gektariga 20 tonna mahalliy o‘g‘it va 15 tonna biogumus qo‘llab etishtirishga nisbatan iqtisodiy jihatdan samaradorligi (113,7%) yuqori bo‘lishi asoslangan;
kungaboqar urug‘larini 70x30-1 tizimda ekib, mineral o‘g‘itlarning N210P145K210 kg/ga me’yorlariga qo‘shimcha ravishda gektariga 20 tonna mahalliy o‘g‘it va 15 tonna biogumus qo‘llash mag‘izning moylilik darajasini 46,0-46,3 foizgacha, mag‘iz tarkibida oqsil miqdorini 21,0-21,4 foizgacha ortishiga olib kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-soz tuproqlar sharoitida kungaboqarning “Rodnik R-453” navini boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekin sifatida ekib, yuqori va sifatli urug‘ hosili etishtirishda maqbul ekish tizimi, mineral va organik o‘g‘itlarni qo‘llash me’yorlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
klaster va fermer xo‘jaliklari uchun “Farg‘ona viloyatining sug‘oriladigan tuproqlari sharoitida kungaboqar takroriy ekin sifatida etishtirish texnologiyasi” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 28.01.2026 yildagi №05/05-04-66-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma bugungi kunda Klaster va fermer xo‘jaliklarida kuzgi boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekin sifatida kungaboqar etishtirishda muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
kungaboqarning “Rodnik R-453” navi kuzgi boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekin sifatida Quva tumani “Qosim Karvon” fermer xo‘jaligida 3,0 gektar, “Toirjon Qoraboev” fermer xo‘jaligida 3,0 gektar, “Abdulaziz Ixtiyorjon Shodiyona “ fermer xo‘jaligida 4,5 gektar, Farg‘ona tumani “Qodirjon fayz zamini” fermer xo‘jaligida 10,0 gektar, “Karim ota” fermer xo‘jaligida 10 gektar, jami 30,5 gektar maydonga joriy qilingan. (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 28.01.2026 yildagi №05/05-04-66-son ma’lumotnomasi). Natijada urug‘larni 70x25-1 va 70x30-1 tizimlarda ekib, oziqlantirishda mineral o‘g‘itlarning N180P125K180 kg/ga me’yorlariga qo‘shimcha ravishda gektariga 10-15 tonna biogumus qo‘llab etishtirilganida yuqori samaradorlikka erishilgan;
kungaboqarning “Rodnik R-453” navi urug‘larini 70x25-1 va 70x30-1 tizimlarda ekib, oziqlantirishda mineral o‘g‘itlarning N180P125K180 kg/ga me’yorlariga qo‘shimcha ravishda gektariga 10-15 tonna biogumus qo‘llash texnologiyasi Quva va Farg‘ona tumanlarida joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 28.01.2026 yildagi №05/05-04-66-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash orqali urug‘ hosildorligi 37,8-40,1 s/ga, rentabellik darajasi 107,8-110,4 foizga ortishiga erishilgan